uchinchidan, jahon miqyosida globallashuv va axborot texnologiyalari tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o’zgarishlarni xolisona va tanqidiy baholagan holda farzandlarimiz kelajagini ko’zlab, yoshlar siyosatini amalga oshirishda qo’shimcha chora-tadbirlarni belgilab olish zaruriyati, to‘rtinchidan, har tomonlama chuqur o’ylangan, aniq maqsad va ustuvor yo’nalishlarni o’z ichiga olgan yoshlarga oid dastur va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo’lgan mamlakat va xalq pirovard natijada muvaffaqiyatga erishishi shular jumlasidandir. Qarorga binoan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta‘minlash, yuksak ma‘naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o’zlashtirgan har tomonlama sog’lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida, davlat va jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olib,
Do'stlaringiz bilan baham: |