14-amaliy mashg‘ulоt Mavzu: Kasbiy muloqot jarayoni. Reja : Kasbiy muloqot jarayoni



Download 39,55 Kb.
bet2/2
Sana16.05.2023
Hajmi39,55 Kb.
#939428
1   2
Bog'liq
14-amaliy mashg�ul�t Mavzu Kasbiy muloqot jarayoni. Reja Kasb

diksiya masalasi ham alohida o‘rin tutadi. Masalan, ba'zan "z" tovushini jarangsiz "s" tovushiga moyil tarzda talaffuz qilish uchraydi: siz — sis, eshitdingiz — eshit-dingiz kabi. Bu singari nuqsonlar nutq tovushlarining hosil bo‘lish o‘rinlarini yaxshi bilmaslik va artikulyatsion apparat (tovush hosil qilishda ishtirok etadigai nutq a'zolari)ning yyetarli darajada faol emasligi natijasida paydo bo‘ladi. Noto‘g‘ri yoki noaniq talaffuz qilinadigan tovushning hosil bo‘lishida ishtirok etadigan nutq a'zolarining faolligini oshirish yo‘li bilan kishi nutqidagi ana shunday diktsion xatolarni tuzatish mumkin. Buning uchun xilma-xil mashqlar yaxshi yordam beradi. Masalan, turli tez aytishlar, maqol va matallar, turli mazmundagi matnlarni muntazam ovoz chiqarib takrorlash ana shunday mashqlarning bir ko‘rinishidir. Umuman, muloqot texnikasini takomillashtirish borasida doimiy qayg‘urish, fonetika, fonologiyaga oid bilimlardan umumiy tarzda bo‘lsa-da, xabardor bo‘lish, kerak bo‘lganda, o‘z nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradigan mashqlardan muttasil foydalanib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki muloqot texnikasisiz so‘zlovchining og‘zaki nutq madaniyatini aslo shakllangan deb bo‘lmaydi.
Mustaqil yurtimizda ma'naviy islohotlar jadal sur'atlar bilan olib borilayotgan bir paytda muloqot texnikasiga bo‘lgan e'tibor ham ortmoqda. Har bir shaxs, har bir fuqaro, qolaversa, har bir pedagog his- tuyg‘ularini ifodalashda, boshqalar bilan muloqotda, fikr almashuvda, o‘z faoliyatini olib borishda nutqning ahamiyati katta ekanligini bilmog‘i zarur. Nutqni aniq, to‘g‘ri, chiroyli, ixcham va sof tuzish uchun esa tilni, uning imkoniyatlarini yaxshi bilish talab etiladi.
Hamma ham birday chiroyli so‘zlash qobiliyatiga ega emas, hammada ham notiqlik san'ati, nutqiy salohiyat bir xilda shakllangan deb bo‘lmaydi.
Shunday ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga vatanparvarlik, insonparvaplik va yuksak ma'naviyatni muloqot texnikasi orqali singdirish lozim. Muloqot jarayonidagi asosiy vositalardan biri bu ovoz texnikasidir. Ovoz nafas olish bilan uzviy bog‘liq, nafas olmasdan tovush chiqarib bo‘lmaydi, so‘zlash uchun esa avval o‘pka havo bilan to‘ldiriladi. To‘g‘ri nafas olish tovush va nutqning jaranglab chiqishi uchun juda zarur. Ammo ko‘pchilik o‘z nafas olishini boshqara olmaydilar. Natijada havo yetmay urg‘u noto‘g‘ri ishlatilishi, mavzuning ma'nosi o‘zgarib ketishi mumkin. Normal ovozga ega bo‘lmagan, xirildoq, bo‘g‘iq ovozli suhbatdoshning muloqoti esa barchaning g‘ashiga tegadi. Ovozdagi bunday nuqsonlarni ko‘proq mashq qilish orqali yo‘qotish mumkin. Muloqot texnikasida suhbatdoshlar o‘z ovozlarini ehtiyot qilishlari uchun ayrim tartiblarga rioya etishlari zarur. Ovoz kuchli, past-baland, ingichka-yo‘g‘on, uzun- qisqa, yoqimli-yoqimsiz kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ovozning ana shu xususiyatlari ma'ruza o‘qishga ta'sir qiladi.
Muomala madaniyati, o‘zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo‘ladi. Muomalaning asosiy vositasi esa tildir. Darhaqiqat, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama kamolga yetgan, barkamol inson qilib tarbiyalashda ularning ma'naviyat qirralarini - iymon, e'tiqod, mehr, vatanparvarlik, do‘stlik, insonga cheksiz muhabbat, muruvvatlilik, qanoatlilik, sabr-toqatlilik, saxiylik, milliy g‘urur kabi fazilatlarni shakllantirish juda muhimdir. Bu mislsiz tengi yo‘q ishda o‘qituvchilarning, tarbiyachilarning, ta'lim sohasida mas'ul xodimlarning xizmati benihoya kattadir.
Zamonaviy mutaxassisga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi. Unga, shuningdek, maxsus bilimlar va malakalar asosida bolalarni kuzatish, ularning o‘sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ta'lim tarbiya jarayonini rivojlantirish yo‘llari va usullarini aniqlash, turli vositalar bilan tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish, tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish maqsadga muvofiqdir. Albatta bunda mutaxassis talabchan, mehribon, sabrli, bosiq va o‘z kasbiga nisbatan e'tiqodli bo‘lishi lozim.
Download 39,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish