14-mashg‘ulot
Sohaviy ma’lumot-axborot hujjatlari.
Reja:
Ma’lumot-axborot hujjatlari.
Ma’lumot-axborot hujjatlarini qo‘llash va yuritish tartibi
Tаyanch soʻz va iboralar:
Ma’lumot-axborot hujjatlari, leksik xususiyat, stilistik xususiyat, ma’lumotnoma, tarjimayi hol, bildirgi, tavsifnoma, nutqiy qolip, matn tayyorlash.
Bir voqea yoki holat (shaxsning yashash joyi, vazifasi yoki muassasa faoliyati) haqida axborot beruvchi hujjat ma’lumotnomadir.
Mazmuni va xususiyatiga ko`ra xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnoma farqlanadi.
Xizmat ma’lumotnomalaridamuassasa yoki xo`jalik faoliyatiga bog`liq bo`lgan holat va voqea-hodisalar to`g`risida rahbarga yoki yuqori tashkilotga xabar beriladi. Bunday ma’lumotlarga matn mazmunini ochuvchi sarlavha qo`yilishi lozim. Masalan: «Litsey o`qituvchilarining soni haqida» kabi. Sarlavhadan so`ng (ba’zan uning tarkibi-da) xabarga oid sana ko`rsatiladi. Masalan: «2010- yil 1-oktabrdagi holatga ko`ra» kabi.
Shaxsiy ma’lumotnomalarmuassasa, idoralar tomonidan fuqarolarning oilaviy yoki ish faoliyatidagi holatlarni tasdiqlovchi hujjat sanaladi. Xizmat ma’lumotnomalaridan farqli ravishda shaxsiy ma’lumotnomalarda ular yo`llangan idora yoki shaxs nomi ko`rsatilmaydi. Buning o`rniga matn so`nggida ma’lumotnomaning qayerga berilganligi yoziladi. Masalan: «Uy-joydan foydalanish boshqarmasiga taqdim etish uchun berildi» kabi. Asosiy matnda shaxs haqida barcha ma’lumotlar aniq nisbatdagi hozirgi-kelasi zamon
fe’l shakli orqali ifodalanishi lozim (ishlaydi, yashaydi, o`qiydi kabi).
NAMUNA:
Litsey direktori
S. Sobirovga
Yotoqxonada yashovchi talabalardan
tushgan shikoyatlar haqida
MA’LUMOTNOMA
2010—2011- o`quv yilining ikkinchi yarmida litseyning ikkita yotoqxonasida yashovchi 324 ta talabadan 56 ta ariza va shikoyattushdi. Bulardan 34 tasi ariza va 12 tasi shikoyat hisoblanadi.
Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar berilishini so`rab yozilganbo`lib, bu ehtiyojlaro`z vaqtida qondirilgan. Shikoyatlardan 10 tasi ko`rib chiqilgan, 2 tasi ko`rish jarayonidadir. Shikoyatlar yotoqxona Nizomi qonun-qoidalariga muvofiq tarzdako`rib chiqilgan.
«Kamolot» yoshlar harakati sardori (imzo) N. Mahkamov.
Bildirish (bildirishnoma) muayyan idora, uning rahbariga biror voqea-hodisa yoki xizmat faoliyatiga tegishli masalalar yuzasidan axborot berish maqsadida taqdim etiladigan hujjatdir.
Bildirishnomalarni tayyorlashda faqat biror voqea, holat haqida xabar berish bilan cheklanish yetarli emas, ularning sabablari tahlil qilinishi, xulosa chiqarilishi, takliflar berilishi ham lozim. Shuning uchun bildirishnomalarda xulosa va takliflar aniq va ishonarli yozilishi talab qilinadi. Bunday hujjatlar matni ikki qismdan iborat bo`lib, birinchisida, yozilishiga sabab bo`lgan voqea, dalillar berilsa, ikkinchisida, shunga oid xulosa va aniq takliflar bayon qilinadi. Agar bayon qilinayotgan ma’lumotlar aniq sana yoki vaqtga tegishli bo`lsa, bu sana yoki vaqt matn oldidan ko`rsatilishi lozim. Masalan: 2010- yil 1- oktabrdagi holatga ko ‘ra kabi.
Adabiyotlar:
Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish (amaliy qo‘llanma). – Toshkent, O‘zME, 2014.
Абдураҳмонов Ғ. Стилистик нормалар ҳақида//Ўзбек тили ва адабиёти, 1969, № 6, 51-б.
Бегматов Э., Бобоева А., Асомиддинова М., Адабий норма ва нутқ маданияти. Т., 1983.
Иброҳимов С. Нутқ маданияти ва адабий талаффуз ҳақида Т., 1972.
Нутқ маданиятига оид масалалар. (Мақолалар тўплами) Т., 1973.
Тожиев Ё., Ҳасанова Н., Тожиматов Ҳ. Йўлдошева О. Ўзбек нутқи маданияти ва услубият асослари. Т., 1994.
Do'stlaringiz bilan baham: |