FUNKSIYADAN RO'YXAT QAYTARAMIZ
Biz avvalroq range() funksiyasi bilan tanishgan edik. Bu funksiya 2 ta son qabul qilib, shu ikki son orali'g'idagi sonlarni qaytaradi. Keling biz oraliq() degan yangi funksiya yaratamiz. range() dan farqli ravishda, funksiyamiz 2 son oralig'idagi sonlarni ro'yxat ko'rinishida qaytarsin.
1
def oraliq(min,max):
2
sonlar = [] # bo'sh ro'yxat
3
while min4
sonlar.append(min)
5
min += 1
6
return sonlar
Copied!
Funksiyani tekshiramiz:
1
print(oraliq(0,10))
2
print(oraliq(10,21))
Copied!
Natija
Yuqoridagi funksiyaga uchinchi, qadam deb nomlangan ixtiyoriy parameterni qo'sha olasizmi?
1
print(oraliq(0,21,2)) # 0 dan 21 gacha 2 qadam bilan
Copied!
Natija: [0, 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14, 16, 18, 20]
FUNKSIYALARNI TSIKLDA ISHLATISH
Funksiyalarni takrorlash uchun tsikldan foydalanishimiz mumkin. Quyidagi misolda biz while yordamida avvalroq yaratgan avto_info funksiyamizni bir necha bor chaqiramiz va salondagi avtolar ro'yxatini shakllantiramiz. Bunda, ro'yxatning har bir elementi avto_info funksiyasidan qaytgan lug'at bo'ladi.
1
print("Saytimizdagi avtolar ro'yxatini shakllantiramiz.")
2
avtolar=[] # salondagi avtolar uchun bo'sh ro'yxat
3
while True:
4
print("\nQuyidagi ma'lumotlarni kiriting",end='')
5
kompaniya=input("Ishlab chiqaruvchi: ")
6
model=input("Modeli: ")
7
rangi=input("Rangi: ")
8
korobka=input("Korobka: ")
9
yili=input("Ishlab chiqarilgan yili: ")
10
narhi=input("Narhi: ")
11
12
#Foydalanuvchi kiritdan ma'lumotlardan avto_info yordamida
13
#lug'at shakllantirib, har bir lug'atni ro'yxatga qo'shamiz:
14
avtolar.append(avto_info(kompaniya, model, rangi, korobka, yili, narhi))
15
16
# Yana avto qo'shish-qo'shmaslikni so'raymiz
17
javob = input("Yana avto qo'shasizmi? (yes/no): ")
18
if javob=='no':
19
break
Copied!
Yuqoridagi funksiyani Pythonda bajarib kor'ing. Ro'yxatga bir necha qiymatlar qo'shing. Natijalarni konsolga chiroyli qilib chiqaring:
Kutilgan natija
AMALIYOT
1.
Foydanaluvchidan ismi, familiyasi, tug'ilgan yili, tug'ilgan joyi, email manzili va telefon raqamini qabul qilib, lug'at ko'rinishida qaytaruvchi funksiya yozing. Lug'atda foydalanuvchu yoshi ham bo'lsin. Ba'zi argumentlarni kiritishni ixtiyoriy qiling (masalan, tel.raqam, el.manzil)
2.
Yuqoridagi funksiyani while yordamida bir necha bor chaqiring, va mijozlar degan ro'yxatni shakllantiring. Ro'yxatdagi mijozlar haqidagi ma'lumotni konsolga chiqaring.
3.
Uchta son qabul qilib, ulardan eng kattasini qaytaruvchi funksiya yozing
4.
Foydalanuvchidan aylaning radiusini qabul qilib olib, uning radiusini, diametrini, perimetri va yuzini lug'at ko'rinishida qaytaruvchi funksiya yozing
5.
Berilgan oraliqdagi tub sonlar ro'yxatini qaytaruvchi funksiya yozing (tub sonlar —faqat birga va o'ziga qoldiqsiz bo'linuvchi, 1 dan katta musbat sonlar)
6.
Foydalanuvchidan son qabul qilib, shu son miqdoricha Fibonachchi ketma-ketligidagi sonlar ro'yxatni qaytaruvchi funksiya yozing. Ta’rif: Har bir hadi o’zidan oldingi ikkita hadning yig’indisiga teng bo’lgan ketma-ketlik Fibonachchi ketma-ketligi deyiladi. Bunda boshlang’ish had ko’pincha 1 deb olinadi. 1, 1, 2, 3, 5, 8, 13, 21, 34, 55,...
Do'stlaringiz bilan baham: |