Shifrlash va foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash rejimlarini sozlash Har qanday ulanish nuqtasi va qolaversa, simsiz marshrutizator foydalanuvchilarga tarmoq trafigini ochiq muhitda uzatilganda shifrlashni sozlash imkoniyatini beradi. Ulanish nuqtalari ta’minlaydigan bir nechta shifrlash
standartlari mavjud.
Simsiz tarmoqlarda ma’lumotlarni shifrlash uchun ishlatiladigan birinchi
standart WER (Wired Equivalent Privacy) standarti bo‘ldi. WER standartiga muvofiq, shifrlash 40 yoki 104 bitli kalitlar yordamida amalga oshiriladi (simsiz qurilmalarning ayrim modellari uzunroq kalitlarni qo‘llaydi), kalitni o‘zining uzunligi 5 (40 biti kalit uchun) yoki 13 (104 bitli kalit uchun) ASCII-simvollar to‘plamidan iborat. Bu simvollar to‘plami kalit hisoblanadigan o‘n oltilik raqamlarning ketma-ketligiga o‘tkaziladi. ASCII- simvollar to‘plamining o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘n oltilik (bir xil uzunlikdagi) qiymatlarni ishlatish ham mumkin.
Simsiz qurilmalarni sozlash yordamchi dasturlarida 40 bit yoki 104 bitli kalitlar emas, balki 64 yoki 128 bitli kalitlar ko‘rsatiladi. Bu shundan iboratki, 40 yoki 104 bit kalitning statik qismi hisoblanadi, unga kalitning bu statik qismini tasodifiylashtirish uchun zarur bo‘ladigan 24 bitli boshlang‘ich (initsializatsiyalash) vektor qo‘shiladi. Initsializatsiyalash vektori tasodifiy tanlanadi va ishlash paytida dinamik ravishda o‘zgaradi. Natijada, initsializatsiyalash vektori hisobga olinganda kalitlarning umumiy uzunligi 64 (40
+ 24) yoki 128 (104 + 24) bitlarga teng bo‘ladi.
WER shifrlash protokoli, hatto 128-bitli kalit bilan ham, juda kuchli emas, shuning uchun 802.11g standarti qurilmalarida 802.1x, EAP, TKIP va MIC protokollarini o‘z ichiga olgan Wi-Fi Protected Access - WRA shifrlash algoritmi ishlatiladi.
802.1x protokoli foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash protokoli hisoblanadi. O‘zining ishlashi uchun bu protokol, albatta uy tarmog‘ida mavjud bo‘lmagan maxsus RADIUS-serverini talab qiladi. SHuning uchun bu protokolni uyda ishlatish mumkin bo‘lmaydi.
TKIP (Temporal Key Integrity Protocol) bu dinamik shifrlash kalitlarini amalga oshirish hisoblanadi. SHifrlash kalitlari uzunligi 128 bitni tashkil etadi va murakkab algoritm yordamida generatsiyalanadi, bo‘lishi mumkin kalitlar variantlarining umumiy soni yuzlab milliardga etadi va ular tez-tez o‘zgarib turadi. MIC (Message Integrity Check) paketning yaxlitligi protokoli hisoblanadi.
Protokol kanalga uchinchi tomon orqali "kiritilgan" paketlarni tashlab yuborishga imkon beradi.
Ko‘rsatilgan protokollardan tashqari, ko‘plab simsiz qurilmalarning ishlab chiqaruvchilari TKIP o‘rnini bosadigan AES (Advanced Encryption Standard) standartini qo‘llashga qo‘shilishadi.
Shunday qilib, shifrlash texnologiyasining asosiy tushunchalari va foydalanuvchilarning tarmoq autentifikatsiyalashsini qisqa ko‘rib chiqqanimizdan so‘ng, simsiz qurilmalarimizni sozlashni boshlaymiz. SHu bilan birga, iloji boricha quyidagi tavsiyalarga amal qilamiz: agar tarmoqdagi barcha qurilmalar WRA protokoliga asoslangan shifrlashni qo‘llasa, bu shifrlash usulidan foydalanamiz (aks holda 128 bitli kalit bilan WER shifrlashni tanlash kerak). Xo‘sh, agar tarmoqdagi barcha qurilmalar AES shifrlashni qo‘llasa, u holda undan foydalanamiz.
Simsiz ulanish nuqtasini o‘rnatishdan boshlaymiz. Avvalo autentifikatsiyalash (Authentication) turini tanlash kerak. Autentifikatsiyalash
turlar ro‘yxatida quyidagi variantlar bo‘lishi mumkin:
Open System (ochiq);
Shared Key (umumiy);
802.1x;
WPA;
WPA Pre-shared key.
Open System (standart rejim) bu aslida tarmoqning autentifikatsiyalashga ega bo‘lmagan rejim hisoblanadi. Bu rejimni tanlashda simsiz tarmoqqa kirish uchun faqat tarmoq identifikatorini (SSID) bilish kerak bo‘ladi.
Shared Key rejimida trafikni WER shifrlashdan foydalanish mumkin. Binobarin, tarmoqqa kirish uchun butun tarmoq uchun umumiy WER shifrlash kalitini o‘rnatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |