NamMQI Energetika va sanoatni
axborotlashtirish fakulteti Informatika va
axborot texnologiyalar kafedrasi 14-IAT-18
guruh talabasi Abdugapparov Vohidjonning
“Metrologiya va standartlashtirish” fanidan
MUSTAQIL ISH-2
Tayyorladi: _______ Abdugapparov Vohidjon
Qa’bul qildi: _______ Xoshimov S.
Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Standartlashtrish tizimi
Reja:
1.Kirish
1.1 O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish tizimi.
2. Asosiy qism
2.1 Standartlashtirishni tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni amalga
oshiruvchi tashkilotlar.
2.2 “O’zstandart” agentligi.
2.3 O’zbekiston Respublikasining standartlashtirishga doir normative hujjatlar
2.4 Xalqaro, davlatlararo va xorijiy davlatlarning milliy standartlashtirish tizimi
3. Amaliy qism
3.1 O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini olib boruvchi texnikaviy
qo’mitalar.
3.2 Xulosa
3.3 Foydalanilgan manbalar
O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish
to‘g‘risida»gi Qonuniga asossan O’zbekiston
Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning
umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib
turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish,
muvofiqlashtirish va ta’minlashni:
Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish agentligi («O’zstandart» agentligi);
Qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda -
O’zbekistonnRespublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
Tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va
boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
Tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy
buyumlar, tibbiy texnika sohasida, shuningdek O’zbekiston Respublikasida ishlab
chiqarilayotgan, shu jumladan import bo‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda
inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida - O’zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
Mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga
molik mahsulotlar sohasida - O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
amalga oshiradi.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari
doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi.
«O’zstandart» agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish
ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning
davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib
boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.
Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot
jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor
iste’molchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar,
O’zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy
standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish
sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy
axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari
va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar. Standartlarni
nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga
oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir
quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llaniladi:
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
Tashkilotning standartlari;
Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari
.
Davlat yagona uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga,
shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-
iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur
hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash tartibi «O’zstandart»
agentligi tomonidan belgilanadi.
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar
va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari,
shuningdek xalqaro qoidalar va normalar
O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan
shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi.
Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni
respublika hududida qo‘llash tartibini
«O’zstandart» agentligi va davlat
boshqaruvining boshqa organlari o‘z vakolatlari
doirasida belgilaydilar.
Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar
hamda ularga kiritilgan o‘zgartishlar «O’zstandart» agentligi
organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
«O’zstandart» agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan
standartlashtirishga doir normativ hujjatlar texnik jihatdan tartibga
solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi.
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga
yo‘l qo‘yilmaydi. Mahsulot, atrofmuhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va
mol-mulki xavfsizligini, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning
birbiriga mos kelishi va o‘zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat
qilish usullari birligi va tamg‘alash birligini ta’minlash uchun
standartlarda belgilanadigan talablar davlat boshqaruvi organlari,
xo‘jalik faoliyati sub’ektlari rioya etishi uchun majburiydir. Import
mahsulot, basharti u O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan
texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablar
qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, yetkazib berilishi va
belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.
Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari tomonidan standartlarning
majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa
qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini
«O’zstandart» agentligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat
arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O’zbekiston Respublikasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi, O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligi va ularning hududiy organlari, O’zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa maxsus
vakolatli davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari
doirasida amalga oshiradi. Mahsulot va texnologiyalarning
ma’lum bir turlari yoki faoliyati turlarini standartlashtirish
bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish,
shuningdek kursatilgan obektlar yuzasidan xalqaro
(mintaqaviy) standartlashtirish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha
O’zbekiston Respublikasida 31 ta Texnikaviy qo‘mitasi (TQ)
mavjud.
1.
O’zneftegazmahsulot «O’zbekneftegaz» MXK, «O’zlitineftgaz» OAJ
2.
Paxta «O’zpaxtasanoat» assotsiatsiyasi
3.
Don maxsulotlar, AK «Uzdonmaxsulot»
4.
Oziq-ovqat sanoatisohasida Oziq-ovqat sanoati korxonalari assotsiatsiyasi
5.
Alkogol mahsulotlari «O’zvinsanoat-xolding» XK
6.
Qishloq ho’jaligi ekinlari urug’chiligi va urug’ etishtirish Qishloq va suv
ho’jaligi vazirligi qoshidagi qishloq ho’jaligi ekinlari urug’chiligi va urug’
etishtirish Respublika birlamchi stantsiyasi
7.
Aloqa va informatika Aloqa, axborot va telekommunikatsion texnologiyalar
Davlat qo’mitasi
8.
Avtomobilesozlik «O’zavtosanoat» AK
9.
Davarxitektqurilish Arxitektura va qurilish bo’yicha Davlat qo’mitasi
10.
Kimyo sanoati «O’zkimyosanoat» DAK
11.
Engil sanoat mahsulotlari «O’zbekengilsanoat» AK
12.
Ipak sanoatii mahsulotlari
13.
O’zbekcharmpoyabzali «O’zbekcharmpoyabzali» assotsiatsiyasi
14.
Mudofaa sohasida Respublika xavfsizligi O’zbekiston Respublikasi
mudofaa vazirligi
15.
Avtomobil va daryotransportini standartlashtirish O’zbekiston avtomobil
va daryo transporti agentligi
16.
Uzluksiz ta’lim standartlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligi
17.
Turizm sohasida “O’zbekturizm” MK
18.
Elektr energiyasi sohasida «O’zbekenergo» DAK
19.
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi
Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi
20.
Sanoat xavfsizligi sohasida «Sanoatgekontexnazorat» Davlat inspektsiyasi
21.
Geologiya qidiruvi sohasida O’zbekiston Respublikasi geologiya davlat
qo’mitasi
22.
Dori vositalari va tibbiy texnika O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash
vazirligi
23.
Fizkultura va sport O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport vazirligi
24. Elektrtexnika va elektr ho’jalik mahsulotlari «O’zeltexsanoat»
assotsiatsiyasi
25. Yo’l harakati xavfsizligi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
26. Yong’in xavfsizligi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
27. Mehnat muhofazasi sohasida O’zbekiston Respublikasi mehnat
vazirligi
28. Avtomobil yo’llari sohasida «O’zavtoyo’l» DAK
29. Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya sohasida «O’zkommunxizmat»
agentligi
30. Menedjment tizimi sohasida «O’zstandart» agentligi
31. Qishloq ho’jaligi texnikasi va texnologiyasini sinovdan o’tkazish
sohasida Qishloq ho’jaligi texnikasi va texnologiyasini sinovdan
o’tkazish va sertifikatlashtirish bo’yicha O’zbek Davlat markazi
XULOSA
Men ushbu mustaqil ishni tayyorlash mobaynida
O’zbekiston Respublikasidagi Standartlashtirish agentliklari
va boshqa standartlashtirishni tartibga solib turuvchi
qo’mitalar va xalqarostandartlarga ya’ni xalqaro
standartlashtirish agentliklari qoidalariga bo’ysinuvchi
standartlashtirish agentliklari bilan tanishib chiqdim.
Shuning bilan birga O’zbekiston Respublikasidagi
standartlashtirishga doir normative hujjatlar bilan tanishib
chiqdim. Ular haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Yetti o’lchab bir kes
(O’zbek xalq maqoli)
Foydalanilgan manbalar
1.
O’zstandart agentligi internet sayti:
www.standart.uz
2.
-------------------------------------------------------------------------------------------------------------
3.
_
4.
_________________________________________________________________________
5.
_________________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |