13-MAVZU: O‘ZBEKISTON O‘RMONLARIDA DARAXTLARNI
PARVARISH MAQSADIDA KESISH.
Reja:
1. Kurikxonalarda O‘rmonni parvarish maqsadida kesish.
2. Kurort mintakalaridagi O‘rmonlarni kesib parvarishlash.
3. YAshil zonalarda O‘rmon kesib parvarishlash.
Quriqxona, ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan O‘rmonlarda tabiiy yodgorliklarda
daraxtlarni parvarishlab kesish ishlari olib borilmaydi.
Milliy va tabiiy O‘rmon parklarida O‘rmonni kesish individual loyixalar
asosida bajariladi.
Kurort zonalaridagi O‘rmonlarda parvarish maqsadida O‘rmonni qisman
kesish yuqori maxsulotlar, yuqori zichlik, ko‘p yashovchi, chidamli, ko‘p turli
daraxtzorlarda amalga oshiriladi.
YAshil zonalar O‘rmonlari (O‘rmon parki qismi), shahar O‘rmonlari.
O‘rmon parklari va shahar O‘rmonlarida yuqori rekreatsiya yukiga ega
bo‘lgani; rekreatsiya va muxitni himoya kiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgani uchun
bu erda O‘rmon individual loyixa asosida kesiladi.
O‘rmon parkli qismilarda rekreatsiya yukiga qarab O‘rmonni kesish
natijasida chidamli daraxtzor paydo bo‘ladi, u yuqori estetik sifatga ega bo‘ladi.
Dam olish funksiyasini bajarib turuvchi uchastkalarda (dam olish, turistik
marshro‘t va boshqalar) har xil landshaftlar, ular kuyidagiga almashlab turiladi;
ochik landshaftlar- yakka o‘sib turgan daraxtlari bilan; yarim ochik landshaftlar-
kalinligi 0,3-0,5ga teng bo‘lgan daraxtzorlar, maydonda daraxtlar bir tekisda yoki
guruh-guruh bo‘lib joylashadi; yopiq landshaftlar-shox shabbalarining kalinligi
0,6-1,0 ga teng bo‘lgan daraxtzorlar.
Bu turdagi O‘rmon uchastkalarida daraxtlarni kesishdan maqsad - bir
yoshdagi daraxtzorlar har xil yoshdagi daraxtzorga aylantiriladi.
Har xil O‘rmon parki landshaftlari uchun (yopiq va yarim ochik) uziga xos
daraxtzorlar turi yoshiga, tarkibiga, shakli yoki ularni birga kushib olib bermok
kerak bo‘ladi.
YOpiq landshaftlar bir pogonali (yarusli) bir yoshli daraxtzorlar bo‘lib
shakllanadi va ko‘p pogonali ham bo‘lib shakllanishi mumkin, yarim ochik
landshaftli guruh-guruh bo‘lib joylashgan daraxtlar - har xil yoshi murakkab
bo‘ladi. Tarkibi buyicha ko‘pincha aralash turli daraxtzorlar bo‘ladi, ammo bir
turdagi daraxat turlaridan shakllanishi mumkin ( qora qaragay, pixta, qaragay,
archa, yongok va boshqa turlar).
Maqsadli landshaft yoki ularning majmuasang (kompleksi) yaratish uchun
maxsus O‘rmonni kesish usullari qo‘llaniladi (shakllanish).
YArim ochikli landshaft yaxshi drenaj qilingan tuproqlarda shakllanadi, bu
erda asosan pastki shoxlari kesiladi.
Ochik landshaftlida O‘rmonzor yaxshi drenaj qilingan tuproqlarda, guruh-
guruh kilib ajratish usuli bilan shakllanadi - amalda kichik maydonda daraxtlar
yalpi ravishda kesiladi, maqsad -maydoni 0,5ga bo‘lgan va yakka joylashgan
daraxtlari yoki ularsiz maydoni shakl lantirishdir. Ochik joylar chegarasi to‘g‘ri
yoki kiyshik bo‘lishi mumkin. YAkka-yakka xolda eman, juka, zarang, kayin,
kayragoch va boshqa turlar qoldirilishi mumkin.
Savollar:
1.
Qaysi daraxtlarda yoritish maqsadida kesish ishlari ko‘proq olib beriladi?
2.
Siraklatish maqsadida daraxtzorlarni kesishning asosiy maqsadi nimadan?