132-guruh o’quvchisi: .
TOSHKENT IRRIGATSIYA va QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI QARSHI FELIALI
MUSTAQIL
ISH
Kafedra nomi:__________________________
Mavzu: Chizmalarni rasmiylastirishga oid standartlar
Bajard: Sharifova Marjona Sherzod qizi
Qabul qildi: Jo’rayeva Barchinoy miyliyevna
Mavzu: Chizmalarni rasmiylashtirishga oid standartlar. . - Standart (inglizcha-norma, namuna, qoida, o`lcham)-barcha ishlab chiqarish sohalariga qo`yiladigan va vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan norma, qoida va talablarni belgilovchi normativ-texnik hujjat.
. - Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin standartlar qaytadan ishlab chiqilib, yangilari bilan to`ldirilgan va 1996 yilda O`zbekiston Respublikasi metrologiya va standartlashtirish davlat markazi tomonidan konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi –KHYAT (ESKD) degan umumiy,nom bilan tasdiqlangan. ESKD tarkibiga kiruvchi standartlar O`zRM va STD markazi tomonidan ma`lum tartibda belgilangan ro`yxat bo`yicha tasdiqlangan va 11.01.2002 yildan boshlab amalda joriy etila boshlangan. ESKDning hamma standartlari 2-klassga kiritilgan va ixtisoslar bo`yicha guruhlarga bo`lingan hamda shifr guruhlari -0, 1, 2, ..., 10 raqamlar bilan belgilangan va "Umumiy qoidalar" dan tashqari 9 ta guruhga bo`lingan. 0-Umumiy qoidalar. 1-Asosiy qoidalar. 2-Konstruktorlik hujjatlarda buyumlarning klassifikatsiyasi va belgisi. 3-Chizmalarni bajarishning umumiy qoidalari. 4-Mashinasozlik va asbobsozlik buyumlari chizmalarini bajarish qoidalari. 5-Konstruktorlik hujjatlarining qo`llanish qoidalari. 6-Ekspluatatsiya va remont hujjatlarini boshqarish qoidalari. 7-Sxemalarni bajarish qoidalari. 8-Qurilish hujjatlarini bajarish qoidalari. 9-Boshqa standartlar.
. - ESKD "Chizmalarni bajarishning umumiy qoidalari"ning barcha standartlari quyidagi tuzilishda belgilanadi. Masalan, "Chizma formatlari" DST (GOST)-2-301-97 standartlarini olib qaraylik. GOST-davlat standarti. 2-ESKD standartlari klassi. 3-Standartning klassifikatsion guruhi nomeri. 01-Bu ikki raqam standartning guruhdagi tartib nomeri. 97-Standart tasdiqlangan yilning oxirgi ikki raqami. Masalan, ESKDning "Chizmalarni bajarishning umumiy qoidalari" standartlarida masshtablar GOST2-302-97; chizma chiziqlari GOST2-3003-97; chizma shriftlari GOST2-304-96 deb belgilangan va hokazo. Davlat standartlari rasmiy hujjat bo`lib, uning talabalrini buzuvchilar qonun oldida javobgardirlar. Buyum (mahsulot) ishlab chiqaruvchi va konstruktorlik hujjatlari tayyorlovchi barcha tashkilotlar davlat standartlariga rioya qilishga majburdirlar. Shuningdek, chizmalar chizishda ESKD standartlariga amal qilish barcha o`quv yurtlari uchun majburiy hisoblanadi. 1.3-§. Formatlar Format (fransuzcha format-ko`rinish)-kitob yoki daftar varag’ining o`lchami degani. Chizmachilikda chizma chizish uchun ma`lum o`lchamdagi qog’oz varag’i (list) ya`ni formatdan foydalanadilar. Bu formatlarning o`lchamlari GOST 2-301-97 standartda belgilangan (1.1-jadval).
. - AO format tomonlarining o`lchami 1189x841 mm, yuzasi 1m2 ga teng. Har bir keyingi format oldingi formatning uzun tomonini teng ikkiga bo`lishdan hosil qilinadi va ular asosiy formatlar deyiladi. 1.23-shaklda AO formatdan A1, A2, A3, A4 formatlarni hosil qilish ko`rsatilgan. Sotuvda A4, A3, A2, A1 formatli chizmachilik qog’ozlari bo`ladi. Zarurat paydo bo`lganda, A5 (148x210) formatdan foydalanishga ruxsat etiladi. Ba`zi hollarda 1.1-jadvalda ko`rsatilgan formatlarning birortasida ham buyum chizmasini qulay joylashtirib bo`lmaydi. Masalan, tasvirlanadigan buyum ingichka va juda uzun shaklga ega bo`lsa, bunday holda asosiy formatlardan foydalanilsa, chizma qog’ozidan tejamli foydalana olmaymiz. Ana shunday hollarda istesno tariqasida qo`shimcha formatlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Masalan, 1.24-shaklda A3 formatning qisqa va uzun tomonlarini uzaytirish bilan qo`shimcha format hosil qilish ko`rsatilgan.
.
Masalan, 1.24-shaklda A3 formatning qisqa va uzun tomonlarini uzaytirish bilan qo`shimcha format hosil qilish ko`rsatilgan.
1.24-shakl, a da A3 formatni qisqa tomonini yarim marta (A3x), bir marta (A3x1), ikki marta (A3x2) va uch marta (A3x3) uzaytirish natijasida hosil qilingan karrali formatlar ko`rsatilgan.
1.24-shakl, b da A3 formatning uzun tomonini yarim va bir marta uzaytirish bilan hosil qilingan formatlar ko`rsatilgan.
. - Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
- uz.denemetr.com›docs/769/index-843...
Do'stlaringiz bilan baham: |