30-modda. Jamoa shartnomasi (bitimi)
Jamoa shartnomasi (bitimi) hamma turdagi korxonalarda tuzilishi mumkin va u O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid bo‘lmasligi lozim.
Korxonadagi ishlab chiqarish va mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish, jamoaning ijtimoiy taraqqiyoti va jamoa a’zolarining salomatligi masalalari jamoa shartnomasi (bitimi) bilan tartibga solinadi.
Jamoa shartnomasi (bitimi) tuzish yoki uni bajarish chog‘ida kelishmovchilik chiqqan taqdirda bu kelishmovchilik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |