Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli. - Bu usul o'ziga xos bo’lib, undan bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishda foydalaniladi. Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida tarbiyachi va bolalar ayrim javoblarni tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar. Tarbiyachi ularni o'ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takrorlaydi. So'ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, tarbiyachi esa aytilgan eng yaxshi jumlalarning va o'zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.
Ayrim mashg'ulotlarda hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usulidan foydalanish mumkin, bu usul hikoya tuzishni yengillashtiradi, chunki topshiriq hajmi kamayadi. Shuningdek, mashg'ulot ancha qiziqarli va xilma-xil bo'lib, hikoyalar to'liq va chuqur mazmunga ega bo'ladi, ko'p bolalardan so'rash imko- niyati vujudga keladi.
Mazmuni alohida qismlarga yengil ajraladigan rasmlarni qism bo'yicha tasvirlash mumkin. Masalan, bolalar ushbu rasmlarni qism bo'yicha tasvirlashlari mumkin: „Tovuqlar", „Mushuk bolalari bilan", „Echki bolalari bilan", „Sigir buzog'i bilan", „Qishki o'yinlar" va hokazolar.
Hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |