14-mavzu: Ijtimoiy soha vakillarining kundalik kasbiy faoliyatida o`quv va ilmiy internet resurslaridan foydalanish bo`yicha amaliy ko`nikmalarni shakllantirish Reja


Internetga resurslarni joylashtirish va ko‘chirib olish



Download 80,78 Kb.
bet4/10
Sana16.06.2022
Hajmi80,78 Kb.
#676784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14-mavzu Ijtimoiy soha vakillarining kundalik kasbiy faoliyatid

Internetga resurslarni joylashtirish va ko‘chirib olish. Axborotni serverga joylashtirish bir necha usullarda amalga oshiriladi. Masalan plesk tizimi, FTP klient dasturlari yoki veb interfeys orqali resurslarni internetga joylashtirish mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma’lumotlar server kompyuter xotirasidagi ajratilgan joyga joylashtiriladi. Biror ma’lumotni internetdagi biror kompyuterga joylashtirish uchun foydalanuvchi albatta shu tizimda qayd qilingan bo‘lishi shart, aks holda yuklashga ruxsat berilmaydi.
Ma’lumotlarni yuklab olish veb interfeys orqali yoki maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bunda ko‘rilgan veb saytdagi ma’lumotlarni Internet broo‘zerning saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin. Agar fayl ko‘rinishidagi ma’lumotlarni yuklab olish kerak bo‘lsa, u holda fayllarni yuklab olishga mo‘ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi.
Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili. Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil – URL deb ataladi. Internetdagi manzil odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, FTP://) va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi manzil, shuningdek, URL-manzil deb ham ataladi.
Kompyuter domen manzilining namunaviy ko‘rinishi quyidagicha: http://www.tuit.uz, http://www.aci.uz. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma’lumotlarning tagiga chiziladi.
Namunadan ko‘rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O‘ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) – domenning ikkinchi sathi va hokazo. Internetda manzillar ko‘p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik joylar bo‘yicha nomlanadi.
Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko‘rinishda ifodalanadi:
http://www. Sayt nomi. Sayt sohasi. Davlat kodi.
Internet manzillari.
Internet yoki har qanday boshqa TCP/IP li tarmoqlarga ulangan kompyuterlar bir-birirni tushunadigan bo‘lishi kerak. Ushbu holat bo‘lmasa, tarmoq xabarlarni sizning kompyuteringizga qanday yuborishni bilmaydi. Internetda kompyuter tarmoqlari Internet manzili yoki, aniqrog‘i IP-manzilini belgilash bilan aniqlanadi. Internet tarmoq manzili haqida gap ketganda, odatda IP manzili tushuniladi. IP manzili 2 qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq manzili va uning xost manzili. IP manzilning ushbu tuzilishiga asosan har xil tarmoqlardagi kompyuter nomerlari bir xil bo‘ladi. Shuni aytish joizki, manzillarni sonli belgilash kompyuter uchun tushunarli bo‘lsa-da, foydalanuvchi uchun aniq ma’lumotni bermaydi. Shuninhg ucnun ham kundalik hayotda odatda adreslashning Domen usulidan foydalaniladi. Xost kompyuterlar Internetning server xizmatlarini bajaruvchi kompyuterlardir. Ko‘p xollarda xost kompyuter mahalliy tarmoqdagi oddiy kompyuterga o‘xshagan kompyuterdir. Umumiy xolda esa u Internet provayderi vazifasini bajaruvchi tashkilot modemi orqali ulangan kompyuterdir. Xost kompyuterlarni nomlash oddiydir. Misol uchun maripov@ tashsu.silk.org elektron pochta adresida silk.org tarmoqqa mansub domen bo‘lsa, tashsu esa elektron pochta xost sistemasining programmalari bajariladigan kompyuter nomidir. Domenning eng yuqori pog‘onasidagi so‘z (ya’ni org) uning sinfini aniqlaydi. U xizmat turi yoki geografik joylashganiga qarab belgilanadi.
Masalan:
edu (education) ta’lim muassasalari
com (comertial) tijorat ta muassasalari
org(organization) savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lmagan (davlat) muassasalari
gov (goverment) xukumat muassasalari
net (network) tarmoq ximatlarini ko‘rsatuvchi muassasalar
int (international) xalqaro muassasalar
mil (oppish) harbiy muassasalarga oid ma’lumotlarni bildiradi.
Quyidagi (yuqori domenlar) geografik belgilar bo‘yicha tuzilganligini bildiradi:

Download 80,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish