20-rasm. Ramka tayyorlash jarayoni.
Duradgorlik go‘niyasi.
Duradgorlik go‘niyasi quyidagi tartibda tayyorlanadi:
1. Kunda va lineykaga mos yog‘och tanlanadi va zagotovka tayyorlanadi.
2. Kunda va lineyka tayyorlanadi.
3. Lineykani kundaga go‘niya asosida yelimlab o‘rnatiladi (birikma hosil qilinadi).
4. Go‘niya rostlanadi, go‘niyaliligi tekshiriladi va pardozlanadi.
Duradgorlik go‘niyasi chinor, yong‘oq, akatsiya, shumtol, eman kabi qattiq yog‘ochlardan
tayyorlanadi.
Go‘niyaning kundasi qisqa bo‘lganligi uchun berilgan o‘lchamda bitta kunda tayyorlash
qiyin. Shuning uchun o‘quvchilar randalashda qiynalmasliklari uchun bir yo‘la ikkita yoki uchta
kundaga moye uzun o‘lchamdagi yog‘och olib randalanadi. Chunki uzun yog‘ochni randalash
oson. Bu holda lineyka ham ikkita yoki uchta tayyorlanadi.
Ishni shu yo‘sinda tashkil etganda o‘quvchilar bir xil ko‘rinishdagi bir nechta buyum
tayyorlab, ishni puxta o‘rganadilar, tayyorlangan buyumlarining sifatini bir-biridan farq qila
oladilar. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilar mehnat madaniyatining shakllanishiga va o‘sishiga
yordam beradi.
Kunda va lineyka uchun olingan yog‘ochlar randalangandan keyin berilgan o‘lchamlar
asosida arralanadi So‘ng kundadan lineyka o‘rni rejalanib, quloq ochiladi. Lineyka o‘rnini
(quloqni) rejalashda uning kengligi lineyka qalinligiga moslanib, uzunligini lineyka enidan 5-8
mm qisqa ochiladi. O‘yish tirnoqli birikmalardagi quloq ochish singari ikki tomonlama olib
boriladi.
Lineykani kundaga go‘niya asosida yelimlab o‘rnatishda go‘niyaning ichki tomonini
kontrol go‘niyaga moslanadi. Aks holda tashqi tomoni go‘niyaga moslansa, qurigandan so‘ng
ichki tomonni randalab go‘niyaliligini rostlash qiyin bo‘ladi.
Go‘niyaning tashqi tomoni yelim qurigandan so‘ng rostlanadi. Buning uchun yangi
go‘niyaning tashqi tomonlarini kontrol go‘niya yordamida tekshiriladi. Talab etilishiga qarab
rostlash lineykaning tashqi tomonidan randalash yo‘li bilan bajariadi.
Tayyorlangan go‘niyaning to‘g‘riligini tekshirish uchun u bilan kontrol brusokni rejalab
ko‘riladi. Bitta qirra bo‘yicha go‘niyani ag‘darib tutish bilan chizilgan ikkita reja chizig‘i o‘zaro
parallel yoki ustma-ust tushsa, go‘niya aniq 90° burchak hosil qilib tayyorlangan bo‘ladi (reja
chiziqlari lineykaning ichki va tashqi qirralari bo‘yicha alohida-alohida chizib tekshiriladi).
Pardozlash mayin jilvir qog‘oz yordamida jilvirlab silliqlash bilan tugallanadi. Qirralar
jilvirlanmaydi. Aks holda go‘niyaliligi buziladi.
Talab etilishiga qarab go‘niya aliflanadi yoki loklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |