13. Seminar mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Baynalminal markazi – millatlararo totuvlikni ta’minlovchi tashkilot.
Reja
1. Mustaqillik yillarida millatlararo munosabatlarni ta’minlovchi davlat siyosatining yuzaga kelishi
2. O‘zbekiston Respublikasi Baynalminal markazining tuzilishi va uning naatijasi
3. O‘zbekiston Respublikasi Baynalminal markazi – mamlakatda millatlararo totuvlikni ta’minlovchi tashkilot.
Respublika baynalmilal madaniyat markazi millatlararo munosabatlar, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi har xil millatlar va elatlar vakillarining totuvligi va hamkorligini ta’minlash, ularning o‘ziga xos madaniyatlari va ma’naviy qadriyatlarini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash sohasidagi siyosatni amalga oshirishda davlat organlariga va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashuvchi mustaqil muassasa hisoblanadi.
Mazkur markazning asosiy vazifasi millatlararo totuvlik prinsiplari qaror topishiga yo‘naltirilgan ijtimoiy tashabbuslarni rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirish; O‘zbekiston Respublikasida yashovchi har xil millatlar va elatlar vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklash va rivojlantirish; madaniyat markazlariga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish; jamoat tashkilotlariga millatlararo totuvlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi har xil millatlar va elatlar vakillarining madaniyati va ma’naviy qadriyatlarini rivojlantirish;millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda tashkiliy, huquqiy, metodik yordam ko‘rsatish, konferensiyalar, seminarlar va «davra suhbatlari» tashkil etish; har xil millatlar va elatlar vakillarining madaniy ehtiyojlarini qondirishga, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan teleradio ko‘rsatuvlar va eshittirishlar tayyorlashda, kitoblar, risolalar, ma’lumotnomalar, prospektlar, bukletlar va bosma mahsulotlarning boshqa turlarini tayyorlashda qatnashishdan iborat.
Respublika baynalmilal madaniyat markazi tomonidan milliy- madaniy markazlar uchun yo‘riqnomalar, 10 dan ziyod ilmiy risola va to‘plamlar, shuningdek, “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” nomli kitob albom (2004) va “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” to‘plami chop etildi(2008).
Toshkent shahrida 14 ta respublika va 23 ta shahar milliy madaniy markazlari faoliyat olib boradi(2008).
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qaroriga binoan mamlakatimizda Respublika baynalminal madaniyat markazi tashkil etildi.
1992 yili O‘zbekistonda turli millat va elatlarning 10 milliy madaniy markazi faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugun ular 137 taga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |