LUG'AT ELEMENTLARINI TARTIB BILAN CHIQARISH
Pythonda lug'at elementlari siz (foydalanuvchi) kiritgan tartibda saqlanadi. Agar lug'at elementlarini alifbo bo'yicha chiqarish talab qilinsa, sorted() funktsiyasidan foydalanamiz.
1
print("Do'konimizdagi mahsulotlar:")
2
for mahsulot in sorted(mahsulotlar):
3
print(mahsulot.title())
Copied!
Natija
.values() METODI
Agar lug'atdagi qiymatlarni chiqarish talab qilinsa .values() metodidan foydalanishimiz mumkin.
1
print(telefonlar.values())
Copied!
Natija: dict_values(['iphone x', 'galaxy s9', 'mi 10 pro', 'nokia 3310']
1
print('Foydalanuvchilar quyidagi telefonlarni ishlatishadi:')
2
for tel in telefonlar.values():
3
print(tel)
Copied!
Natija
Yuqoridagi usul bilan qiymatlarni chiqrganimizda, lug'atdagi barcha qiymatlar chiqib keladi. Agar, biror qiymat ko'p marta qaytarilsa, konsolga ham ko'p marta chiqib keladi.
Quyidagi misloni ko'raylik:
1
telefonlar = {
2
'ali':'iphone x',
3
'vali':'galaxy s9',
4
'olim':'mi 10 pro',
5
'orif':'nokia 3310',
6
'hamida':'galaxy s9',
7
'maryam':'huawei p30',
8
'tohir':'iphone x',
9
'umar':'iphone x'
10
}
11
12
print('Foydalanuvchilar quyidagi telefonlarni ishlatishadi:')
13
for tel in telefonlar.values():
14
print(tel)
Copied!
Natija
Yuoqirdagi natijaga e'tibor bersanigz, bir nechta foydalanuvchilar iphone x va galaxy s9 telefonidan foydalanishar ekan, va bu modellar qayta-qayta konsolga chiqdi.
Buning oldini olish uchun set() funktsiyasidan foydalanishimiz mumkin.
1
print('Foydalanuvchilar quyidagi telefonlarni ishlatishadi:')
2
for tel in set(telefonlar.values()):
3
print(tel)
Copied!
Natija
Pythonda set yana bir ma'lumot turi bo'lib, ro'yxat va lug'at kabi bir nechta elementlarni saqlashga mo'ljallangan. Lug'at va ro'yxatdan farqli ravishda, set ichidagi elementlar biror tartibda saqlanmaydi, va ularga indeks orqali murojat qilib bo'lmaydi. Shuningdek, set ichida bir hil elementlar bo'lmaydi.
AMALIYOT
Python izohli lug'atini yarating va lug'atga kamida 10 ta so'z qo'shing. Lug'atdagi har bir kalit va qiymatni for tsikli yordamida, alifbo ketma-ketligida chiroyli qilib konsolga chiqaring.
Kutilgan natijaga misol
Davlatlar va ularning poytaxtlari lug'atini tuzing. Avval lug'atdagi davlatlarni, keyin poytaxtlarni alohida-alohida, alifbo ketma-ketligida konsolga chiqaring.
Kutilgan natijaga misol
Foydalanuvchidan istalgan davlatni kiritishni so'rang va shu davlatning poytaxtini konsolga chiqaring. Agar foydalanuvchi lug'atda yo'q davlatni kiritsa, "Bizda bunday ma'lumot yo'q" degan xabarni chiqaring.
Kutilgan natijaga misol
Restoran menusi lug'atini tuzing (kamida 10 ta taom-narh juftligini kiriting). Foydalanuvchidan 3 ta ovqat buyurtma berishni so'rang. Foydalanuvchi kiritgan taomlarni menu bilan solishtiring, agar taom menuda bo'lsa narhini ko'rsating, aks holda "bizda bunday taom yo'q" degan xabarni chiqaring.
Kutilgan natijaga misol
Do'stlaringiz bilan baham: |