13. Mutaxasislikka kirish fani va uning vazifalari. Mutaxassis


Mineral o’g’itlar xaqida umumiy ma’lumot



Download 264,73 Kb.
bet61/76
Sana01.03.2022
Hajmi264,73 Kb.
#475775
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   76
Bog'liq
Mutahassislikka kirish

109 Mineral o’g’itlar xaqida umumiy ma’lumot
Mineral oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq elementlari boʻlgan anorganik moddalar, asosan, tuzlar. Deyarli barcha Mineral oʻgʻitlar agronomik rudalarlgm kimyo sanoatida ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, mas, natriyli selitra (chili selitrasi), sanoat chiqindilari ham ishlatiladi. M.oʻ. 19-asrdan tarqalaboshlagan. 20-asr oʻrtalaridan M.oʻ.ni ishlab chiqarish va qoʻllash tez oʻsdi. Shungacha oʻgʻit sifatida, asosan, goʻng , kul va boshqa chiqindilar ishlatilgan. M.oʻ. tuproqqa (uning fizik, kimyoviy va biol. xususiyatlariga) kuchli taʼsir qiluvchi vositadir; ular tuproqni oziq elementlari bilan boyitadi, tuproq eritmasi reaksiyasini oʻzgartiradi, mikrobiologik jarayonlarga taʼsir etadi va h.k. Oʻsimliklar, asosan, ildizi orqali oziqlanishi tufayli Mineral oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga, binobarin, dalalar, utlokdarning umumiy biol. mahsuldorligiga faol taʼsir qiladi. M.oʻ. ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir va lub ekinlari tolasining texnologik xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, dondagi oqsil miqdorini koʻpaytiradi. M.oʻ. organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilsa, yanada yaxshi natija beradi. Agronomik maqsadlarga koʻra, M.oʻ. bevosita va bilvosita ishlatiladigan oʻgʻitlarga boʻlinadi. Bevosita ishlatiladigan oʻgʻitlar tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, mis, molibden, marganets, oltingugurt kabi elementlar boʻladi. Bu guruhga kiradigan oʻgʻitlar, asosan, bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli yoki kaliyli va kompleks, yaʼni aralash va murakkab oʻgʻitlardan iborat. Aralash M.oʻ. zavodda yoki xoʻjalikning oʻzida bir necha xil oʻgʻitni aralashtirib, murakkab oʻgʻitlar esa zavodda tayyorlanadi. Bilvosita ishlatiladigan M.oʻ. (mas, ohakli oʻgʻitlar, gips va boshqalar) asosan, tuproqning agrokimyoviy va fizikkimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda qoʻllaniladi. M.oʻ. qattiq, yaʼni kukunsimon, donador hamda suyuq — ammiakli suv, suyuq ammiak, ammiakatlar holida ishlab chiqariladi.
M.oʻ.ning samaradorligi oʻsimlikning biologik xususiyatiga, har ga yerga solinadigan oʻgʻit normasiga, organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilishiga, qoʻllaniladigan agrotexnika tadbirlari sifatiga va boshqalarga bogʻliq. Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan eng yuqori hosil olish uchun tuproqqa solinadigan M.oʻ. meʼyorini toʻgʻri belgilash M.oʻ.dan foydalanishda muhim oʻrinda turadi va bu meʼyor oʻgʻit tarkibidagi sof taʼsir etuvchi oziq moddalarning kg/ga miqdori bilan belgilanadi. M.oʻ. usimlikning biologik xususiyatlari, ularning oziq moddalarga talabi, tuprokda usimlik oʻzlashtiradigan elementlar miqdori, ishlatiladigan oʻgʻitlarning xususiyati, oʻsimlikning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi kerak. M.oʻ. yerga kuzda yoki erta baxrrda (asosiy oʻgʻitlash), ekish vaqtida va oʻsuv davrida (oʻsimliklarni oziqlantirish) solinadi. M.oʻ. ni notoʻgʻri qoʻllash biotsenozga katta zarar keltirishi, atrof muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi mumkin. Mineral oʻgʻitlar tuprokda har xil oʻzgarishlarga uchraydi, bu oʻzgarishlar oziq moddalarning eruvchanligiga, tuprokda harakatlanishi va usimliklarga singishiga taʼsir kursatadi.
Mineral oʻgʻitlarning samaradorligi juda yuqori. Hisobkitoblarga Karaganda, gʻuza 1 t paxta hosili toʻplash uchun sof 30–70 kg azot, 10–20 kg fosfor, 30–60 kg kaliyni oʻzlashtiradi. Ekinlar umumiy hosildorligining taxminan 50% ugʻitlarni qoʻllash, 25% nav afzalliklari va 25% yetishtirish texnologiyasi orkali taʼminlanadi. Toʻgʻri nisbatlarda koʻllanilgan NPK Mineral oʻgʻitlarning har bir kg i oʻrtacha 10 kg gʻalla yoki shunga ekvivalent boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini beradi. I .t. muassasalarining tekshirish natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda azot, fosfor va kaliyni qoʻllashning eng yaxshi nisbati 1:0,75:0,35 qilib belgilangan.

Download 264,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish