13-mavzu. Raqobat siyosatidan foydalanish muddatlari


O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining iqtisodiyotni barqaror rivojlanishidagi roli



Download 34,68 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2022
Hajmi34,68 Kb.
#680460
1   2   3
Bog'liq
13-MAVZU. RAQOBAT SIYOSATIDAN FOYDALANISH MUDDATLARI.

13.3. O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining iqtisodiyotni barqaror rivojlanishidagi roli.
Monopolizm rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishni amalga oshirayotgan mamlakatlarda yanada ko’proq muammolarni keltirib chiqaradi. Bu O’zbekistonga ham taalluqli bo’lib, mamlakatimizda tarixiy sabablarga ko’ra davlat tuzilmalariga o’xshash (uyushmalar, kontsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar) shakldagi monopoliyalar saqlanib qolgan.
Ular ko’pincha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo’ladilar.
Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko’rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litseziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to’siqlar monopolistik tendentsiyalarga ko’proq imkon yaratadi.
Shunga ko’ra, O’zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:
a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo’lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur;
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o’z ustunlik mavqelarini suiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishini ta’minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas.
Raqobatni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish natijalari bo’lib iqtisodiy agentlar faoliyatini tartibga solishda bozor mexanizmlari rolining kuchayishi, bozorga kirishdagi ma’muriy to’siqlarning bartaraf etilishi, iqtisodiyotning barcha sub’ektlari uchun raqobat sharoitlarining shakllanishi hisoblanishi lozim. Raqobatning rivojlanishidagi muhim strategik maqsad - iste’molchi tomonidan iqtisodiy jihatdan maqbo’l narxlarga barqaror ravishda sifatli ijtimoiy xizmatlarni olish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Raqobat muhitini rivojlantirishning ko’plab mexanizmlari mavjud. Bular - xususiylashtirish, tartibga solishdan qaytish, monopoliyadan chiqarish, kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar. Ulardan foydalanish mamlakatning tegishli bozorlaridagi holatga,iqtisodiyotning yaxlit rivojlanish darajasiga, ichki va tashqi omillarning ta’siriga bog’liq. O’zbekistonda qo’llaniluvchi usullarni ko’rib chiqamiz.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarish. Bu mexanizmlar bozorda amal qiluvchi raqobatchilar sonini oshirish imkonini beradi. Amaliyot shuni kursatadiki, xususiylashtirishning raqobat muhiti shakllanishiga ta’siri yirik korxonalarning raqobatbardosh bo’linmalarini mustaqil tuzilmalarga ajratish orqali ularni yiriklashtirishdan qaytarishni ko’zda tutuvchi demonopolizatsiya jarayoni bilan uyg’unlashgan holdagina samarali bo’ladi.
Mazkur jarayonlarni jadallashtirish maqsadida 2003 yilning aprel oyida respublika hukumati tomonidan Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning 2003-2004 yillarga mo’ljallangan dasturi qabul qilinib, unga ko’ra ikki yil mobaynida davlat mulkidagi korxonalarning 77% xususiylashtirilishi lozim. Mazkur dasturni amalga oshirish natijasida korxonalarning ustav kapitalida davlatning ishtiroki keskin qisqaradi, ularning investitsion faolligi oshadi, raqobat sharoitlari yaxshilanadi.
Bu tadbirlar shu bilan ayniqsa ahamiyatliki, xususiylashtirish hanuzgacha ko’plab tarmoqlarda raqobat muhitini yaratishda ahamiyatli o’zgarishlarga olib kelgani yo’q. Tarkibiy o’zgarishlar davomida oldingi tarmoq vazirliklari o’rniga tarmoq xo’jalik birlashmalari tashqil etildi. Bu xo’jalik birlashmalariga hukumat shunday keng vakolatlar berdiki, natijada ular davlat tomonidan tartibga solish funktsiyasiga ega bo’lgan «konuniy» monopoliyalarga aylandilar. Bu sanoatning deyarli barcha tarmoqlariga, turizm, tabiiy monopoliya sohalari tegishli bo’lib, bu sohalarda saqlanib qolgan tarmoqni tartibga solishning ma’muriy usullari samarali raqobat muhitini yaratish uchun jiddiy to’siqqa aylandi. Samarali raqobatning vujudga kelishi hamda bozorlarga yangi ishtirokchilarning kirib kelishidagi to’siqlarni bartaraf etish. Buyalish to’siqlar orqali xo’jalik sub’ektlariga tovar bozoriga kirish hamda u yerda ooshqa korxonalar bilan baravar ravishda raqobatlashuvga halaqit beruvchi xuquqiy, tashqiliy, texnologik, iqtisodiy, moliyaviy tavsifdagi barcha millar tushuniladi3.
Asosiy e’tiborni barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari faoliyati natijasida paydo bo’luvchi to’siqlar (soliq imtiyozi, subsidiya va jatsiya, mutloq huquqlarning taqdim etilishi ko’rinishida alohida .fkalik yurituvchi sub’ektlarga davlat yordami; korxonalar xo’jalik faoliyatini tartibga solishning ma’muriy usullarini qo’llash; standartlashtirish va sertifikatlash bo’yicha murakkab normativlar va boshqalar)ni bartaraf etishga qaratmoq lozim. Masalan, bugungi kunda u yoki ou mahsulotni ishlab chiqarishga sertifikat olish taomili bir necha oylarni qamrab olib, tegishli hujjatlarni olish yuz mingdan bir necha million so’mga qadar (ishlab chiqarilayotgan mahsulotning assortimenti va turlari sonidan kelib chiqqan holda) tushishi mumkin.


1 www.lex.uz O’zbekiston respublikasining qonun hujjatlar to’plami “Raqobat to’g’risida”gi qonun, 2012 yil 6 yanvar

2 www.lex.uz O’zR VMning 1997 yil 31 martdagi «O’zbekiston Respublikasining Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»gi Qonuni

3 Alimov R.O., Rasulev A.F., Qodirov A.M. “O’zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muammolari: nazariya va amaliyot”. Monografiya. T.:CONSAUDITINFORM - NASHR, 2006. – 438 b.

Download 34,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish