MODULNI CHAQIRIB OLISH
Modul ichidagi istalgan funksiyaga murojat qilish uchun import modul_nomi komandasidan foydalanamiz. Bunda modul ichidagi istalgan funksiyaga modul_nomi.funksiya_nomi() ko'rinishida murojat qilishimiz mumkin. Ya'ni avval modul nomi undan keyin esa nuqta qo'yilib, modul ichidagi funksiya nomi yoziladi.
Keling, yuqoridagi modulimizdagi avto_info() va info_print() funksiyalariga murojat qilamiz:
1
import avto_info_mod # avto_info_mod faylini (modulini) chaqiramiz
2
3
avto1 = avto_info_mod.avto_info("GM", "Malibu", "Qora", "avtomat", 2020,40000)
4
avto_info_mod.info_print(avto1)
Copied!
Natija: Qora GM MALIBU, avtomat korobka, 2020-yil, 40000$
Ko'rib turganingizdek, dasturimiz qisqa, tushunarli va muhimi toza bo'ldi. 3 qator kod ortida 20 qatordan ortiq kodni yashirdik.
import modul_nomi komandasi bir martta, dastur boshida yoziladi.
MODULGA QISQA NOM BERISH
Yuqoridagi usul bilan modulni chaqirib olishda fayl nomi uzun bo'lsa bu o'ziga yarasha noqulayliklar tug'dirishi mumkin. Buning oldini olish uchun esa, modulni chaqirganda unga as operatori yordamida qisqa nom berishimiz, va modulga qisqa nom orqali murojat qilish mumkin. Quyidagi misolda avto_info_mod ni qisqa qilib aim deb nomlab oldik, va 3-4-qatorlarda modulga murojat qilishda qisqa nomidan foydalandik.
1
import avto_info_mod as aim # avto_info_mod ni qisqa nom aim bilan chaqiramiz
2
3
avto1 = aim.avto_info("GM", "Malibu", "Qora", "avtomat", 2020,40000)
4
aim.info_print(avto1)
Copied!
Modulga qisqa nom berganingizda bunday nomli boshqa o'zgaruvchi yoki funksiya yo'qligiga amin boling. Shunigdek, dastur davomida bu nomni boshqa o'zgaruvchilarga yoki funksiylarga berib yubormang.
MODUL ICIHDAN MA'LUM FUNKSIYALARNI KO'CHIRIB OLISH
Agar katta modullardan faqatgina ba'zi funksiyalarga murojat qilish talab qilinisa, kerakli funksiyalarni from modul_nomi import funksiya1, funksiya2 komandasi yordamida o'zimizning dasturimizga ko'chirib olishimiz mumkin. Bu usulning qulayligi, endi funksiyalarga to'g'ridan-to'g'ri murojat qilish mumkin (modul ismini yozmagan holda).
Misol uchun avvalgi kodimizda biz faqatgina avto_info va info_print funksiyalaridan foydalandik. Shu funksiyalarni asosiy kodimizga ko'chirib olaylik:
1
from avto_info_mod import avto_info, info_print
2
3
avto1 = avto_info("GM", "Malibu", "Qora", "avtomat", 2020,40000)
4
info_print(avto1)
Copied!
Do'stlaringiz bilan baham: |