1990 yil boshiga kelib respublikada 9 mln. yoki respublika aholisining 45 foizi jon boshiga hisoblaganda oyiga 75 so’mdan kamroq daromadga ega edi. Bu esa kun kechirish uchun zarur bo’lgan eng past darajadagidan ham kamdir. 80-yillarda kundalik hayotda hammaga kerak bo’lgan mebel garnituri, xolodilnik, sifatli chang yutkich va boshqalarni topish muammoga aylanib qoldi.
50-yillarda sanoat va qurilish, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi tarqoqlikning respublika iqtisodini kompleks rivojlanishiga to’sqinligi yanada kuchaydi. Respublikaning sanoat va qurilish ishlari uchun huquqi va ma’suliyati cheklanganligi sababli, 1953 yili respublika ixtiyoridagi korxonalar jami sanoat mahsulotlarining 31 foizni ishlab chiqargan bo’lsa, ittifoqqa bo’ysungan korxonalarga 69 foiz to’g’ri keldi. 1956 yilda esa sanoat mahsulotlarining salmog’i 550 foizga ko’tarildi.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda xatolarga ham yo’l qo’yildi. Xususan Toshkent va Toshkent viloyatida yirik sanoat korxonalari
qurilib, sanoat ishlab chiqarish joylashtirishda nomutanosiblikni keltirib chiqardi. 1955 yil dekabrda O’zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimiga avval Vazirlar Kengashining raisi vazifasida ishlagan Nuriddin Muhiddinov saylandi. Shu davrdagi ko’plab ijobiy o’zgarishlarda N.Muhiddinovning shaxsan hissasi katta bo’ldi. Uning tashabbusi bilan Markaz qaramog’idagi yuzlab sanoat korxonalari respublika ixtiyoriga o’tkazildi. 1960 yillarda O’zbekiston sanoatida bir qancha o’zgarishlar yuz berdi. 1959-65 yillar 450 dan ziyod sanoat korxonalari (shundan 150 yirik) va sexlar ishga tushirildi. Toshkent, Navoiy, Taxiatosh issiqlik elektrostansiyalari, gazli gaz koni shular jumlasidandir.
1953 yili Setalontepa, 1955 yilda Jarqoq, 1956 yilda Gazli neft konlarining ochilishi natijasida gaz sanoatining moddiy bazasi yaratildi. 1958-1960 yillarda Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent magistral gaz quvuri qurilishi bilan respublika sanoat korxonalari, shahar va ayrim qishloqlarni gazlashtirish boshlandi.
Rangli metallurgiya sanoati sohasida Ohangaron, Olmaliq havzasi va Zarafshon tizma tog’lar konlari o’zlashtirildi.
Mashinasozlikning qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan sohasi 1959-1965 yillarda 1952-58 yillarga nisbatan keskin oshib ketdi.
Sobiq SSSRning 50-60 yillarda fan-texnika sohasidagi erishgan yutuqlarida O’zbekistonning qo’shgan hissasi katta bo’ldi. Urushdan avvalgi yillarda ham, Farg’ona vodiysida uranning bir necha manbalari ochilgan bo’lib, urushdan keyin barcha uran konlari ittifoq ixtiyoriga o’tkazilgan edi. Qizilqumda 50-60 yillarda jami 27 kompleks uran konlari ochildi. Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Zafarobod, Nurobod shaharlarida bir necha yuz kilometrni tashkil etgan temir yo’l, avtomobil yo’llari qurildi.
Urushdan keyingi qiyin sharoitda transport qurilishiga alohida e’tibor berildi. Amudaryoning chap qirg’oqlari bo’ylab 400 km masofaga Chorjo’y-Urganch temir yo’li qurildi. Bu bilan Ashxobod, Samarqand, Dushanbe, Toshkent va boshqa shaharlardan tovar, yo’lovchi poyezdlari Rossiya orqali Yevropa mamlakatlariga yo’l oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |