14.7. Import tariflari. Importga tariflar kiritilishining iqtisodiy oqibatlari.
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko`p qo`llaniladigan usul bo`lib tarif, ya‘ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o`zaro farqlanadi. Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o`rnatiladi. Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 yevro.
Advalar bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma‘lum foiz tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%.
Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo`lib, buni biz quyidagi grafik vositasida ko`rib chiqamiz.
14.1-rasm. Import tariflari kiritilishi natijalari2
Aytaylik, import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi S1, ichki talab hajmi esa D1 teng bo`lgan. Talab va taklif o`rtasidagi farq (D1-S1) import hisobiga qoplangan. Mamlakat iqtisodiyoti yopiq bo`lganida baholar darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuqtada o`rnatilgan bo`lar edi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq bo`lgani va importga cheklovlar yo`qligi tufayli milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif joriy qilinishi natijasida ichki baholar Rw dan Rd ga qadar ko`tariladi. Natijada:
Import qilinadigan tovarning ichki bahosi = Jahon bozoridagi bahosi +(Jahon bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi).
Oqibatda ite‘molchilar ma‘lum bir yo`qotishlarga duch keladilar. Bu yo`qotishlar grafikda a,b,c,d sohalar bilan ko`rsatilgan.
Baholarning ko`tarilishi ilgari raqobatbardosh bo`lmagan ayrim ichki ishlab chiqaruvchilar uchun ham foyda ko`rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S1 dan S2 ga qadar oshiradi va S2-S1 hajmdagi mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi mahsulotni iste‘molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng yo`qotishga duch keladilar. Ammo, bu yo`qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning o`sgan foydasiga aylanadi.
Baholarning o`sishi oqibatida iste‘molchilar ko`rilayotgan tovar iste‘moli hajmini D1 dan D2 qadar qisqartiradi. Bu yo`qotish grafikda d soha bilan ko`rsatiladi va u hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.
S2- D2 oraliq tarif joriy qilingandan so`ngi import hajmi bo`lib, shu hajmda tovarni iste‘molchilar ilgarigidan yuqori bahoda sotib oladilar. Buning natijasida ular turmush darajasidagi yo`qotish ro`y beradi. Bu yo`qotish grafikda s soha bilan belgilangan bo`lib, u davlat budjetiga borib tushadi. Ya‘ni, bu sohadagi iste‘molchilarning yo`qotishi davlatning foyda ko`rishi bilan qoplanadi.
Tarif kiritilishi oqibatida iste‘molchilar talabi arzon import tovaridan qimmat ichki tovarga yo`naltiriladi. Iste‘molchilarning o`sgan to`lovlari yuqori chegaraviy xarajatga ega, raqobatbardosh bo`lmagan samarasiz ichki ishlab chiqarishni kengayishiga olib keladi. Iste‘molchilarning bu yo`qotish v sohasi bilan belgilangan bo`lib tarifning «ishlab chiqarish samarasi» deyiladi va hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.
14.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |