Applikatsiya uchun materiallarni tayyorlash
Applikatsiyani yupqa chit, satin, shoyi va boshqa gazlamalardan tikishdan oldin gazlamalarni kraxmallab, yaxshilab dazmollanadi. Gazlamani kraxmallash quyidagicha bajariladi: bir osh qoshiqdagi kraxmalni uncha ko‘p bo‘lmagan sovuq suvda eritiladi. Hosil qilingan massaga 1 litr qaynagan suv asta-sekin qo‘shiladi, bunda massa bir tekis bo‘tqa (yelim) shakliga kelishi kerak. Olingan yelim tiniq, shaffof va yopishqoq bo‘lishi kerak. Agarda yelim loyqa va yopishqoq bo‘lsa, bo‘tqa (yelim)ni 3 daqiqa davomida past olovda qaynatish zarur.
Shundan so‘ng yelimni oz miqdordagi sovuq suvga qo‘shib aralashtiriladi va unga kraxmallanadigan hamda oldindan yuvib olingan nam gazlama bo‘lagi solinadi. Gazlamani siqiladi va quritiladi. Qurigan gazlamani bir oz namlab dazmollash kerak. Kraxmallangan gazlamalar baland bo‘lmagan haroratda dazmol- langani ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |