Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari.
Amir Temur Kuragon ibn Amir Tarag`ay (1336-1405). Temur shaxsi masalasi uzoq yillar davomida man qilinganligi natijasida nafaqat Temur tarixi, balki Markaziy Osiyoning XIV-XV asrlardagi tarixi, madaniyati deyarli o`rganilmay qolgan edi. Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozadi:
"Amir Temur nomi tariximiz sahifalarida qora buyoq bilan o`chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalkimizning(ongidan) yuragidan milliy ong, milliy g`urur tuyg`usini yo`qotish, uni qaramlikka, tobelikka kundirish edi. Lekin o`zbek xalki o`z ajdodlarini, uz bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to`rida saqladi". Mustaqilligimizdan so`ng esa o`z milliy qadriyatlarmizni, tariximizni haqqoniy o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldik.
Yurtboshimiz Amir Temur hayoti, faoliyati, koldirgan buyuk merosiga katta e’tibor berdi. "Istiqlol va ma’naviyat" asarida Temurning yoshlikdan mard, dovyurak,mag`rur, o`tkir zehn va aql egasi bo`lganligi, Qur’onga amal qilib yashaganligini ta’kidlab o`tadi.
Prezidentimiz "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" asarida ham Amir Temur qoldirgan katta meros haqida yozadi:
"Amir Temur kim edi? U birinchi navbatda ulug` bunyodkor shaxs edi. Samarqanddagi obidalar, Shaxrisabzdagi yodgorliklarni kim qurdi? Turkistondagi Yassaviy maqbarasini kim tikladi? Kim "Kuch - adolatdadir" degan olamshumul, teran hikmatni o`z faoliyatiga asosiy tamoyil qilib oldi?". Yurtboshimiz Temur va Temuriylarning biz uchun qoldirgan meroslarini yuksak qadrladi va baholadi.
Temurning qanchalik buyuk zot bo`lganligini uning nomiga qo`shilgan unvonlardan ham kurish mumkin. Uning ismiga "Kuragon" (xon kuyovi yoki kurkam, toza urug`dan), "Sohibqiron" (yulduz burjlarining baxtli kelishi
(qiron)da tug`ilgan farzand) Iskandar, Muhammad payg`ambar, Temur), "Qutbiddin" (zamona peshvosi), "Abulmansur" (zafarmand, g`alaba qozonuvchi) kabi unvonlar qo`shilib ulug`langan.
Temur din arboblari, olimlarni, ilmni va ilm ahlini hurmatlovchi shaxs bo`lgan. Temur tuzuklarida shunday yoziladi:
"Harbir shaharda masjidlar, madrasalar, honaqalar qurishni buyurdim. Musulmonlarga diniy masalalarda ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tavsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim".
Amir Temur odob, axloq,iymon - e’tiqod, tarbiya sohasida o`zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan insonlardan bo`lgan. Bunga ishonch hosil qilish uchun sohibqiron haqidagi asarlar, uning o`zi yartagan tuzuklar va ugitlarni kurish kifoya.
Tarix fanlar doktori, professor Ashraf Axmad Temurning o’zi amal qilgan quyidagi sifatlarni yuksak baholaydi.
1 .Jiddiy va odil bo’lish, boyni kambag’aldan ustun qo’ymaslik.
2 Islomga qata’iy rioya qilish.
3.Xayri -ehson qilish.
4.Birovga noxaq ozor yetkazmaslik, rahm shafqatli bo’lish.
5.Islomga ta’lukli bo’lgan ishlarni har doim kundalik va dunyo ishlardan ustun qo’yish.
6.Barcha so’zlarida doim haqiqatgo’ylikka amal qilgan .
7.Vadasiga vafo qilish.
8. Birovlar mulkiga ega bo’lishga intilmaslik.
9.Nopok ishlardan o’zini tiyish.
10.Insofli bo’lish va iymonlikka chorlash.
11 .Ilmli kishilarni e’zozlash.
Turkiston zaminini hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg’or mamlakattaga aylantirildi. Amir Temurning sa’y harakati tufayli obod etilgan shaharlar, qishloqlarni SHaxrisabz, Buxoro, YAssi (Turkiston)shaharlarida qad ko’targan imoratlar «Temur va Temuriylar davlati «Temuriy madaniyati», «Ulug’bek va Samarqand», «Observatoriya maktabi» kabi ulug tushunchalarni dunyoga kelishi va dunyo halqlari tarixiga oltin harflar bilan yozilishi ham Amir Temur nomi bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |