14-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Fojeaviylik va kulgililik tushunchalari



Download 38,55 Kb.
bet5/5
Sana08.02.2023
Hajmi38,55 Kb.
#909213
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Estetika faning tadqiqot doirasi va kategoriyalari

Fojeaviylik va kulgililik tushunchalari
Fojeaviylik. Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy-estetik tafakkur sohiblarining e’tiborini jalb qilib kelgan. Fojiaviylik estetika kategoriyalari orasida ulug‘vorlik bilan qator yaqinlikka ega. Haqiqiy ulug‘vorlik fojiaviylikning davomi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. SHu bois estetikasida fojiaviylik kategoriyasining ulug‘vorlik kategoriyasidan keyin o‘rganilishi bejiz emas. Ulug‘vorlikning barcha xususiyatlari fojiaviylikning ham u yoki bu ko‘rinishi orqali namoyon bo‘ladi.
Fojiaviylik kategoriyasining falsafiyligi shundaki, u:
– insoniy fazilatlardagi yo‘qotilgan narsalarning o‘rnini qoplab bo‘lmasligini ko‘rsatib beradi;
– abadiyatga daxldor shaxslarni tavsiflaydi va baxolaydi;
– sodir bo‘lgan voqea–hodisaning yakuniga qarab qahramon xarakterining ochib beradi;
– dunyo manzarasi va inson hayotining mazmuni bo‘yicha falsafiy mushohada qilishga undaydi;
– man etilgan tarixiy zidditlarni fosh etadi;
– tushkunlik xolati va qayg‘u tuyg‘ularini paydo qilsa–da, Ayni paytda tantana va quvonch, hayotdan umidvorlik, hayotga muhabbat xislarini ham yuzaga keltiradi.
– odamlarni yovuzlik, qabohat va ma’naviyatsizlikdan forig‘ qiladi.
Kulgililik. Bu bordagi mavjud nazariyalar kulgililikning predmetini ob’ektiv xususiyat sifatida yoki shaxsning sub’ektiv imkoniyatlari natijasi yohud sub’ekt va ob’ekt o‘zaro aloqadorligining natijasi sifatida ko‘rib chiqiladi va mazkur metodologik yondoshuv kulgililikdagi ko‘pma’nolikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Nodonlik esa insonni kulgili qiladi. Biroq, kulgililikning mohiyati, uning kelib chiqishi sabablari haqida Aflotun biror-bir fikrni aytgan emas. Quldorlik tuzumi zodagonlarining namoyondasi bo‘lgan Aflotun uchun kulgililikning demokratik mohiyati begona edi.
Aristotel fikricha, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor etkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi jahldorlik, suskashlik, qizg‘onchiqlik, subutsizlik, izzattalablik, shuhratparrastlik kabi illatlar kulgililik uchun ob’ekt bo‘ladi. Aristotel fikricha, kulgi–axloq hududlarini bezarar buzishdir. Aristotel estetikasida kulgi inkor etilib, komediyaning xarakteri nazariy jihatdan asoslanadi. Aristotelning fikriga ko‘ra, har qanday ozod inson hazil bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin. Bu xolatda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Qiziqchi esa–boshqalarning ermagi, ovunchog‘idir.
Kulgilililk boshqa nafosatli hodisalar singari faqat ob’ektiv tomonga ega bo‘lmay, sub’ektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi. Kulgililikning sub’ektiv tomoni – keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir. (Moler hazil tuyg‘usini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.) Hazil – insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo‘xshov ziddiyatlarni anglagan xolda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish qobiliyatidir. Hazil tuyg‘usi juda murakkab aqliy tuyg‘u bo‘lib, unda shaxs o‘zining butun borlig‘i bilan namoyon bo‘ladi, uda insonning his–tuyg‘usi, aqliy madaniyati, orzu–umidlari va tabiati aks etadi. SHuning uchun ham insonning nima uchun kulayotganligiga qarab, uning qanday illat va qanday fazilatga ega ekanligini bilish mumkin bo‘ladi.
Kulgining badiiy shakllari orasida satira alohida o‘ringa ega. Umumnazariy ma’noda satira voqelikni badiiy tasvirlash turi bo‘lib, unda hayotning salbiy hodisalari ustidan kulish–bunday hodisalar asosida yuksak insonning orzulariga zid ekanligini bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadi yotadi. Satira har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Unga lirika ham, epos ham, drama ham begona emas. Satira markazida doim hayotning salbiy voqea–hodisalari joylashgan bo‘lib, butun fosh qilish kuchi ularga qarshi qaratilgan bo‘ladi. SHuning uchun komediya san’atiga xos tanqidiylik, yo‘nalganlik satirada eng to‘la va eng aniq ifoda topadi. Satirani asosan kulgi fosh eitb qo‘yadi, lekin kulgi bu jarayonda qahr–g‘azabdan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi.
Satira mazmunining xususiyati uning mubolag‘a (giperbola) va g‘aroyibot hajvi (grotesk) kabi keskin bo‘rttirish vositalaridan kelib chiqadi. Jamiyat rivojlanib borishi jarayonida satiraning ob’ekti bilan birga uning sub’ekti ham o‘zgarib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniy maqsad–manfaatlarning ustuvorligi umuminsoniy qadriyatlar vositasida jahon xalqlari hayotidan tobora mustahkam o‘rin egallab borayotgan ekan, insoniyatning mana shu bosh taraqqiyot yo‘lini to‘sadigan barcha chirik, eskirib qolgan, dogmaga aylangan narsalar, xolatlar adabiyot va san’atning o‘tkir va hayotchan satira ob’ekti bo‘lib qolaveradi.
Kulgi–insoniy voqelik. Inson o‘zining aqli yordamida kuladi. U, albatta, o‘zining ahmoqligidan ham kulishi mumkin, biroq bu kulgi telbaning mazmunsiz kulgisi hisoblanadi. Kulgidagi lazzatning manbaida masxara, istehzo kabi ob’ektlarning ustidan afzallik tuyg‘usi yotadi.
Umuman olganda, estetikaning tushunchalari (kategoriyalari) doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jarayonda go‘zallik kategoriyasi bog‘lovchilik vazifasini bajaradi. SHuning uchun fojiaviylikda, ulug‘vorlikda, hunuklikda ham go‘zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas.
Download 38,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish