Ekspluatatsiya sharoitlari agregatlar va detellarning ish rejalariga ta’sir etadi,
bunda texnik holat parametrlarining о‘zgarish jadalligi tezlanishi yoki sekinlanishi
sharoitlari esa ishonchlilikka tasir etadi. Ishlash sharoitlari ishlash vaqtining texnik
toifasi, avtomatik texnik vositalarining xili va sifati, avtomatik boshqarish
sistemasi harakatiga bilan belgilanadi.
Iqlim-sharoitlari
Ular havoning harorati, namligi, shamol yuklamasi, quyosh radiatsiyasi
darajasi va h.k.lar bilan xarakterlidir. Bu sharoitlar texnologik jarayonlarni issiqlik
va boshqa rejimlariga, ularning texnik holati va ishonchliligiga tasir etadi. Past va
yuqori haroratlarning tasiri ostida konstruksion pо‘latlar, metall qotishmalar,
plastmassalar, rezina va boshqa materiallarning fizik-mexanik xossalari о‘zgaradi.
Gidravlik suyuqliklari, elektrolit va boshqalarning fizik-kimyoviy doimiyliklari
(konstantalari) iqlim sharoitlari tasirida о‘zgaradi.
Avtomatik sistemasidan foydalanish jadalligi
Avtomatik sistemasidan foydalanish jadalligi ATV turi va uning ishlab chiqarish
vazifalari, ishlash va iqlim sharoitlari, о‘rta va maksimal harakat tezligi,elektr
dvigatel quvvatidan foydalanish darajasi, avtomatik boshqarish sistemasining
sutka, mavsumiy va yil davomida ishlagan vaqtiga bog‘liq.
Operator malakasi.
Avtomatik sistemasini boshqarish va nazorat tushunchasi harakatdagi boshqarish
jarayoni (Texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, harakatning ratsional
rejimlarini tanlash) hamda ishlash sharoitida avtomatik sistemasiga TXKni о‘z
ichiga oladi.
Texnologik omillar
Ishonchlilikka quyidagi texnologik omillar ta’sir etadi:
1. Mahkamlash birikmalarining ekspluatatsion yuklamalar tasiri sharoitlarida о‘z
mahkamligini uzoq vaqt davomida saqlab qolish qobiliyati.
Bu qobiliyat detallarni yuqori sifatli pо‘latlardan tayyorlash, ularga ishlov
berish aniqligini oshirish, har xil mahkamlab qо‘yadigan moslamalarni (stopor
shaybasi, fiksatorlar, detallarni yelimlab qо‘yish) qо‘llash orqali erishiladi. Ayrim
detallarni legarlangan pо‘latlardan tayyorlanib, ularga termik ishlov beriladi.
TXK va JG sifati.
TXK shunday bajarilishi kerakki, ishga chiqarilayotgan avtomatikaning texnik
vositalarida hech nosozlik bо‘lmasligi kerak. Buning uchun TXKni grafik asosida
hamma ishlarni tо‘liq bajargan holda (nazorat-qarov, mahkamlash, sozlash va
moylash ishlari) amalga oshirish kerak.
Avtomatik
boshqarish
sistemalarida
diagnostikalash
vositalari
avtomatikaning texnik vositalarini ma’lum davriylik bilan diagnostikalashdan
о‘tkazib, ularning texnik holatini baholashi va kerakli ta’mir ishlarining aniq hajmi
va xarakterini aniqlashi kerak.
TXKning rejimi (TXKning turlari, davriyligi va bajariladigan ishlar
rо‘yxati) harakatdagi tarkibning turiga, uning texnik holatiga, ekspluatatsiya
sharoitlariga, ekspluatatsion materiallarning sifatiga, operatorning mahoratiga mos
kelishi kerak. TXKlarning xillari kо‘p va ular orasidagi davriylik kam bо‘lsa,
ularni tashkil etish qiyinlashadi, avtomatik vositalarining turib qolishi ortadi va
sarf-xarajatlar kо‘payadi. TXKning katta davriyligi esa avtomatik vositalarining
ta’mir ishlarini kо‘paytiradi.
Demak, har xil ekspluatatsion sharoit uchun о‘zining TXK rejimlarini ishlab
chiqish kerak.