olishlariga, uning so‘zini hujjat qilib olishlari va Xudodan kelgan vahiy deb tan
olishlariga erisha oldi.
Pavlus ana shunday ajoyib sifatlari bilan do‘st Barnaboni Iso Masihni
ko‘rganiga ishontira oldi va shogirdlar o‘rtasida birinchi darajani egallashga erishdi,
vaholanki, u ularga fitna, balo va shaytonning hiylasi bo‘lib kelgandi. Ana shunday
kuchli sifatlar bilan u havoriylarni uning o‘tmishini unutishlari va uni faqat yaxshi
inson deb qabul qilishlariga erisha oldiki, hatto ko‘pchilik ichida uning so‘zini rad
qila olmay qoldilar. Hatto borib-borib hozirgi masihiylik Pavel tabiatining
ko‘chirmasiga aylandi qoldi. Dinlar borasida shug‘ullangan va undagi shaxslarning
holatlari va tutgan mavqelarini biladigan kishilar gohi: “Qanday qilib bir dinga kofir
bo‘lgan odam hech qanday turtkisiz bir yumalab shu dinga qattiq e’tiqod qilish
holatiga o‘tib qoldi?” deb ajablanadilar. Bunga uncha ajablanmasa ham bo‘lar edi,
qachonki bu kufrdan iymonga o‘tishning o‘zidangina iborat bo‘lsa. Chunki bunga
misollar ko‘pdir. Lekin hammadan ajablanarlisi bir shaxsning bir dinga nisbatan
mutlaq kufrdan, o‘zi kofirlik qilgan, qarshi chiqqan, dushmanlik qilgan xuddi shu
dinga payg‘ambarlik darajasiga ko‘tarilishidir. Mana buning o‘xshashi ham, misoli
ham ko‘rilmagan, bu narsa hech bir nabiy va rasulda sodir bo‘lmagan hodisadir.
Mana masihiylar o‘zlari iymon keltirib rivoj qiladigan yahudiylar Tavroti, qadimgi
Ahd kitoblaridan biror-bir payg‘ambarning hayotining avvalida vahiyni qabul
qilishga tayyorgarligi bo‘lmay, ilhom ahlidan bo‘lishi uchun pokiza nafsli bo‘lmay
elchilik vazifasiga tayinlanganini bizga zikr qila oladilarmi? Payg‘ambarlikdan
ilgari uning alomati mavjud bo‘lmas ekan hech, bo‘lmasa unga qarama-qarshi turish
sodir bo‘lmagan bo‘lishi kerak-ku! Lekin hayratomuz Pavlus o‘z zamonida bu
taajjubni yengib, o‘zidan keyin masihiylarni unga so‘zsiz itoat etishga majbur qila
oldi va uning so‘zlari, ra’y-fikrlari hamda ta’limotlarini o‘rganayotganlarida aqlni
unutib qo‘yishlariga imkon topa oldi.
Garchi Pavlusning zakovati va ustaligi ko‘pchilikning aql ko‘ziga parda tortgan
bo‘lsada, masihiylar ichida uning so‘zlariga qarshi kuchli mulohaza bildirib inkor
qiluvchi va botilga chaqiruvchi kishilar ham bo‘lgan. Ruhoniy Abdulahadning
so‘zini keltiramiz: “Yangi ahd kitoblaridan 15 ta maktub ushbu Pavel) ismini o‘z
ichiga oladi. Agar sen hozirgi masihiylikning haqiiqiy muassisi Pavlus desang
hayratga o‘rin yo‘qdir. Benyamin urug‘idan, farziylar mazhabidan hamda
zamonasining olimlaridan birinchi shogirdi bo‘lgan... Tarslik yigit Shoul, qaysiki u
Iso nomini va unga ergashganlarni yer yuzida yo‘q qilib yuborish yo‘lida ijtihod
qilgan, qaysiki o‘zining Nazaretlik dushmanini ya’ni Isoni) peshin payti osmondan
tushgan nur atrofini yoritib yuborganda ko‘rgan bu yigit hidoyat topdi va Pavlus deb
nomlandi. Ana u Isaviylik asosini qo‘ygan kishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: