13-Mavzu. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo‘llari



Download 271,08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.05.2023
Hajmi271,08 Kb.
#945962
Bog'liq
13-mavzu-



13-Mavzu. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo‘llari
1. O’tish davrining o‘ziga xos xususiyatlari
2. O’tish davrining qonuniyatlari
3. O’tish davridagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini
o‘zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga о‘tish davri - та’muriy-
buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan о‘zgartirish hamda bozor
tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlarini amalga oshiriluvchi tarixiy
davrdir.
1980-1990-yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar
iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan ko‘rib
chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi.
Chunki, bu vaqtga kelib g‘arb mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A.Smit
davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni
iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni
markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g‘oyasi ham
inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan
yangi yo‘llarini qidirib topish zarur bo‘lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko‘pgina
rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning
yangi taraqqiyot yo‘li-ongli ravishda
boshqariladigan va tartibga
solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat
davlatlar shu yo‘lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o‘tish
yo‘llari (modellari) xilma-xil bo‘lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari
farqlanadi. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yollari
umumlashtirilib, quyidagi to’rtta asosiy turga bo‘linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo‘li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li;
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li;
4) sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish
mexanizmi bilan qo‘shib olib borish yo‘li. Bu yo‘llar turli tuman va har xil
bo‘lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi
shundaki, bu yo‘llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib
qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoydalari, amal qilish mexanizmi
ko‘p jihatdan umumiy bo‘ladi. Shu bilan birga har bir yo‘lning o‘ziga xos
xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning
ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o‘tishning rivojlangan mamlakatlar yo‘lida


oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor
iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor
iqtisodiyotiga
o‘tiladi.
Mustamlakachilikdan
ozod
bo‘lib,
mustaqil
rivojlanayotgan
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati – bu qoloq,
an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Nihoyat, sobiq
sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan,
ma’muriy-buyruqbozlikka
asoslangan
iqtisodiyotdan
hozirgi
zamon
rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan
farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi
yo‘q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka
asoslangan
iqtisodiyotdan
bozor
munosabatlariga
o‘tayotgan
mamlakatlarning o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi,
mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Hozirda
uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jalikni sotsializm qurish g‘oyalari asosida
yuritib kelgan, keyinchalik ushbu g‘oyalarning muhim jihatlarini saqlab
qolgan holda bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtirish orqali o‘ziga xos o‘tish
yo‘lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko‘rsatish mumkin.
Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat ma’muriy-buyruqbozlik
iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali
samarali
bozor
iqtisodiyotini
vujudga
keltirish
borasida
sezilarli
muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning barchasi bozor iqtisodiyotiga
o‘tish yo‘llarining o‘ziga xos xususiyatlaridir. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha,
bozor iqtisodiyotiga
revolyusion yol
bilan, ya’ni jadal usulda yoki
evolyusion
yol
bilan, ya’ni bosqichma bosqich o‘tish mumkin. Birinchi holda, tub
islohotlarni o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy
munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etilib, “karaxt qilib
davolash” usuli (“shokovaya terapiya”) deb ataladi. Eski iqtisodiy
munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira
borib, samarali bozor iqtisodiyotini
shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
evolyusion yo ‘ l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va
muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o ‘ tish yo ‘ llarigina emas, balki
uning andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor
iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning
milliy xususiyatlari va
an ’ analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma ’ lum
andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga


qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina,
Polsha andozalari va hokazo. Ma‘muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi
zamon bozor iqtisodiyotiga o ‘ tishning zarurligi iqtisodiy o ‘ sish ekstensiv
omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar
iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega:
1) uning moslashuvchan emasligi, ro ‘ y berayotgan o ‘ zgarishlarga juda
sekinlik bilan moslashib borishi;
2)xo ‘ jalik yuritish tashabbuskorligini “yo ‘ qotib yuborish” oqibatida
samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi.
Ma ‘ muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o ‘ tish ko ‘ plab
mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni
erkinlashtirish,
chuqur
institutsional
(eng
avvalo,
mulkchilik
munosabatlarida) o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida
moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo
etadi. Ma‘muriy-buyruqbozlik tizimini
o ‘ zgartirish mazkur tizim asosining o ‘ zgarishini hamda uni sifat jihatidan
farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi
o‘zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi. O’tish
davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo‘jalik
hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek,
davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga
yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq
etilib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
- narxlarning asosan, talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o‘tish;
-ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini
pasaytirish.
2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu
yo‘nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
-barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar
yaratilishi;
-bozorga xorijiy raqobatchilarning ham kirishi uchun imkon berilishi;
-kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlarni olib
tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab quvvatlash va tarmoqqa


kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish;
-tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish
va boshqalar.
3. Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalarni
qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy sektorni
yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya
fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va
boshqalar.
4. Tarkibiy o‘zgarishlar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va
uning
alohida
tarmoqlari
tarkibida
oldingi
tizimdan
qolgan
nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan.
Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va
tashqi bozorlarda to‘lovga qodir talabga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab
chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda bu
jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti
barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazilib turadi. Bu
yo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-
buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy
sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida
namoyan bo‘ladi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘lishi bozor
munosabatlarining me’yorda qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun
uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim hisoblanadi.
Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini
cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini
ta’minlash va boshqalar kiradi.
6. Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan tizimini
shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlashga o‘tishga yo'naltirilgan.
Bozor tizimining ko‘rsatib o‘tilgan asosiy unsurlari shakllanishining
yakuniga etishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi.
O‘tish davri iqtisodiyoti: xususiyatlari, ko‘rinishlari va funksiyasi
Iqtisodiyotda o‘tish davri iqtisodiyoti degan atama mavjud. O’tish davri
iqtisodiyoti bu biror bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi iqtisodiy tizimga o‘tish
holatidir. Ushbu o‘tish jarayoni natijasida o‘tish tizimining yangi


xususiyatlarini shakllanishi, rivojlanishi va ushbu tizimning tarkibiy
asoslarini tubdan o‘zgarishi amalga oshadi.
O’tish iqtisodiyotining quyidagi asosiy xususiyatlari mavjud:
1.O’tish davri iqtisodiyotida yangi iqtisodiy tizim uchun asos yaratishi kerak,
bunda uning turli iqtisodiy tarmoqlari ham o‘z navbatida qayta
tiklanadi.O’tish davri iqtisodiyotida "bazaviy" atama muhim hisoblanadi va u
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga egalik shaklini;
- iqtisodiy munosabatlarning shakllari;
- iqtisodiy ishtirokchilar o‘rtasidagi faoliyatlarni muvofiqlashtirish shakli.
Yangi iqtisodiyotning bazasi yaratilgach, iqtisodiy tizimning o‘tish davri
tugallanib, yangi sifat bosqichga o‘tadi.
2.O’tish iqtisodiyotining muhim xususiyati bu uning murakkab tuzilishidir.
Bunda iqtisodiy tuzilishi o‘zgarishga uchrab, nafaqat iqtisodiy aloqalar turini
o‘zgarishi balki bu mamlakatda bir vaqtning o‘zida turli xil mulkchilik
shakllari ham o‘zgarishga uchraydi. Shunday qilib, o‘tish davri iqtisodiyoti
eski va yangi asoslarning mavjudligi bilan bir qatorda, iqtisodiy subyektlar
o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni turli xil shakllari mavjudligi bilan tavsiflanadi.
3. O’tish davri iqtisodiyoti nobarqaror rivojlanish holati bilan ajralib turadi,
chunki eski munosabatlarning o‘zgarishi yangi institutlar va qoidalar yo‘q
bo‘lgan sharoitda amalga oshadi, buning oqibatida esa eski va yangi
iqtisodiy manfaatlar to‘qnashishuvi sodir bo‘ladi.
4. O’tish davri ancha vaqtni talab qiladi, bu esa bir necha omillar bilan
izohlanadi:
• o‘zgarishlarning murakkabligi va mos kelmasligi;
• tabiiy omillar;
• bir vaqtning o‘zida texnologik bazani qayta tiklash, iqtisodiyotni
o‘zgartirish, yangi iqtisodiy institutlarni shakllantirish imkoniyati.
Bu o‘rinda aytish lozimki o‘tish va aralash iqtisodiyotlar umumiy
xususiyatga ega:
-bozorni o‘zini o‘zi tartibga solish va davlat orqali tartibga solish usullarining
mavjudligi;
-kapitalistik shakl va iqtisodiy rivojlanishning ijtimoiy yo‘naltirilganligi birga
kelishi va boshqalar.
Biroq, bu turdagi iqtisodlar ham sifat jihatidan farq qiladi. Ulardan
ba’zilariga e’tibor beramiz.
Birinchidan, aralash iqtisodiyot - bu bozorni va hukumatni birgalikda
tartibga solishni amalga oshishi, iqtisodiyotni bir butun sifatida
rivojlantirishni birlashtirgan zamonaviy iqtisodiy tizimdir.


Ikkinchidan, aralash iqtisodiyot dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlarda
zamonaviy tizim sifatida mavjuddir.
O’tish iqtisodiyotiga kelsak, u:
- o‘z iqtisodiy asoslarini qayta takomillashtirilmaydi, biroq u bir iqtisodiy
tizimdan ikkinchisiga o‘tish uchun asos rolini o‘taydi;
- aralashgan iqtisodiyotdan farqli o‘laroq, u beqarorlik bilan tavsiflanadi;
- o‘tish iqtisodiyoti nisbatan kichik vaqtni qamrab oladi, aralash iqtisodiyot
esa iqtisodiy tizimning doimiy holati bilan tavsiflanadi.
Zamonaviy aralash iqtisodiyotda davlat quyidagi funksiyalarni bajarishi
kerak:
1) tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining institutsional va huquqiy asoslarini
ta’minlash (mulk huquqini va mulk shakllarini aniqlash, shartnoma tuzish va
bajarish shartlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi
munosabatlar, tashqi iqtisodiy faoliyatning umumiy prinsiplari va
boshqalar);
2) bozor munosabatlardagi salbiy oqibatlarini bartaraf etish yoki bozor
amalga oshira olmaydigan jarayonlar - aholini asosiy tovarlarga ehtiyojlarini
qondirish; milliy mudofaa, ekologiya, ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash va boshqa
masalalarni hal qilish;
3) iqtisodiy siyosatni amalga oshirishga qaratilgan yo‘nalishlar:
- Bozor mexanizmlarining ishlashini ta’minlash;
- davriy o‘zgarishlarni yumshatish;
- iqtisodiy shoklarning oqibatlarini bartaraf etish;
- uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning shart-sharoitlarini ta’minlash
(ayniqsa, moliya, pul va qurilish siyosatida);
4) faol monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish;
5) mavjud daromadlarni qayta taqsimlash orqali jamiyatda barqaror ijtimoiy
muhitni saqlab qolish;
6) makroiqtisodiy muvozanatni tiklash va saqlashga qaratilgan (xususan,
to‘liq bandlik, barqaror narx darajasi) davlatning barqarorlashtirish
siyosatini olib borish. Iqtisodiyotda rasmiy va real barqarorlik mavjud.
Rasmiy barqarorlik - makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (inflyatsiya, ishsizlik,
yalpi ichki daromadning o‘zgarishi) bo‘yicha barqaror holatga erishishdir.
Real barqarorlik nafaqat ishsizlikning pasayishi, balki ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarni ham mavjudligini
anglatadi.

Download 271,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish