14-mavzu. Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollariTuxum barak (xorazmcha taom)
14 mavzu Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari
2019 yil 6 avgust kuni O‘zbekiston Gastronomik turizm uyushmasi tashkil etildi. Uyushma faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan maqsad gastronomik turizm yo‘nalishida turli tadbirlar, jumladan ko‘rgazma, festival, forum, seminar, ilmiy anjuman, davra suhbati, tanlov va shu kabi boshqa tadbirlarni tashkil etish, assotsiatsiya qoshida xalqaro grantlar homiyligida o‘zbek milliy kulinariyasi tarixi, buguni va kelajagi bo‘yicha gastronomik turizm tarqaqqiyoti uchun xizmat qiluvchi turli loyihalarni amalga oshirishdan iboratdir. Uyushma O‘zbekistonda sayyohlik mavsumini uzaytirish maqsadida har yilning noyabr oyida muntazam ravishda “Lazzatli O‘zbekiston” xalqaro milliy taomlar festivaliga mezbonlik qiladi, festivalga xalqaro turistik agentliklarini muntazam jalb etib boradi va tadbir doirasida O‘zbekiston bo‘ylab hududiy gastronomik turlarni tashkil etadi. Keyingi yillarda xorijiy mamlakatlarda o‘zbek restoranlarining soni oshib bormoqda. Birgina Moskva shahrida 300 ortiq restoranda o‘zbek oshxonasi mavjud. Nyu-York, Berlin, Frankfurt, London, Los-Anjelos, Dubay, Pekin, Seul, Sankt-Peterburg, Riga, Istanbul va boshqa yirik shaharlarda ham faoliyat yuritishi milliy taomlarimizga qiziqish katta ekanidan dalolat. “O‘zbek palovi” YUNESKOning ro‘yxatidan joy olgani, 2018 yili “O‘zbegim” milliy qadriyatlar festivalida 8 tonnalik o‘zbek palovining Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi ham millionlab odamlarning O‘zbekistonga sayohat qilish va taomlarga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida 2019 yil 9-11 avgust kunlari Toshkent shahrida “Gastro Bazar-2019” I - Xalqaro gastronomik festivali o‘tkazildi. Unda yurtimizning mashhur restoranlari, qahvaxonalari, tamaddixonalari bilan bir qatorda xorijiy davlat oshpazlari ham ishtirok etishdi. National Geographic Traveler jurnali tomonidan 2018 yilda Rossiya hududida tashkil qilingan tanlovda O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi. “Gastronomik turizm” yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida jami ovozlarning 34 % O‘zbekistonga berildi, Italiya – 21 % ovoz jamlab ikkinchi o‘rinni egalladi, Ozarbayjon 17% ovoz bilan uchinchi o‘rinni, Fransiya 13 % ovoz bilan to‘rtinchi. Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston o‘z raqiblaridan bir necha barobar o‘zib ketgan. Ikkinchidan aynan Rossiyada O‘zbekiston gastronomik sayyohlik yo‘nalishi sifatida yuqori qadrlanadi. Xulosa Gastronomik turizm bu — mamlakat bilan uning gastronomiyasi, mahalliy oshxonasi va pazandalik mahorat darslari orqali tanishish uchun sayohat va gastronomik turlardir.O‘zbekiston – gastronomik turizm uchun eng mos va maqbul mamlakatdir. O‘zbek milliy oshxonasi, shubhasiz, SHarqning rang-barang va eng boylaridan biri hisoblanadi. Ayrim o‘zbek taomlari bir necha asrlik tarixga ega. O‘zbekiston bo‘ylab gastronomik sayohat, mamlakatning istalgan hududida bo‘lsin, yangi hissiyotlar va taassurotlar qoldiradi.Download 0,74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |