Talab qilinadi:
1. “FARAVON-TURMUSh” XKning xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘lar manbalarini turkumlang va hisobot davri boshiga buxgalteriya balansini tuzing.
2. Sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini hisob registrlarida hisobga oling va guruhlashtiring.
3. Hisobot davri uchun oborot vedomostini tuzing.
4. Bosh daftarda tegishli sintetik schotlarni oching. Tegishli schyotlar bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlarni o‘tkazing. Oborot vedomostidan yanvar oyidagi schotlar bo‘yicha oborotlarni va oxirgi qoldiqlarni aniqlang.
5. Hisobot davri oxiriga buxgalteriya balansini va “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida”gi hisobotni tuzing.
2. “UMID-GULShANI” xususiy korxonasi (XK) keyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Xususiy korxonaning 2019 yil 01 yanvar holatiga quyidagi mablag‘lari va mablag‘lar manbalari mavjud bo‘lgan:
Asosiy vositalar – 195 240 000 so‘m, Ustav kapitali – 86 800 000 so‘m, Taqsimlanmagan foyda – 10 350 000 so‘m, Materiallar – 34 200 000 so‘m, Budjetga soliqlar bo‘yicha qarzlar – 1 900 000 so‘m, Davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz – 1 800 000 so‘m, Yoqilg‘i – 1 700 000 so‘m, Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzdorlik – 5 500 000 so‘m, Mehnat haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar – 12 000 000 so‘m, Rezerv kapitali – 6 500 000 so‘m, Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish – 95 500 000 so‘m, Qisqa muddatli bank krediti – 120 000 000 so‘m, Kassadagi pul mablag‘lari – 5 000 so‘m, To‘lanadigan dividendlar – 8 500 000 so‘m, Qisqa muddatli qarzlar – 12 000 000 so‘m, Mehnat haqi bo‘yicha qarz – 18 000 000 so‘m, Hisob-kitob schyoti – 123 705 000 so‘m.
“UMID-GULShANI” xususiy korxonasining 2019 yil yanvar oyidagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida quyidagi xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lgan:
2019 yil 2 yanvarda mol yetkazib beruvchilardan 50 000 000 so‘mlik materiallar olindi. 2019 yil 20 yanvarda mazkur materiallar qiymati to‘lab berildi.
Xususiy korxonani budjetga soliqlar bo‘yicha qarzlari 1 900 000 so‘m 2019 yil 5 yanvarda tuman soliq inspektsiyasiga o‘tkazib berildi. Shuningdek, davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz 1 800 000 so‘m ham shu sanada o‘tkazib berildi.
2019 yil 6 yanvar kuni mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan bo‘lgan 5 500 000 so‘mlik qarzdorlik hisob-kitob schyotidan to‘lab berildi.
Xususiy korxonaning qisqa muddatli bank kreditlarining bir qismi 12 000 000 so‘m 2019 yil 10 yanvarda hisob-kitob schyotidan to‘landi.
Qisqa muddatli bank krediti bo‘yicha 3 000 000 so‘m foiz hisoblandi va hisob-kitob schyotidan o‘tkazib berildi.
2019 yil 12 yanvarda ishlab chiqarishga 69 000 000 so‘mlik materiallar berildi.
Hisob-kitob schyotidan 2019 yil 18 yanvarda ish haqi va xizmat safari uchun avans olindi - 19 000 000 so‘m.
Kassadan to‘lov vedomostiga asosan 2019 yil 19 yanvarda 18 000 000 so‘m ish haqi tarqatildi. Hamda 1 000 000 so‘m xizmat safari uchun avans berildi.
Ish haqi hisoblandi (26.01.2019 yil):
asosiy ishlab chiqarish xodimlariga - 30 000 0000 so‘m;
ma’muriy boshqaruv xodimlariga – 8 000 000 so‘m.
hisoblangan ish haqiga nisbatan yagona ijtimoiy to‘lov (YaIT-12%) hisoblandi (o‘zingiz hisoblang va hisobga oling);
ishlarga hisoblangan ish haqidan daromad solig‘i hisoblandi (o‘zingiz hisoblang va hisobga oling);
hisoblangan ish haqiga nisbatan 1 % kasaba uyushmasiga ajratma hisoblandi (o‘zingiz hisoblang va hisobga oling).
hisoblangan ish haqiga nisbatan 0,1 % shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamiga ajratma hisoblang.
2019 yil 28 yanvar kuni hisob-kitob schyotidan to‘lanadigan dividendlar uchun 8 500 000 so‘m naqd pul olindi. Shu kunning o‘zida kassadan dividendlar tarqatildi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblandi (2019 yil 29 yanvar):
asosiy ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalarga – 7 400 000 so‘m
ma’muriy maqsadlarda foydalanayotgan asosiy vositalarga – 1 700 000 so‘m.
Hisob-kitob schyotidan 2019 yil 30 yanvar kuni qisqa muddatli qarzlar to‘lab berildi.
Xususiy korxona hisobot davrida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tayyor mahsulotlarni haqiqiy tannarxida omborga qabul qildi (2019 yil 30 yanvar).
Xususiy korxonada o‘tkazilgan inventarizatsiya ma’lumotlariga ko‘ra kassada 5000 so‘m naqd pul kamomadi aniqlandi. Aniqlangan kamomad summasi moddiy javobgar shaxs, kassir A.Safarovdan naqd pulda undirishga qaror qilindi (2019 yil 31 yanvar).
Xususiy korxona hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlari haqiqiy tannarxida sotishga chiqarildi va xaridorlarga shartnoma asosida mahsulotlarni jami 120 000 000 so‘mga realizatsiya qildi.
Xaridorlardan 2019 yil 31 yanvar kuni sotilgan tayyor mahsulotlarning bir qismi 60 000 000 so‘m hisob-kitob schyotiga kelib tushdi.
Xususiy korxona yagona soliq to‘lovchisi hisoblanadi. Belgilangan soliq stavkasi – 4 %.
Do'stlaringiz bilan baham: |