V BO‘LIM. KORXONA XO‘JALIK FAOLIYATINING ASOSLARI
18-modda. Korxona oladigan foyda (daromad)
1. Hamma turdagi korxonalarda xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini umumlashtiruvchi asosiy ko‘rsatkich foydadir (daromaddir).
2. Soliqlarni va byudjetga boshqa to‘lovlarni to‘lashdan keyin korxonada qolgan foyda (daromad) (sof foyda) to‘la-to‘kis uning tasarrufiga o‘tadi va qonunlarda nazarda tutilganidan bo‘lak hollarda tortib olinmaydi. Korxona, agar ustavda o‘zga hol ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, sof foydani (daromadni) qaysi sohalarga ishlatishni mustaqil belgilaydi.
3. Qonun hujjatlarida yoki korxona ustavida ko‘zda tutilgan hollarda sof foydaning bir qismi korxona mehnat jamoasi a’zolariga mulk qilib topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |