3.Ilm-fanning rivojlanishi. Madaniyat va sport.
Mustaqillik yillarida vatanimiz tarixini yoritish va o’rganish masalalari
partiyaviylik, sinifiylik yondashuvlaridan, hukmron kommunistik mafkuraga xizmatkor
bo’lishdan holos etildi. Necha 10 yillar davomida bo’zib ko’rsatilgan yoki bilmay kelgan
tarixiy voqealarni holislik, tarixiylik, xaqqoniylik tamoyillari asosida tadqiq qilishga
kirishildi va dastlabki ilmiy-tarixiy asarlar yaratildi.
Shuni yurtboshimiz ta’kidlagandek "Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning,
davlatimiz hududining holis va xaqqoniy tarixini tiklash milliy o’zligi anglash, ta’bir
joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va ustirish jarayonida muhim o’rin tutadi. O’zbek
olimlarini kuch-g’ayratlari bilan tariximizning qo’ldan-qo’l sahifalari, eng avvolo
temuriylar davri, Buxoro va Xiva shaharlarini 2100 yillik yubileylari munosabati bilan
bir necha ming yillik tarix XIX-asr ohiri XX-asr boshlari tarixi shunday kashf etildi.
Vatanimiz tarixida xali o’rganilmagan dolzarb muommolar ko’p. O’zbek xalqi va
o’zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sohalarini holisona ilmiy asosida
yoritish vazifalari prezident I.Karimovning bir gurux tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida
bo’lgan suxbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan
"O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi tarix inistituti faoliyatini takomillashtirish
to’g’risida"gi qarorida belgilab berildi.
Ma’naviy hayotdagi eng muhim voqealardan biri 1998 yil 23 aprelda O’zbekiston
Respublikasi Prizidentining farmoni bilan "Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat"
jamoatchilik markazi tashkil etilishi bo’ldi. Ma’naviyat va Ma’rifat jamoat markazining
viloyat, shahar va tuman bo’limlari faoliyat ko’rsatmoqda, taboro ko’proq mahallalar,
mehnat jamoalari, o’quv yurtlari, shahar va qishloqlarning aholisini ma’naviy-ma’rifiy
ishlarga jalb etmoqda, aholi o’rtasidaaql-zakovat, ilm, ziyo, ma’rifatni tarqatmoqda.
Markaz qoshida "Oltin me’ros" xalqaro jamg’armasi, "Ma’naviyat" nashriyoti
tashkil qilingan. "Tafakkur" jurnali aholi orasida keng tarqalmoqda, xalqning milliy
uyg’onishida, yoshlarni tarbiyalashda muhim rol’ uynamoqda.
Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq va davlat turmishidagi asosiy ahamiyati va
o’rni tiklandi. 1995 yil 21 dekabrda Respublika Oliy Majlisi yangi taxrirdagi "Davlat
tili haqida"gi qonun qabul qildi. Qonunda o’zbek tili o’zbek xalqining ma’naviy mulki
ekanligi, uning ravnaqi, qo’llanishi va muxofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi
belgilab qo’yilgan. O’zbekistonda Oliy Davlat hokimligi, mahalliy xokimiyat va
boshqaruv organlari faoliyati korxona, muasasalar va tashkilotlarning hisob-kitob
statistika va moliya ishlari o’zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriyat
hududiy birliklari, maydonlari, ko’chalari, geografik o’rinlarining nomlariga yagona
milliy shakl berildi va o’zbek tilida yozib qo’yildi. Shuningdek, O’zbekistonda istiqomat
qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati ham o’z o’rniga qo’yildi.
1993 yil sentiyabrda O’zbekiston Respublikasining "Lotin yozuviga asoslangan
o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida" qonun qabul qilindi. 1995 yil may oyida ushbu
qono’nga qo’shimcha va o’zgarishlar kiritildi. Bu qonunlar o’zbek tilining davlat tili
sifatidagi mavqeining yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Lotin yozuviga
asoslangan o’zbek alifbosini to’la joriy etilishi 2005 yilgacha bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi. Milliy davlatchiligimiz tajribasi, Amur Temir tuziklari, Farobiy, Navoiy kabi
allomalarning odil davlat qurish haqidagi dono fikr-muloxazalari mustaqillik davrida
demokratik huquqiy davlat qurilishida katta madad ma’naviy poydevor bo’lib xizmat
qilmoqda.
Mustaqillik yillarida dinning eng avvalo islom dining ham milliy ham umuminsoniy
qadriyat sifatidagi mavqei tiklandi. Qadim zamonlardayoq yurtimizda din erkinligi
mavjud bo’lgan otashparastlar budiylar, moniylar, musulmonlar va boshqa diniy
e’tiqoddagilar inoqlikda yashagan, tenglik, erkinlik g’oyalarigaamal qilingan. Buyuk
ipak yo’lida joylashgan shaharlarda hamma dindagilarni ibodatxonalari mavjud bo’lgan.
Xalqimiz ma’naviy jihatdan ko’pgina afzalliklarga ega bo’lgan islom dinidir.
Buyuk vatandoshlarimiz Muhammad ibn-Ismoil al-Buxoriy islom dini ta’limotida
Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba xisoblanuvchi "Saxiyx al-Buxoriy" nomli asar
yaratib islom tarixida misli ko’rilmagan ilmiy manbaa yaratdi. Imom-at-Termiziy,
Boxovudin Naqshbandiy, Xoja Ahmad Yassaviylar insonni ma’naviy yetuklikka
chorlovchi diniy, ahloqiy va huquqiy xikmatlarni yaratdilar. Mustaqillik sharofati tufayli
ana shu allomalarimizning nomi tiklandi, xalqimiz ularning ma’naviy me’rosidan
bahramand bo’ldi.
Boxovudin Naqshband tavalludining 675 yilligini nishonlanishi, uning nomi bilan
bog’liq masjid majmuasining tiklanishi fikrimizning dalilidir. Navro’z bayrami, Ro’za
va Qurbon xayitlarining tiklanishi faqat dindorlar uchun emas, bu bayramlarning
tiklanishi aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusm, an’ana va udumlarimizning,
kadriyatlarimizni tiklanishi, ajdodlar ruhini qayta uyg’onishidir.
Respublika Vazirlar Mahkamasi qoshida din ishlari bo’yicha maxsus ko’mita
to’zildi. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida "Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar haqida" qonunida davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati o’zining
aniq ifodasini topgan.
Mustaqillika erishgandan so’ng, dinga, shu jumladan islom diniga munosabat
tubdan o’zgardi. Bu o’zgarishlarni moxiyati yurtboshimiz I.Karimovni quyidagi
so’zlarida o’z ifodasini topgan: "Islom dini ota-bobolarimizning muqaddas e’tiqodi. U
tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida ma’naviyatda, boy me’rosi va o’zligini saqlab
qolgan".
Mustaqillik tufayli Ramozon va Qurbon xayiti kunlari bayram va dam olish kunlari
deb e’lon qilindi. Sho’rolar davrida har yili boryo’g’i 15-20 ta kishiga haj safariga
borishga ruxsat berilgan bo’lsa, 1991 yildan boshlab har yili 3-3,5 ming o’zbekistonlik
fuqarolar ana shu muqaddas ziyoratni amalga oshirmoqdalar, minglab fuqarolar Umra
safariga, ya’ni Makka Madinaga hayit’dan boshqa kunlarda bormoqda. Keyingi yillarda
respublikamizda 30 000 dan oshiq fuqaro xaj va umra safarida bo’ldilar.
Qur’oni Karim o’zbek tiliga tarjima qilinib, 100 ming nusxada nashr etildi. O’nlab
va yuzlab diniy mavzudagi kitoblar chop etildi, ro’znoma va oynomalarda, radio va
televideniya orqali islom tarixi, madaniyati, axloqi, buyuk muxaddislar, mufasrlar,
fakihlar, mutasavvuflarga bag’ishlangan ma’lumotlar e’lon qilinmoqda, islom tarixiga oid
ko’p qismli fil’mlar ko’rsatilmoqda.
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kunidan boshlab milliy mafkura,
O’zbekiston jamiyatining milliy istiqlol g’oyasini yaratish dolzarb vazifa bo’lib
kelmoqda. Milliy istiqlol mafkurasi xalqning o’zgalarga tobe bo’lmay, erkin va ozod
yashash, o’zini-o’zi idora etishga qaratilgan, uning istiqbolini belgilaydigan orzu-
umidlari, qarashlari, g’oyalari majmuyi, jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan yuksak marralarga yetish
jarayonida, ya’ni ozod, erkin va farovon hayot qurish, eng rivojlangan davlatlar qatoridan
o’rin olish, mustahkam suyanch va tayanch bo’ladigan barkamol yosh avlodlarni tarbiyalab
voyaga yetkazish va ularga sharoitlar yaratish borasida katta zalvorli islohotlarni amalga
oshirmoqda. Ertangi kunimiz, degan edi Birinchi Prezident Islom Karimov, -
hayotimizning farovonligi, zamondan orqada qolmaslik, taraqqiy topgan davlatlar va
xalqlardan kam bo’lmaslik, ertangi istiqbolimiz, barcha ezgu niyatlarimizning amalga
oshirilishi, bizning o’rnimizga kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib
tarbiyalashga, voyaga yetkazishga chambarchas bog’liqdir.
1997 yil 29 avgust Oliy Majlisni IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasining
"Ta’lim tugrisida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi. Kadrlar
tayyorlash Milliy Dasturida mamlakatimizda ta’lim isloxati o’tkazilishidan ko’zda
tutilgan maqsad, ta’limni vazifalari dasto’rin i ro’yobga chiqarish boskichlari, kadrlar
tayyorlashning milliy modeli asoslab berildi. Mazkur dasto’rning asosiy maqsadi ta’lim
sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qoralashlardan va
sarqitlardan to’la holos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak
ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy
tizimini yaratishdir.
Milliy Dasturda ta’lim isloxatlari uch bosqichda o’tkazilishi ko’zda tutiladi:
1-bosqich 1997-2001 yillar.
2-bosqich 2001-2005 yillar.
3-bosqich 2005 yildan keyingi yillar. O’zbekiston davlatining buyuk kelajagi hozirgi
kunda, asosan, maktablarda, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim va tarbiya
olayotgan iste’dodli ijodkor va tashabbuskor yoshlarga bog’liq. Chunki bu yoshlar
mamlakatimiz iqtisodiyoti, madaniyati va ishlab chiqarish sohalarida ijod qiladigan,
kelajagimiz poydevorini yaratadigan yoshlardir. Xalqimiz hayotimizni ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy yangilanish dasturini bajarishda yoshlarning imkoniyatlariga umid bilan
qaramoqda. Negaki, biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb
e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz avvalo, ongi mustaqil fikrlaydigan, xulq-atvori
bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli
insonning doimo jamiyat, yurt, xalqga foydasi tegadi, boshqalarga ortiqcha yuk bo’lmaydi,
hamma yutuqlarga o’z mehnati vaaqli bilan erishadi. O’z fikr o’yi, xulosasini mantiq
asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi
2
.
Barkamol avlod va yangi avlod kadrlari uyg’un tushuncha bo’lib, bunda milliy va
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, hozirgi zamon ilm fan yutuqlari asosidagi
yangi milliy ta’lim standartlari bo’yicha ilm olgan, izlanuvchan, mehnatkash kadrlar
tushuniladi.
So’nggi paytlarda O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi eng muhim sifat
ko’rsatkichlaridan biri bolalarga xorijiy tillarni o’rgatishga alohida e’tibor qaratilgani
bo’ldi. Jumladan, ingliz tilini o’rganish bog’chadan boshlab, barcha ta’lim turlari
bosqichlarida o’qitilishi joriy etilgan. Bu esa, yoshlarimizga dunyodagi davlatlar tarixini,
madaniyatini, ilm-fan yutuqlarini chuqur bilishiga zamin yaratadi. Shu bilan birga,
mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga kirish yo’lida tashlagan muhim qadamlaridan
ham biridir. Birinchi Prezident Islom Karimovning 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan
“Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
qarori
3
uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimiga, mamlakatimiz umumta’lim, kasb-hunar, akademik
litsey, oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yangi vazifalarni yukladi. Qarorda chet tillarni
o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg’un kamol topgan yuksak ma’rifatli, zamonaviy
fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga
integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizimni yanada kuchaytirish nazarda tutilgan.
Shuni e’tiborga olib, o’tgan davr mobaynida mamlakatimizda xorijiy davlatlardagi
nufuzli oliy ta’lim muassasalarining Toshkent shahrida 6 ta filiallari ochildi. Xalqaro
Vestminster universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining
Toshkent shahridagi filiali, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, G.Plexanov
nomidagi Rossiya davlat iqtisodiyot universiteti, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz
universitetining filialllarida talabalar jahon ta’lim standlartlari bo’yicha ta’lim
olayotganligi e’tiborga molikdir. Ushbu oliy o’quv yurtlarida mashinasozlik, neft-gaz ishi,
axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat
huquqi, kabi mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassislar bo’yicha bakalavr va
magistrlar tayyorlanmoqda va bularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan
diplomlarga ega bo’lmoqda
4
.
Shuningdek, ta’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg’armasi,
Germaniyadagi Texnikaviy hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JIGA xalqaro tashkiloti,
Koreyaning KOICO agentligi, UNESCO, Jahon banki, TASIS-TEM’US ochiq jamiyati
instituti, AQSH, Angliya, Frantsiya, Yaponiya, Xitoy va boshqa daqvlatlar oliy ta’lim
vazirliklari bilan hamkorlik tobora kengayib bormoqda
5
.
Har yili ta’lim sohasini rivojlantirish va isloh qilishga yalpi ichki mahsulotning 10-
12 foizi, davlat byudjeti xarajatlarining 35 foizdan ortig’ini tashkil etmoqda.
Mamalakatimizda savodxonlik darajasi jahonda eng yuqorilaridan biri bo’lib, bu boradagi
ko’rsatkich 99,2 foizni tashkil etmoqda
6
. Zero, “Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur”
2
I.A.Karimov. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. Asarlar, 7-jild. –Toshkent: O’zbekiston,
1999. 134-bet.
3
O’zbekistonRespublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarni o’rganish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori // Ma’rifat, 2012 yil 12 dekabrь, № 99 (8540).
4
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Tarixiy xotira va inson omili-buyuk
kelajagimizning garovidir” O’quv qo’llanma. Toshkent. O’qituvchi. 2012. 103-bet.
5
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Mustaqillik-barcha ezgu reja va marralarimizning
mustahkam mezonidir”. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2013. 107-bet.
6
O’zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Mustaqillik-barcha ezgu rejalar va
marralarimizning mustahkam mezonidir.” O’quv qo’llanma, - Toshkent: 2013. – 6-bet.
degan ulug’vor g’oya bugungi kunda tobora hayotda o’z aksini topib borayotganligidan
dalolat bermoqda. Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes-
maktablardan biri – “INSEAD” tomonidan 2012 yilda inson kapitalining taraqqiyot
darajasi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, O’zbekiston 141 mamlakat
orasida 53-o’rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim maqsadlari
uchun ajratiladigan mablag’lar bo’yicha esa dunyoda beshinchi o’rinni egallagani bejiz
emas
7
.
Mustaqillik bergan imkoniyatlar tufayli yoshlar hal qiluvchi kuch bo’lib, hayotga
kirmoqda. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy davlatlar va xalqaro
tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli aloqalar kundan-kunga rivojlanmoqda va hozirgi kunda
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bo’yicha va ta’lim sohasidagi barcha sa’y-
harakatlarimizning dastlabki quvonchli mevasi sifatida bir necha xorijiy tillarda erkin
gaplasha oladigan va shu bilan birga, o’z fikrini ona tilida ravon, go’zal, aniq, lo’nda ifoda
eta oladigan yangi mutaxassislar avlodini qo’rganda, hech shubhasiz har bir ezgu niyatli
insonning qalbida g’urur va iftixor tuyg’ulari to’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |