1. Tayyorlov bosqichi:
*Maqsad
: informatika oʻqitishda shaxsga yoʻnaltirilgan,hamkorlikda,
jamoada, muammoli oʻqitish va didaktik oʻyintexnologiyalari toʻg’risidagi
ma`lumotlarni tushunish.
*Vazifalar:
-
boʻlajak
oʻqituvchilarda
informatika
oʻqitishda
shaxsgayoʻnaltirilgan, hamkorlikda, jamoada, muammoli oʻqitish vadidaktik oʻyin
texnologiyalari haqidagi koʻnikmalarinishakllantirish;
Oʻqituvchi
- muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni boʻyichaumumlashtirish;
- bilimlarni tekshirish va mustaxkamlash.
*Mazmun: talabalarning egallashi lozim boʻlgan bilim.
2. Darsni tashkil etish bosqichi:
Uslub: Og’zaki bayon qilish.
Shakl: ma`ruza mashg’uloti, kichik guruhlar va jamoadaishlash.
Vosita: tarqatma va taqdimot materiallari.
Usul: tayyor yozma materiallar.
Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish.
Baholash: rag’batlantirish, reyting tizimi asosida baholash.
Oʻqituvchi
3. Mustaqil ishlash bosqichi: - munozara, aqliy hujum,mikroguruhda ishlash
va boshqa metodlar orqali nazorattopshiriqlarini yechishga yoʻnaltiriladi.
- talabalar nazorat topshiriqlarini hal qilish toʻg’risidagifikrlarini oʻzaro
muhokama qilishadi.
- oʻzi va mikroguruh uchun yagona javobni tanlaydi.
Talaba
4. Natijalarni eshitish va tahlil qilish bosqichi:
- talabalar va mikroguruh fikri tinglanadi, ulargaaniqlashtiruvchi savollar
beriladi.
- mikroguruhlarning javoblari toʻg’risida talabalar fikrianiqlanadi.
- javoblar tahlil etiladi.
Oʻqituvchi -
Talaba
5. Yakuniy va baholash bosqichi: - talabalarning berganjavoblaridan
koʻpchilik fikriga mos kelgani alohida ajratibolinadi;
- talabalarning nazorat topshiriqlarini yechishdagi faolligi,intilishlari hisobga
olingan holda amaldagi reyting tizimiorqali baholanadi;
- yakuniy fikr aytiladi;
- mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
Oʻqituvchi
1-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Informatika oʻqitishda
shaxsgayoʻnaltirilgan,
hamkorlikda,
jamoada
va
muammoli
oʻqitish
texnologiyalaritushunchalarini talabalarda shakllantirish.
Identiv oʻquv maqsadlari:
1. Informatika oʻqitishda shaxsga yoʻnaltirilgan, hamkorlikda, jamoada va
muammolioʻqitish texnologiyalari toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar.
2. Informatika oʻqitishda shaxsga yoʻnaltirilgan, hamkorlikda, jamoada va
muammolioʻqitish texnologiyalari toʻg’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
1-asosiy savol bayoni: Shaxsga yoʻnaltirilgan ta`limning asosiy tamoyili
ta`limmarkazida talaba (oʻquvchi) qoʻyiladi.
Ta`lim samaradorligini oshirishda shaxsga yoʻnaltirilgan ta`lim muhim
hisoblanibu quyidagilarga asoslanadi:
- shaxsning xususiyatlariga;
- uning oldingi tajribalariga;
- aqliy xususiyatlariga;
- ta`lim jarayoniga mos taxnologiyalarni tanlashga.
Hamkorlikda ta`lim olish metodi ta`lim samaradorligini oshirish
usullaridanbiri boʻlib, uning asosiy g’oyasi turli oʻquv holatlarida talaba
(oʻquvchi)larning faoloʻquv faoliyatlari uchun sharoit yaratish ya`ni talabalar uchun
ma`lumotlarning axborotbanki, nazorat-sinov banki, masofadan turib ta`lim olish,
mustaqil ishlarni toʻg’ritashkillashtirish kabi muammolarning echilishida qoʻl
keladi.
Hamkorlikda oʻrganish modeli – oʻquvchilarning mustaqil huruhlarda
ishlashievaziga ta`lim olishini koʻzda tutuvchi metod.
Talabani
mustaqil
ishlashga
oʻrgatish
birinchi
navbatda
dars
mashg’ulotlaridaetakchi va tajribali oʻqituvchilarning ma`ruzalarini tinglash,
konspektlar yozish vaularni toʻldirish, ilmiy va ilmiy-uslubiy jurnallardagi
maqolalarni oʻrganish, darslik vaadabiyotlar bilan ishlashga, elektron manbalardan
foydalanishga oʻrganishdanboshlanadi. Oʻquv materialining samarali oʻzlashtirilishi
amaliy, seminar valaboratoriya mashg’ulotlarida va talabalarning jamoa boʻlib
ta`lim olishlarida davomettiriladi.
Muammoli ta`limning asosiy maqsadi. “ Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”ningtalablari asosida bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish,
tafakkurinirivojlantirish, oʻzlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini
kuchaytirishdaniboratdir.
Pedagogik-psixologik
adabiyotlarda
muammoli
ta`limning ilmiy-nazariyasoslari haqida gap borganda, uni ta`limning metodi,
printsipi yoki alohida tizim debhisoblash holatlari uchraydi. Muammoli ta`limni
qanday nomlashdan qat`iy nazar uningasosiy hususiyati – bilim oluvchining aqliy
faolligini oshirish, mustaqil, ilmiy, ijodiyizlanish, oʻzi uchun yangi bilim, koʻnikma
va malakalarni kashf etishdan iboratdir.
Demak, muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yoʻli bilan
egallanadiganbilim, koʻnikma va malakalar yig’indisiga muammoli ta`lim deyiladi.
Respublikamizda
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalarning
ta`lim
jarayonigatatbiq etilishi muammoli ta`limni hozirgi sharoitda dolzarb pedagogik
masalagaaylantirdi.
Muammoli ta`lim oʻzining maxsus tushunchalariga ega boʻlib,
ularningmohiyatini bilmasdan turib, mashg’ulotlarni muammoli tarzda tashkil etib
boʻlmaydi.
Muammoli ta`lim quyidagi asosiy tushunchalarga ega:
- Muammo
- Muammoli savol
- Muammoli vazifa
- Muammoli topshiriq
- Muammoli vaziyat
Muammoli ta`limning asosiy tushunchalariga izoh berishdan oldin,
tayyorbilimlarni oʻqituvchi tamonidan berilishi yoki oʻquvchining mustaqil
egallashini izohli-
koʻrgazmali metodi natijasi sifatida aniq tasavvurlar hosil qiladigan,
ongdasaqlanadigan, zarur boʻlganda qayta tiklanishini aniqlaydigan axborot
shaklidagi savolnitushunish oʻrinlidir.
Axborot shaklidagi savol: tayyor javobi boʻlgan, xotiradagi bilimlarga
tayanibyechimi topiladigan holat boʻlib, “ nima, kim, qachon, qayerda, qanday,
qancha, qaysi,..? ” kabi soʻroqlar asosida javobi aniqlanadi.
Muammoli ta`limning dastlabki tushunchasi muammo hisoblanadi.
Muammo yunoncha “problem” soʻzidan olingan boʻlib, vazifa, topshiriq
deganma`no-ni anglatadi.
Tayyor javobi boʻlmagan, oʻrganish, tadqiq etishni talab qiladigan nazariy
yokiamaliy masala muammo hisoblanadi.
Inson hayoti va faoliyati jarayonida cheksiz muammolarga duch keladi.
Shaxsiy muammolar, ijtimoiy muammolar, turmush muammolari, ta`lim-tarbiya
muammolari vaboshqalar. Bularning har biri oʻziga xos yechim yoʻllariga ega.
Ta`limiy muammolar bilim oluvchidan aqliy operatsiyalarni bajarishni talab etadi.
Bu operatsiyalar muammoli holatning xususiyatidan kelib chiqib, bir-biridan farq
qiladi. Muammolisavolda bajariladigan aqliy operatsiya muammoli vazifanikidan,
muammoli topshiriqdabajariladiganlari muammoli vaziyatnikidan oʻziga xos
xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Muammoli ta`limning keyingi asosiy tushunchasi muammoli savol sanaladi.
Muammoli savol axborot shaklidagi savoldan farqli oʻlaroq tafakkur qilish
yoʻli bilan izlangan noma`lumni topishni ta`minlaydigan soʻroq boʻlib alohida
holda, muammoli vaziyat va vazifalarning tarkibida boʻlishi mumkin. Muammoli
savolga fikr yuritish orqali javob topiladi. “Nima uchun, nima sababdan, buni
qanday tushunsa boʻladi, bundan qanday xulosa chiqarish mumkin...? “ kabi
soʻroqlar muammoli savol paydoboʻlishini ta`minlaydi.
Pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari mavzusi yuzasidan
quyidagisavolni muammoli deb tavsiya etish mumkin:
- Pedagogika faniga turlicha ta`riflar berilgan. “Pedagogika tarbiya haqidagi
fandir” - degan ta`rif koʻp uchraydi. Siz shu qoidaga qoʻshilasizmi yoki
qoʻshilmaysizmi? Siz qanday ta`rifni pedagogika fani uchun eng ma`qul
debsanaysiz? Oʻzingizga yoqqan ta`rifni izohlab bering.
Bir nechta yechimini kutayotgan muammoli savolning bir-biriga bog’liq
holda qoʻyilishi muammoli vazifani keltirib chiqaradi. Muammoli vazifa sharti aniq
boʻlgan, kimdir tamonidan hosil qilingan, javobini topish doirasi cheklangan
didaktik tushunchasidir.
Muammoli vazifaning mazmuni bilim oluvchiga aniq boʻlgan masalaning
noanig’i bilan ziddiyatlashuvidan iboratdir. Noaniq topilishi zarur boʻlib,
izlanishni,fikrlashni, mantiqiy hulosalar chiqarishni ta`minlaydi. Muammoli vazifa
albatta vazifaberuvchi tomonidan hosil qilinadi.
Pedagogika fanining ta`lim metodlari mavzusi yuzasidan talabalar
uchunoʻqituvchi tomonidan quyidagi muammoli vazifalar belgilanishi mumkin:
- Ilg’or oʻqituvchining darsiga kirib, uni tahlil qiling.
Ta`limning qanday metodlaridan foydalandi? Bu metodlarfanning va
mavzuning mazmuniga qanday darajadamosligini izohlang.
- Sizningcha qanday metodlardan foydalanilganda dars yanada samarali
boʻlishi mumkin edi?
Bu vazifalarning yechimini topish uchun talaba birinchi oʻrinda mavzu
yuzasidan mavjud bilimlarni mufassal egallashi, ta`lim metodlarini bilishi va bir-
biridan farqlayolishi zarur. Shu asosda oʻqituvchining yutuq va kamchiligini tahlil
qila oladi.
Muammoli savol va vazifalar birgalikda muammoli topshiriqning
tarkibidakelishi mumkin. Muammoli topshiriq - oʻqituvchi, ta`lim beruvchi, kitob
muallifi tomonidan muammoli savol va vazifa shaklida bilim oluvchini muammoli
vaziyatga tushiradigan oʻquv topshirig’idir.
Muammoli topshiriqda muammoli savol va vazifalarning elementlari mavjud
boʻladi. Shuning uchun ham muammoli vaziyatga olib kiradi.
Muammoli vaziyat - sub`ektning psixologik holati boʻlib, muammo bilan
duch kelganda aqliy qiyinchilikning paydo boʻlishi zudlik bilan hal qilishga halaqit
beradigan yangi bilim va harakat usullarini izlash, ularni topib, hosil boʻlgan
qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta`minlaydi.
Muammoli holat shaxsni yangi bilimlar olishga da`vat etadi. Ma`lumki,
muammoli vaziyat hosil qilgandagina oʻquvchilarni fikrlashga, munosabat
bildirishga hamda xulosalar chiqarishga harakat qiladilar. Dars jarayonida
oʻquvchilar berilgan oʻquv materialini eslabgina qolmay, balki uni boshqa
materiallar bilan taqqoslash, umumlashtirish, tahlil qilish, xulosa chiqarishga
yoʻnaltirilmog’i kerak boʻladi. Bu jarayonda oʻqituvchining vazifasi ma`lum
muammoli vaziyatni tashkil qilar ekan, eng avvalo, oʻquvchiga qoʻyilayotgan
muammoni toʻg’ri anglatish, unda muammoni yechishga qiziqish uyg’otish zarurdir.
Muammoli ta`limning mohiyati oʻqituvchi tomonidan oʻquv mashg’ulotida
muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, muammoli savol, topshiriq va vazifalarni
bajartirish orqali yangi bilimlarni egallash boʻyicha ularning oʻquv faoliyatini
boshqarib borilishidir. Muammoli oʻquv mashg’ulotlarini tashkil etishda oʻqituvchi
hech qachon oʻquvchilarga tayyor javoblarni berishi kerak emas, balki ularga
bilimlarni egallashga yoʻl koʻrsatishi, ayrim voqea, axborot va hodisalar misolida
mustaqil ravishda uning yechimi ustida ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga
qaratishi lozim.
Oʻqituvchining faoliyati oʻquv materiallarini bayon etishdan, oʻquvchilarni
mavzuga qiziqtirish orqali mustaqil va ijodiy ishlashni tashkil qilish, ularning bilim,
koʻnikma va malakalarini ob`ektiv baholash va rag’batlantirib borishdan iborat
boʻladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning zarur shartlaridan biri ta`lim
jarayonida oʻqituvchi, oʻquvchilarning mustaqil bilim olishlarini ta`minlovchi,
yoʻnaltiruvchi, maslahat beruvchi, tafakkurini rivojlantirishning toʻg’ri yoʻllarini
koʻrsatuvchi, hamkorlik qiluvchi shaxs sanaladi. Bunga muammoli ta`lim orqali
erishish eng ma`qul yoʻl hisoblanadi.
Muammoli ta`lim mustaqil, ijodiy va faol oʻzlashtirishni ta`minlash bilan
birga, keng qamrovli fikr yuritishga, avvaliga oʻzi uchun yangi bilimlarni kashf
etishga vakeyinchalik ilmni, fanni rivojlantiradigan kashfiyotlar qilishga zamin
hozirlaydi.
2-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Informatika oʻqitishda didaktik
oʻyin texnologiyalari tushunchalarini talabalarda shakllantirish.
Identiv oʻquv maqsadlari:
1. Informatika oʻqitishda didaktik oʻyin texnologiyalari toʻg’risidagi
tushunchalarga ega boʻladilar.
2. Informatika oʻqitishda didaktik oʻyin texnologiyalari toʻg’risidagi
tushunchalarni farqlay oladilar.
2-asosiy savol bayoni: Didaktik oʻyinli mashg’ulotlar. Ta`lim jarayonida
didaktik oʻyinli texnologiyalar didaktik oʻyinli dars shaklida qoʻllaniladi. Ushbu
darslarda talabalarning bilim olish jarayoni oʻyin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi.
Shu sababli talabalarning ta`lim olish faoliyati oʻyin faoliyati bilan uyg’unlashgan
darslar didaktikoʻyinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida oʻyin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- oʻyin faoliyati orqali shaxsning oʻqishga, mehnatga boʻlgan qiziqishi ortadi;
- oʻyin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya`ni, kommunikativ —
muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
- shaxsning oʻz iqtidori, qiziqishi, bilimi va oʻzligini namoyon etishiga
imkonyaratiladi;
- hayotda va oʻyin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni engish va
moʻljalni toʻg’ri olish koʻnikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
- oʻyin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash,
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
- insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy,
ma`naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni oʻrganishga e`tibor
qaratiladi;
- oʻyin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish koʻzda
tutiladi.
Didaktik oʻyinli mashg’ulotlarni talabalarning bilim olish va oʻyin
faoliyatining uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli oʻyinlar, ijodiy oʻyinlar,
ishbilarmonlar oʻyini, konferentsiyalar, oʻyin-mashqlarga ajratish mumkin.
Oʻqituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), soʻngra
guruhli oʻyinlarga tayyorlashi va uni oʻtkazishi, oʻyin muvafaqiyatli chiqqandan
soʻng esa,ularni ommaviy oʻyinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik
oʻyinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, koʻnikma va
malakalarga egaboʻlishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi oʻrtasida hamkorlik,
oʻzaro yordam vujudga kelishi lozim.
Oʻqituvchi-pedagog didaktik oʻyinli mashg’ulotlarni oʻtkazishga qizg’in
tayyorgarlik koʻrishi va uni oʻtkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi
talabetiladi:
1. Didaktik oʻyinli mashg’ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning
ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga
qaratilgan boʻlishi;
. 2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag’ishlanib,
ular oʻyin davomida hal qilinishi;
3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob - axloq
normalariga mos kelishi;
4. Oʻyin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda boʻlishi;
5. Mashg’ulotlar davomida didaktik printsiplarga amal qilinishi va eng kam
vaqt sarflanishiga erishishi kerak.
Quyida “Informatika” fanini oʻqitishda tashkil etish va oʻtkazish mumkin
boʻlgan didaktik oʻyinli mashg’ulotlardan ayrimlarining tafsilotlari keltiriladi.
Didaktik oʻyinli mashg’ulotlar orasida konferentsiya mashg’ulotlari ham
muhim oʻrin tutadi.
Konferentsiya mashg’ulotlari talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishda,
ilmiy dunyo qarashini kengaytirishda, qoʻshimcha va mahalliy materiallari bilan
tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash koʻnikma
va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Konferentsiya mashg’ulotini oʻtishdan avval mashg’ulot mavzusini, maqsad
va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qoʻshimcha ilmiy, ilmiy-ommabop
adabiyotlar koʻzdan kechiriladi. Mashg’u-lotni oʻtkazishdan 1 hafta oldin
mashg’ulot mavzusi e`lon qilinib, unga tayyorgarlik koʻrish uchun adabiyotlar
tavsiya etiladi. Ushbu mashg’ulotda “Olimlar” rolini tanlash, mavzuni har
tomonlama yoritish, ma`ruza tayyorlash talabalarning ixtiyorida boʻladi.
Ilmiy konferentsiya mashg’ulotini quyidagicha oʻtkazish tavsiya etiladi:
I. Oʻqituvchining kirish soʻzi. Bunda oʻqituvchi mashg’ulotning mavzusi,
maqsadi vavazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «Olimlar» bilan talabalarni
tanishtiradi.
II. Ilmiy ma`ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzu yuzasidan tayyorlagan
ma`ruzalarinitaqdimotva koʻrgazmali qurollar asosida bayon qiladilar.
III. Ma`ruzalar muhokamasi. Bunda «Olimlar» va guruhdagi boshqa talabalar
oʻrtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara oʻtkaziladi.
IV. Ilmiy konferentsiya yakuni. Oʻqituvchi mavzu yuzasidan eng muhim
tushuncha vag’oyalarni ta`kidlab, darsni yakunlaydi.
V. Talabalarni baholash. Mashg’ulotda faol ishtirok etgan talabalar
rag’batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
VII. Mashg’ulotni umumiy yakunlash.
“Kasb ta`limi metodlari” mavzusida oʻtkaziladigan ilmiy konferentsiya
mashg’uloti quyidagi loyiha boʻyicha oʻtkazilishi mumkin.
Mavzu: “Kasb ta`limi metodlari”.
Mashg’ulotning borishi:
I.
Tashkiliy qism,
II.
Talabalarni mashg’ulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan
tanishtirish.
Bu mashg’ulotni oʻtishdan bir hafta oldin talabalarni 4 ta guruhga ajratamiz
va ulargainformatika fani sohasida faoliyat koʻrsatayotgan «Olimlar» maqomini
beramiz.
III. Yangi mavzuni oʻrganish: Talabalar guruhi oʻz mutaxassisliklariga
tegishli boʻlganquyidagi mavzulardan biri boʻyicha ma`ruza tayyorlaydi.
1. Kasb ta`limi metodlari va ularning tavsifnomasi.
2. Reproduktiv va muammoli izlanish metodlari.
3. Ta`lim jarayonida interfaol metodlar.
Har bir yoʻnalish boʻyicha «Olimlar» maqomini olgan talabalar oʻzlariga
tegishli mavzu boʻyicha taqdimot va koʻrgazmali qurollar asosida qoʻshimcha
materiallardan foydalangan holatda ma`ruza qiladilar.
IV. Ma`ruzalar tugagach, talabalar oʻrtasida bahs va munozara oʻtkaziladi.
V. Mashg’ulotni umumiy yakunlash.
VI. Uyga vazifa berish.
Talabalarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va
qoʻshimcha bilim olishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy oʻyinlar muhim
ahamiyatga egadir.
Ta`lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni talabalar oʻzaro
hamkorlikda avval oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini ijodiy qoʻllanish
va izlanish orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik oʻyinlar ijodiy oʻyinlar
debataladi.
Ijodiy oʻyinli mashg’ulotlardan «Informatika» fanini oʻqitishda, yani ma`lum
bir mavzuni oʻrganishda foydalanish mumkin. Bunda talabalar teng sonli guruhlarga
ajratilib, ularga shartli ravishda “Professor”, “Dotsent”, “Katta oʻqituvchi” deb nom
beriladi. Bu erda mutaxassislarning har qaysi guruhi ijodiy izlanib, kelgusidagi
ishlarini rejalashtirishga oʻrganadilar. Oʻqituvchi tomonidan tavsiya etilgan
topshiriqlarni bajarib, dalil va isbotlar asosida oʻz javoblarini bildiradilar.
Ijodiy oʻyin mashg’ulotlarida guruhdagi barcha talabalar hamkorlikda
ishlaydilar, avvalgi mashg’ulotlarda oʻzlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda
qoʻllaydilar. Bu esa ularda oʻz bilim va iqtidoriga nisbatan ishonch hissini uyg’otadi.
Shunday qilib, didaktik oʻyinli mashg’ulotlar orqali oʻquvchi-talabalar yangi
kasblar bilan tanishadilar, egallagan bilimlarini ta`limning qaysi sohalarida qoʻllash
mumkinligini koʻrsatadilar, ushbu fanga boʻlgan qiziqishlari ortadi, qoʻshimcha
adabiyotlar bilan mustaqil foydalanishga, oʻz oʻrtog’ining fikrini sabot va chidam
bilan tinglashga, bilimlarini nazorat qilishga, oʻz-oʻzini baholashga oʻrganadilar.
Mustaqil ish topshiriqlari.
1. Informatika oʻqitishda shaxsga yoʻnaltirilgan, hamkorlikda, jamoada va
muammolioʻqitish texnologiyalari haqida Sizning fikringiz?
2. Informatika oʻqitishda didaktik oʻyin texnologiyalari Sizda qanday hislatlar
shakllanishi mumkinligini hohlaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |