14-MAVZU. INNOVATSION BIZNESDA NARX SIYOSATI
Narx tushunchasi va mohiyati
Narxni siyosatini shakllantirish
Narxga ta’sir etuvchi omillar
Yangi tovarlar uchun narx strategiyasi
Narx tushunchasi va mohiyati
Narx bozor kategoriyasi bо‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi kо‘rinishiqir.
Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini kо‘rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yо‘liqqan bо‘ladi, tovar nafsiz bо‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qо‘yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari kо‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bо‘lishiqan kat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
bozor muvozanatini ta’minlash funksiya
hisob-kitob, ulchov funksiya
iqtisodiy regulyator funksiya
raqobat vositasi funksiya
ijtimoiy ximoya funksiya
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:
demping narx
nufо‘zli narx
milliy narx
arzonlashtirilgan narx
jaxon narxi
yashirin narx
erkin narx
standart narx
kontrakt (ulgurji) narx
chakana narx
о‘zgaruvchan narx
limit narx
muvozanat narx
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo о‘zgarib turish qobiliyatidir. Narxlar xech qachon sababsiz о‘zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bо‘lgan tovarlarga о‘rnatiladi. Narx darajasiga tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi о‘rniga bog‘liqdir.
Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini kо‘paytirish, qisqa vaqt ichida eng kо‘p foyda olish, yuqori foyda normasini о‘zoq muddat saqlab qolishdan iborat.
Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bо‘yicha narx darajasini aniq hisoblash ta’sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash davriga, talab va taklifning potensial miqdoriga bog‘liq bо‘ladi. Marketingda tovar siyosati
ijtimoiy tovar ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarishning, taqsimlashning, almashuv va iste’molchining о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuritiladi.
Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni kо‘rib о‘tamiz: avvalo narxlar ishlab chiqarish va iste’moldagi о‘zgarishlardan xabar beradi.
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi о‘zgarishlardan ham darak beradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishidir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xо‘jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular о‘z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini kо‘plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita boо‘liq bо‘ladi.
Narxlarning turtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xо‘jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |