Internetga ulanish va undan foydalanish. Hozirgi kunda axborot tarmog’idan foydalanish an’ananaviy tus olgan. Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Bu «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da ham ta’kidlanadi. Darhaqiqat, kundalik turmushda bilish zarur bo’lgan axborotlarning ko’pligi, ularni topish, olish va foydalanishni rejalashtirishni talab qiladi. Ya’ni, qanday turdagi axborotlarni gazeta, jurnal, televidenie yoki radiodan
va qanday axborotlarni boshqa manbalardan, masalan, Internet yoki E-maildan o’zgartirilgan ma’lumotlar chiqariladi. Bunda ma’lumotlarni o’zgartirishning
qonuniyatlari doimiy bo’ladi.
Internet tizimidan foydalanish uchun eng avvalo, bu axborot tarmog’’iga ulanish lozim. Quyida bu tarmoqqa ulanish va undan foydalanish tartib- qoidalarini ko’rib chiqamiz.
Kompyuterlar bir-biri bilan qanday bog’lanadi, degan savol tug’ilishi mumkin. Internetga bog’lanishning bir nechta usuli mavjud. Bog’lanish turlari o’zaro imkoniyatlari va ma’lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi. Bog’lanish
imkoniyati va tezligi internetdan foydalanish narxini belgilaydi. Sifat va tezlik o’shishi bilan narx ko’tariladi.
Bog’lanish turlarini narxining pasayishi tartibida quyidagicha keltirish mumkin:
1. Tog’ridan-tog’ri bog’lanish.
2. SLIP va RRR yordamida bog’lanish.
3. «Chaqiruv» asosida bog’lanish.
4. UUCP yordamida bog’lanish.
Bu usullarning mazmuni bilan tanishib chiqamiz. Tog’ridan-tog’ri bog’lanish usuli tarmoqning barcha imkoniyatlaridan tulik foydalanishga imkon beradi. Bunda foydalanuvchi uchun alohida tarmoq, ajratiladi va buni provayder ta’minlaydi.
Bunday bog’lanishda kompyuteringiz server sifatida ishlaydi va bu bog’lanishning eng sifatli usuli xisoblanadi.
Siz server—kompyuter yordamida maxalliy tarmoqdagi kompyuterlarni internetga bog’lashingiz mumkin. Bunda ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 Mb/sekundga teng bo’ladi.
Tog’ridan-tog’ri bog’lanishni Radio Ethernet orqali ham amalga oshirish mumkin. Bunday bog’lanish radiokanal bog’lanishdir. Bu bog’lanish radioantennalar yordamida amalga oshiriladi va tarmoq simlarining zarurati bo’lmaydi. Shu bois, bu bog’lanish uzoq masofalarda ham aloqani ta’minlaydi (provaydergacha bo’lgan masofa 50 km gacha bo’lishi mumkin). Ma’lumotlarni uzatish tezligi Mbit/sekundga etadi. Sarkor — Telekom provayderi shu usuldan foydalanadi.
SLIP va RRR orqali bog’lanish oddiy telefon tarmoqlarida standart modem yordamida ishlovchi Internet dastur ta’minotidir. Bunda siz oddiy telefon tarmog’idagidek ishlaysiz. Ish seansini tugatgandan so’ng telefon tarmog’ini bushatasiz va unda boshqa foydalanuvchi ishlashi mumkin bo’ladi. Bunday bog’lanishning yutug’i shundaki, ular internetga tog’ridan-tog’ri kirishga imkon beradi.
SLIP — bu oddiy telefon tarmog’i va modemdan foydalanadigan Internet bayonnomadir.
RRR — bu SLIP ga o’xshash va undan keyinroq yaratilgan bayonnoma. Uning imkoniyatlari SLIP ga nisbatan ko’proq.
«Chaqiruv» asosida bog’lanish internetga kirishga imkon beradi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom va parol yordamida internetga tog’ridan-tog’ri kirib ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunday tarmoqdan bir nechta foydalanuvchi foydalanadi va shuning uchun tarmoqning tezligi sustroq bo’ladi. Internet bilan bog’lanish davomida uning imkoniyatlaridan mumkin qadar to’laroq foydalanish
lozim. Chaqiruv bo’yicha bog’lanishni o’rnatish juda oddiydir. Bu usulning narxi kamroq bo’lganligi tufayli undan foydalanuvchilar ko’p. Bu usulda bog’lanishdir.
Bu bog’lanish radioantennalar yordamida amalga oshiriladi va tarmoq simlarining zarurati bo’lmaydi. Shu bois, bu bog’lanish uzoq masofalarda ham aloqani ta’minlaydi (provaydergacha bo’lgan masofa 50 km gacha bo’lishi mumkin). Ma’lumotlarni uzatish tezligi 11 Mbit/sekundga yetadi. Sarkor — Telekom provayderi shu usuldan foydalanadi.
SLIP va RRR orqali bog’lanish oddiy telefon tarmoqlarida standart modem yordamida ishlovchi Internet dastur ta’minotidir. Bunda siz oddiy telefon tarmog’idagidek ishlaysiz. Ish seansini tugatgandan so’ng telefon tarmog’ini bo’shatasiz va unda boshqa foydalanuvchi ishlashi mumkin bo’ladi. Bunday bog’lanishning yutugi shundaki, ular internetga tog’ridan-tog’ri kirishga imkon beradi.
SLIP — bu oddiy telefon tarmog’i va modemdan foydalanadigan Internet bayonnomadir.
RRR — bu SLIP ga uxshash va undan keyinrok yaratilgan bayonnoma. Uning imkoniyatlari SLIP ga nisbatan ko’proq.
«Chaqiruv» asosida bog’lanish internetga kirishga imkon beradi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom va parol yordamida internetga tog’ridan-tog’ri kirib ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunday tarmoqdan bir nechta foydalanuvchi foydalanadi va shuning uchun tarmoqning tezligi sustroq bo’ladi. Internet bilan bog’lanish davomida uning imkoniyatlaridan mumkin kalar tularok foydalanish
lozim. Chaqiruv bo’yicha bog’lanishni o’rnatish juda oddiydir. Bu usulning narxi kamroq bo’lganligi tufayli undan foydalanuvchilar ko’p. Bu usulda honadonlardagi
kompyuterlarni ham internetga ulash va foydalanish qulay.
«Chaqiruv» asosida bog’lanishning sifatli usuli ISDN dir.
ISDN (Integrated Service Digital Network) — bu raqamli telefon tarmog’idir. U odatdagi telefon tarmog’idan ma’lumotlarni uzatish tezligi bilan fark qiladi. Bu tezlik telefon tarmog’iga qaraganda 4,5 barobar oshadi va 120 __ Kbit/sekundni tashkil etadi. ISDN ning narxi boshqalariga nisbatan baland.
UUCP yordamida bog’lanish. UNIX operatsion tizimi UUCP deb ataluvchi servisdan foydalanadi va ma’lumotlarni standart telefon tarmog’i orqali uzatish imkonini beradi. UUCP faqat fayllarni bir tizimdan boshqasiga uzata oladi, Internet aloqa bo’limi va USENET bilan ishlashga imkon beradi. Bu bog’lanish uchun ham
telefon tarmog’i va modem zarur bo’lib, UNIX dasturining zarurati yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |