20-mavzu: Qonning qon tomirlari bo'ylab oqishi.
1.Turli xil holatlar va ularga mos keladigan qon bosimini ko'rsating: a-yurak muskullari bo'shashganda, b-kapillarda, d-yurak muskullari qisqarganida; 1-15 mm, 2-110-120 cm, 3-70-80 mm.
A)a-3,b-2,d-1 B)a-3,b-1,d-2
C) a-1,b-3,d-2 D)a-2, b-3,d-1
2.Qon aylanish sistemasining turli qismlari va ularga mos keladigan qonning oqish tezligini juftlab ko'rsating: a-kapillarlarda, b-aortada, d-venalarda; 1-0,1 cm/sek. 2-0,3-0,5 cm/sek, 3-40 cm/sek.
A)a-3,b-2,d-1 B)a-3,b-1,d-2
C) a-1,b-3,d-2 D)a-2, b-3,d-1
3.Qon bosimi qanday asboblar yordamida o'lchanadi?
A)sfigmomonometr B)tonometr
C)spirometr D) A va B javoblar to'g'ri
4. Arteriolalarda qonning o’rtacha chiziqli tezligi . . . teng.
A)0.1 sm/ sek B)10-0.1 sm/ sek
C)0.3-0.9 sm/ sek D) 0.3-0.5 sm/ sek
5. Tinch holda katta odam tanasi bo’ylab qon bir marta aylanib chiqishi uchun qancha vaqt ketadi
A) 25-45 sek B) 3-4 minut
C)25-30 sek D) 25-30 minut
6. Limfa aylanishining qon aylanishidan qanday farqi . . . hisoblanadi.
A) limfa tomirlari yurakning chap bo'lmachasidan boshlanadi va vena tomirlariga quyiladi
B) limfa tomirlari to'qima va organlardan boshlanadi
C) limfa suyuqligi aorta orqali yurakka quyiladi
D) farqi bo'lmaydi
7. Chap qovurg'alar ostida qaysi organ joylashgan?
A) jigar B) taloq C) me'da osti bezi D) o’t pufagi
8. Sfigmomanometr asbob hisoblanadi
A) tana haroratini o’lchovchi
B) qon oqish tezligini o’lchovchi
C) qon bosimoni o’lchovchi
D)o’pkaning tiriklik hajmini o’lchovchi
9. Taloqda hosil bo'luvchi va odam organizmining immunitet xususiyatini ta'minlashda ishtirok etuvchi moddani belgilang.
A) monotsitlar B) eozinofillar
C) limfotsitlar D) neytrofillar
10. Bir kecha-kunduzda necha millilitr limfa suyuqligi limfa tomirlaridan o'tadi va qayerga quyiladi?
A) 1200-1500; vena qon tomirlariga
B) 1000-2000; aorta qon tomirlariga
C) 700-1200; arteriya qon tomirlariga
D) 500-700; to'qima va organlarga
11. Arteriyalarda qon oqishining o’rtacha chiziqli tezligi . . .
A)0.1 sm/ sek B)10-0.1 sm/ sek
C)40-10 sm/ sek D) 0.3-0.5 sm/ sek
12. Odam tanasidagi ba’zi limfa tugunlarining joylashishiga . . . . misol bo’ladi
1-qo’ltiqdagi limfa tugunlari 2-son-qovuq sohasidagi limfa tugunlari 3- bo’yinning orqa sohasidagi limfa tugunlari 4-tirsak bo’g’imi atrofidagi limfa tugunlari 5- bo’yinning old sohasidagi limfa tugunlari
A)1,2,4,3 B)2,3,4,5 C)1,2,3,4,5 D) 4,1,5,2
13.Limfa sistemasi nimadan boshlanadi?
A)to'qimalar suyuqligida joylashgan ikki uchi berk limfa kapillarlaridan
B) to'qimalar suyuqligida joylashgan bir uchi berk limfa kapillarlaridan
C) to'qimalar suyuqligida joylashgan ikki uchi ochiq limfa kapillarlaridan
D) hujayralar suyuqligida joylashgan bir uchi berk limfa kapillarlaridan
14.Mikroorganizmlarni tutib qoluvchi filtrni belgilang?
A)limfa suyuqligi B)limfa tomirlari
C)limfa tugunlari D)limfa sistemasi
15.Pulsni sanash orqali nimani bilib olishimiz mumkin?
A)yurak qorinchasining bir minut ichida qisqarishlari sonini
B)yurak bo'lmachasining bir minut ichida qisqarishlar sonini
C)yurak qorinchasining bir sekund ichida qisqarishlar sonini
D)yurak bo'lmachasining bir soat ichida qisqarishlar sonini
Do'stlaringiz bilan baham: |