13-mavzu. Keynschilik va yangi keynschilik



Download 86,75 Kb.
bet9/10
Sana22.01.2022
Hajmi86,75 Kb.
#400681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1kcoK3MJWPAJinkhsHDM3KMKEBStx5AC

Yangi keynschilik





  1. yillarning ikkinchi yarmida J.M.Keyns nazariyasi asosida yangi keynschilik shakllandi. Uning ancha ko’zga ko’ringan vakillari amerkalik E.Xansen (1887–1975), P.Samuelson (1915 y. tug’ilgan), E.Domar (1914), S.Xarris (1897–1974), R.Solou (1924 y. tug’ilgan), ingliz R. Xarrod (1900– 1978) lar hisoblanadi.

Yangi keynschilikning asosiy tadqiqot ob’ekti makroiqtisodiy miqdorlarning (yalpi talab, yalpi taklif, yalpi, jamg’arma) o’zaro ta’siri hisoblandi. Masalaga bunday yondashuv stiklli ishsizlik, inflyastiya, iqtisodiy o’sish muammosini tahlil qilishga yordam beradi.

Yangi keynschilar (E.Domar, R.Xarrod) iqtisodiy o’sish nazariyasini ishlab chiqdilar. Undagi asosiy muammo – realizastiya muammosi hisoblanadi. Bu nazariyaga muvofiq, iqtisodiyot dinamik muvozanat holatda bo’ladi, agar talab ishlab chiqarish resurslaridan to’la foydalanish imkonini bersa. Talab bog’liq bo’lgan milliy daromadning ko’payishi, ularning fikriga ko’ra, faqat kapital jamg’arilishi funkstiyasi hisoblanadi, kapitalga bo’lgan talab esa, faqat milliy daromadning o’sish sur’ati bilan aniqlanadi.

Iqtisodiy o’sishning yangi keynschilik modelida iste’mol va jamg’arma o’rtasidagi o’zaro miqdoriy bog’liqlik, «multiplikator- akselerator» tizimi asosiy o’rinda turadi. Investistiya (kapital jamg’armasi me’yori) va ishlab chiqarishning kapital sig’imi (kapitalning ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbati) iqtisodiy o’sishning asosiy omillari hisoblanadi.

Yangi keynschilar industriallashtirish paytida kapital sig’imining o’sish moyilligini va «etuk iqtisodiyot» davrida pasayishini payqadilar. Iqtisodiyotda jamg’armaning investistiyalardan ortib ketishi korxonalarning to’la quvvat bilan ishlamasligiga va ishsizlikka olib keladi. Investistiyalarga bo’lgan talabning jamg’armadan ortib ketishi baholarning o’sishini keltirib chiqardi.

Yangi keynschilar iqtisodiyotni bilvosita va bevosita tartiblash chora- tadbirlarini ishlab chiqdilar. Bilvosita ta’sir ko’rsatish usuliga soliq siyosati, byudjet orqali moliyalashtirish, kredit siyosati, tezlashtirilgan amortizastiyalar kiradi.

J.M.Keyns tomonidan taklif qilingan ssuda foizini tartiblash keng qo’llaniladi. Asosiy kapitalga kapital qo’yilmasini rag’batlantirish uchun foiz me’yorini o’zgartirish, birinchi navbatda uzoq muddatli kreditlashga nisbatan olib boriladi. Davlat krediti ishlab chiqarishning tarmoq tuzilishini o’zgartirishda, eksport tarmoqlarini rag’batlantirishda, iqtisodiyotning qoloq bo’g’inlarini qo’llab-quvvatlashda, infratuzilmani rivojlantirishda, texnika taraqqiyotini jadallashtirishda muhim rol o’ynay boshlaydi.



Yangi keynschilar multiplikator prinstipini akselerator (jadallashtirish) prinstipi bilan to’ldirdilar. Multiplikator prinstipi bo’yicha investistiya ish bilan bandlikni ta’minlab daromadni oshiradi. Akselerator prinstipiga ko’ra daromadlarning o’sishi konkret sharoitda investistiyaning ko’payishiga olib kelishi ham mumkin. Buning ma’nosi shundan iboratki, daromadlarning ko’payishi yalpi talabning oshishiga olib keladi, yalpi talabning oshishi esa, ishlab chiqarishning kengaytirilishini taqozo etadi va demak, yangi investistiyalarga bo’lgan talab kelib chiqadi. Akselerator daromad o’sishi bilan kelgusi investistiyalar o’simi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.

Download 86,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish