o‘zaro ta’sirlashadi. Biror shaxsning xunuk harakatidan, xuddi shunday vaziyatdagi boshqa shaxsning oliyjanob harakati solishtirilganida taassuf hissi kuchayadi, qoniqish hissi qoniqmaslik hissidan so‘ng kuchliroq seziladi. Insonning taqdiri, azob-uqubatlari qanchalik og‘ir, muvaffaqiyatsizliklarining yakun topishi shunchalik quvonch bilan idrok qilinadi – bu sezgilarning keskin qarama-qarshiligi.
Sezgi qonuniyatlaridan biri – ularning jamlanishi. U yoki bu ob’ekt tomonidan muntazam ravishda hosil qilinadigan sezgilar to‘planib, jamlanadi. Buning natijasida insonda ota-onaga, do‘stga, qadrdon yurtga nisbatan muhabbat va ehtirom mustahkamlanadi. Salbiy kechinmalar (hayotiy qiyinchiliklar)ning to‘planishi affekt holatiga tashqi tomondan ahamiyatsiz bo‘lgan voqeadan juda kuchli ta’sirlanishga olib kelishi mumkin.
Emotsional holatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |