14 II bob. Yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi muvozanat va uning o'zgarishi tahlili


-chizma Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati



Download 226,96 Kb.
bet14/19
Sana13.07.2022
Hajmi226,96 Kb.
#791631
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
YALPI TALAB VA YALPI TAKLIF MODELINING

9-chizma
Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati


0 Y1 Ye Y2 Y
Yalpi taklif o’zgarishining narxlarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajasiga ta’sirini 6-chizma misolida ko’rib chiqamiz. Narxdan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1 dan AS2 ga siljishi natijasida ishlab chiqarish xajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, narxlar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni stagflyatsiya ro’y beradi.
10-chizma
Yalpi taklif o’zgarishining ta’siri

Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, yerning narxi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va bular natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda jami taklif egri chizig’i AS1 dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.


2.2.O’zbekistonda yalpi talab va yalpi taklif muvozanati tahlili
Taklif va talabni iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish, juda ko‘p va keng muammolarni hal qilishda universal vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bunday muammolarga quyidagilar kirishi mumkin: jahondagi iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishining mahsulot ishlab chiqarishga va uning samaradorligiga ta'siri; narxlarni nazorat qilish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘riladigan chora-tadbirlarni baholash; iqtisodiy rag‘batlantirish va minimal ish haqini belgilash; soliqlarning, subsidiyalarning, importga qo‘yiladigan poshlinaning, ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar faoliyatining chegaralashlarning umumiy iqtisodiyotga ta'siri va hokazo.
Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o‘rganish, ularning grafiklarini tahlil qilishdan boshlandi. Ma'lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o‘rnatiladi hamda muvozanatni ta'minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o‘rnatiladi. Lekin, qanday qilib, narx va mahsulot hajmi talab va taklifning ba'zi bir xarakteristikalari bilan bog‘langan?
Qanday qilib ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradi va qanday qilib ularga umumiy iqtisodiy faollik, ish haqi xarajatlari ta'sir qiladi? Nima uchun talab va taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va boshqa) bo‘yicha farq qiladi?
Nima uchun ba'zi bir bozorlarda tovarlar tanqis va hokazo savollarga javob berish uchun talab va taklifning diagrammasini qarashdan boshlaymiz.
Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da'vat etadi, bozorga yangi firmalarni o‘z mahsuloti bilan kirib kelishini ta'minlaydi, ular ishlab chiqargan yuqori xarajatli rentabel bo‘lmagan mahsulotlari yuqori narxda rentabel bo‘ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig‘ida intensiv bo‘lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi.
Talab chizig‘i (Demand) iste'molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig‘ining pastga ketishi, iste'molchilarning narx qancha past bo‘lsa, ular shuncha ko‘p mahsulot sotib olishini anglatadi. Past narxlar, xaridorlarga yanada ko‘proq miqdorda tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste'molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga imkon yaratadi.
Xom ashyo narxi pasayishining taklif egri chizig‘iga boshqacha ta'sirini, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o‘zgarmaganda kuzatish mumkin. Haqiqatdan ham, o‘zgarmaganda, uni ishlab ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat kamayadi (xom ashyo narxi pasaygani uchun), demak, tovar narxi ham kamayadi, ya'ni uning narxi dan ga o‘zgaradi. Bu o‘zgarish ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga bog‘liq emas. Natijada, taklif egri chizig‘i o‘ngga siljiydi. Umuman olganda, xom ashyo narxi o‘zgarishining taklif chizig‘iga ta'sirini o‘rganishda, yuqorida keltirilgan ikki hol ham xususiy hollardan bo‘lib, eng chetki holatlarni anglatadi. Haqiqatda esa, xom ashyo xarajatlari kamayganda narx ham, tovar miqdori ham o‘zgarishi mumkin. Bu o‘zgarishlar yangi taklif egri chizig‘ining talab chizig‘i bilan muvozanatga kelishi bilan bog‘liqdir.
Chizmadan ko’rinadiki, yalpi talab AD1 dan AD2ga oshganda, muvozanat holati a dan s ga ko’chadi, ishlab chiqarish hajmi Q1dan Q2ga ko’payib, narx ham P1dan P2 darajaga qadar o’sadi. Biroq, yalpi talab o’zining dastlabki holatiga qaytsa, endi narx pasaymaydi, balki muvozanat yangi ye holatiga ko’chib, ishlab chiqarish hajmi o’zining dastlabki Q1 darajasidan ham pasayib, Q3 darajasiga qadar tushib kеtadi.
Shu o’rinda nima uchun narx pasayish tamoyiliga ega emas, dеgan savolga aniq javob bеrish qiyin bo’lsada, uning ayrim sabablarini ko’rsatish mumkin.
Birinchidan, korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) ish haqi tashkil qilib, u qisqa davr ichida pasayish tamoyiliga ega bo’lmaydi. Chunki ishchilarning asosiy qismi shartnoma (kasaba uyushmalar orqali) bo’yicha ishlab, shartnoma muddati tugagunga qadar ish haqini pasaytirish taqiqlanadi.
Shuningdеk, tadbirkorlarning o’zlari ham ish haqi darajasini pasaytirishni xohlamasliklari mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan, ancha past ish haqi ishchilarning mеhnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Shu bilan birga, ish haqining past darajasi mahsulot birligiga mеhnat sarflarini kamaytirsa, mеhnat unumdorligining past darajasi esa mеhnat sarflarini oshiradi. Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror qilsalar, malakali ishchi kuchidan ajrab qolishlari mumkin.
Ikkinchidan, juda ko’pchilik korxonalar yetarli darajada monopol mavqеga ega bo’ladi va bu ularga talab kamayganda ham narxning pasayishiga qarshi turish imkonini bеradi. Ishlab chiqarilgan va sotib olingan mahsulot rеal hajmi tеng bo’lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi.
O’zbеkistondagi yalpi talab va yalpi taklifning o’lchamlarini quyidagi jadval ma’lumotlari orqali ifodalash mumkin (1-jadval).

Download 226,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish