13-mavzu: turizm sohasidagi internet resurslarining tasnifi
13-MAVZU: TURIZM SOHASIDAGI INTERNET RESURSLARINING TASNIFI
Internetdan foydalanish yo‘llari.
Axborot-qidiruv tizimi.
Turistik serverlar tasnifi.
Turistik serverlar tavsifi.
Intranet texnologiyasi haqida.
Bugun har bir sayyoh o‘zi yo‘l olgan mamlakatga borishdan avval Internet orqali u diyorning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida qiziqib ko‘radi. Bugungi tilda aytadigan bo‘lsak, u mamlakatga avvalo “on-layn sayohat” uyushtiradi.
Davlatimiz rahbarining “Xorazm viloyatida 2013-2015 yillarda sayyohlik sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ochiq osmon ostidagi muzey, deya e’tirof etilgan Xorazm zaminida turizm sanoati rivojida navbatdagi qadam bo‘ldi.
Turizmni rivojlantirish maqsadida Xorazm mahalliy dasturiy ta’minot yaratuvchilari tomonidan Xiva shahridagi 62 ta obyektning 3D shaklidagi tasviri yaratilib, 48 tasi internet tarmog‘idagi Google Earth va boshqa ommabop virtual sayohat tizimlariga joylashtirildi. Shuningdek, Google elektron xaritalariga Xorazm viloyati to‘g‘risida ma’lumot beruvchi 258 dona surat hamda ular to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirildi. Barcha Internet foydalanuvchilari hudud to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishib, kompyuter yoki boshqa mobil aloqa vositalari orqali shaharlar bo‘ylab sayohat qilishlari mumkin.
Milliy UZ domeni doirasida o‘tkazilgan Internet-festival 2014 yilda ham turizm sohasida quyidagi ishlanmalar g‘olib deb topilgan:
1-o‘rin - www.samcity.uz;
2-o‘rin - www.jz.uz;
3-o‘rin - www.ibt.uz
Mobil Internet – (ingl.: mobile Internet ) - WAP bayonnomasi asosida Internetdan simsiz erkin foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlarni uzatish uchun ma’lumotlarni paketli uzatish xizmati GPRS (general packet radio servise) yoki CSD transport vazifasini bajarishi mumkin. Yuqori darajali xizmatni, ayniqsa biznesni samarali boshqarish mumkinligini ta’minlaydi.
Har bir foydalanuvchiga Internet tarmog‘i orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni oson va tez qidirib topishi uchun axborotning parametrlari bo‘yicha qidirish taklif qilinadi. Ular quyidagilardan iborat:
Ma’lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;
Ma’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha qidiruv;
Ma’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;
Ma’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;
Ma’lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo‘yicha qidiruv;
Ma’lumotlarni xavfsiz qidiruv.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |