14-mavzu. Dasturlashda funksiya va modullarni qo’llash “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o’qituvchisi X.Ikromov Reja:
Massivlarni ishlatgan holda dastur tuzish
Foydalanuvchi va standart funksiyalar
Lokal va global o’zgaruvchilar
Massiv Massiv – bir tоifadagi ma’lumоtlarning tartiblangan chеkli kеtmakеtligidir. Massivlar simvоlik nоm bilan ifоdalanadi. Massivga kiruvchi ma’lumоt uning elеmеntlari dеb yuritiladi va u massiv nоmi va indеksi (massivda tutgan o`rni) bilan bеlgilanadi. Elеmеntlar indеkslari bo`yicha tartiblangan. Masalan: 1 dan 10 gacha butun sоnlar kеtma-kеtligi bеrilgan bo`lsin, bu kеt-kеtlikni massiv sifatida qarash mumkin. Massivlar a=(a1,a2,a3,….,an)
a1,a2,a3,….,an- massiv elementlari
1,2,3,……, n- elementlar indeksi.
Indeks o’zgaruvchidan tartiblangan ketma-ketlikdagi o’rnini bildiradi va u [ ] qavs ichida ko’rsatiladi.
Massivni e’lon qilish [];
Masalan: int a[20], y[5];
Bu erda a 20 ta butun sonlardan iborat, bir o’lchovli massiv. Indeks har doim 0 dan boshlanadi. Demak, a[0], a[1], …,a[19]; y esa 5 ta butun sondan iborat va bir o’lchovli massiv. y[0], y[1],..y[4]. S-oddiy butun o’zgaruvchi. double b[10]-10 ta haqiqiy sonlardan iborat massiv. b[0], b[1],….,b[9];
Misol: Bir o`lchamli massivni kiriting va uni екranga bosib chiqaring. Massiv bir nechta elementlardan iborat bo’lganligi uchun uni kiritish va chiqarish sikl orqali amalga oshiriladi. Dastlab massiv elementlari soni kiritiladi. Ikkinchi qatorda massiv elemetnlarining qiymatlari kiritiladi. #include using namespace std; int main() { int n; cout<<"n = "; cin>>n; int a[n]; for(int i = 1; i <= n; i++) { cin >> a[i]; } for(i=1; i<=n; i++) { cout< } Misol2: Bir o`lchamli massiva berilgan. Shu massivni yelementlarini yig`indisini toping. Massiv elementlarining yig’inisini qandaydir boshqa o’zgaruvchida saqlaymiz. Uning dastlabki qiymatini nolga tenglaymiz va sikl yordamida massivning har bir elementini qo’shib chiqamiz. #include using namespace std; int main() { int n; cout<<"n = "; cin>>n; int a[n]; for(int i = 1; i <= n; i++) { cin >> a[i]; } int sum=0; for(i=1; i<=n; i++) { sum+=a[i]; } cout<<“yig’indi=”< } Funksiya Dasturning turli joylarida mazmunan bir xil algoritmlarni bajarishga to’g’ri keladi. Algoritmning bu bo’laklari asosiy yechilayotgan masaladan ajratib olingan biror qism masalani yechishga mo’ljallangan bo’lib, mustaqil qiymatga (natijaga) ega bo’ladi. C++ tilida dastur bo’lagini alohida ajratib olib, uni funksiya ko’rinishida ifodalash imkoniyati mavjud. Funksiyani e’lon qilish (
);
Bu yerda
−funksiya ishlashi natijasida qaytariladigan qiymatning turidir. Agar qaytariladigan qiymat turi ko’rsatilmagan bo’lsa, kelishuv bo’yicha funksiya qaytaradigan qiymat turi int deb hisoblanadi,
−vergul bilan ajratilgan funksiya parametrlarining turi va nomlari ro’yxati.
Misol Kiritilgan sonning kvadratini hisoblash dasturi #include long son_kv(int); int main() { int n; cin>>n; cout< return 0; } long son_kv(int x) { return x*x; } O’zgaruvchilar - Funksiya tanasida e’lon qilingan o’zgaruvchilarga lokal o’zgaruvchilar deyiladi
lokal
- Global o’zgaruvchilar dastur matnida funksiyalar aniqlanishidan oldin e’lon qilinadi va ular e’lon qilingan joyidan boshlab dastur oxirigacha amal qiladi.
global
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |