10. Ekspert tizimlarga misollar
Hozirgi vaqtda ETlar turli muammoli sohalarda turli masalalarni yechishda qo`llanilmoqda, jumladan, iqtisodiyotda, neft va gaz ishlab chiqarishda, energetika, transport, farmatsevtika, kosmos, kimyo, ta’lim, telekommunikatsiya hamda aloqa va boshqa sohalarda ETlarga ba’zi bir misollar keltiramiz [1-5, 9-14].
DENDRAL – murakkab organik molekulalar strukturalarini tanish uchun ET;
MOLGEN – DNK strukturasini aniqlovchi ET;
XCON – VAX 11 hisoblash komplekslarini loyihalashtiruvchi ET;
MYCIN – ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ET;
PUFF – sil kasalligiga tashxis qo`yuvchi ET;
MACSYMA – algebraik ifodalarni soddalashtiruvchi ET;
PROSPECTOR – foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ET;
POMME – mevali bog`larga qarashga maslahat beruvchi ET;
AIRPLANE – samolyot yerga qo`nishida uchuvchiga yordam beruvchi ET;
ESPLAN – Baku neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarishni rejalashtiradigan ET;
MODIS – gipertonik kasalliklarning turli shakllariga tashxis qo`yuvchi ET;
MIDAS – energetik tizimlarda ishdan chiqish holatlarini aniqlash va tuzatish uchun ET;
Harbiy sohada qo`llaniladigan ET larga misollar.
ACES (AI Cartographic Ekspert System). Bu ETi xaritada o`zgarish kiritish bo`yicha kartografik ishlarni amalga oshiradi. Tizim boshlang`ich ma’lumotlar sifatida o`zgarishlar kiritilmagan xaritani va joydagi obyektlarning joylashishini tavsiflovchi ma’lumotlarni qabul qiladi. Tizim barcha maqbul shartli ishoralar va imzolarni o`zida jamlovchi, ular bir – biriga ortiqcha halaqit bermaydigan xaritani ishlab chiqaradi. ACES bilimlarni taqdim etishning obyektga yo`naltirilgan sxemasini qo`llaydi va u ARM Xerox Dolphinda ishlash uchun Loopsda amalga oshiriladi. Tizim ESL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va u tadqiqiy prototip darajasigacha yetkazilgan.
ASTA. Bu ET analitikka tutuvchi signalni jo`natgan radar turini aniqlashga yordam beradi. Tizim bu signalni unda mavjud radarlar fizikasidagi umumiy bilimlar va aniq turdagi radarlar tizimidagi maxsus bilimlar asosida tahlil qiladi. ASTA shuningdek analitikka mos keluvchi MBga kirishni ta’minlaydi va o`zining xulosalarini tushuntirib beradi.
Bu tizim Advanced Information & Decision Systems kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va u tadqiqiy prototip darajasigacha yetkazilgan.
DART. Bu ET raqiblarning buyruq beruvchi markazlari, boshqaruvi va aloqalarining razvedka qilinganida olingan natijalarni qayta ishlashga yordamlashadi. U analitiklarga buyruq beruvchi tarmoqlarning, boshqarishning va aloqalarining kritik nuqtalarini identifikatsiyalash bo`yicha maslahat beradi va jangovor vaziyat haqida xabarni qayta ishlashga yordamlashadi. DART tizimi VAX 11/780 kompyuter tizimi uchun Paskal va Si dasturlash tillarida joriy qilingan. Bu tizim «Par Technology Corporation» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va u tadqiqiy prototip darajasigacha yetkazilgan.
HANNIBAL. Bu ET raqibning radioalmashish razvedkasi sohasida vaziyatni baholashni amalga oshiradi. Tizim raqibning birlashishi va ular aloqasining radiotutgich ma’lumotlarini izohlovchi jangovor tartibini identifikatsiyalaydi. Bu ma’lumotlar o`zida aloqa vositalarida aniqlangan joylashuv va signallar xarakteristikasi (chastotasi, modulyatsiyasi, kanal sinflari va boshqalar) haqidagi axborotni o`z ichiga oladi. Tizimdagi bilimlar arxitektura doirasida bir qancha mutaxassislarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi e’lonlar taxtasi yoki bilimlar manbai sifatida ifodalangan. Tizim AGE vositasi yordamida joriy qilingan. U ESL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va u tadqiqiy prototip darajasigacha yetkazilgan.
I&W. Bu ET razvedkadagi analitiklarga keyingi qurolli to`qnashuv qachon va qayerda bo`lishini bashorat qilishda yordamlashadi.
Tizim razvedkadan kelib tushuvchi axborotlarni tahlil qiladi, masalan, qo`shinni faolligining oddiy belgilari to`g`risidagi bilimlarni qo`llab, jangovor qo`shin joylashuvi haqidagi, ularning faoliyati va siljishi xabarlarni tahlil qiladi.
Tizimdagi bilimlar arxitektura doirasida bir qancha mutaxassislarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi e’lonlar taxtasi yoki bilimlar manbai sifatida ifodalangan.
Bilimlar e’lonlar taxtasida arxitektura doirasida ifodalangan, unda kompetentlikni ta’minlash uchun mulohazalarning to`g`ri zanjiri qoidalari kabi freymlar ham qo`llanilgan.
Tizim ARM Xerox 1100 uchun INTERLISP-Dda joriy qilingan. U ESL kompaniyasining Stendford universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va u namoyish prototipi darajasigacha yetkazilgan.
RUBRIC. Bu ET foydalanuvchiga formatlanmagan matnlarni o`zida mujassamlashtirgan MBga kirish huquqini olishga yordam beradi.
Masalan, foydalanuvchi biror bir mavzuni aytadi, RUBRIC avtomatik tarzda bu mavzu bilan bog`liq matnlardan iborat barcha hujjatlarni izlaydi.
RUBRIC tizimida mavzular, qism mavzular va jumlalar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar qoidalar ko`rinishida ifodalangan kalit so`zlar bilan ifodalanadi.
Qoidalar, shuningdek, terminlar, ifodalar va mavzular hamda tushunchalarni ham aniqlaydi.
Tizim FRANZ LISPda realizatsiya qilingan, «Advanced Information & Decision Systems» «Advanced Information & Decision Systems» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va u tadqiqiy prototip darajasigacha yetkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |