taxlimot, dasturlar kup bulgan. 2-dan, bu dinlar tarkalgan xududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy kurash
kuchaygan; 3-dan, bu dinlarga ishonadigan xar xil xalklarning moddiy, siyosiy manfaatlari, madaniy
rivojlanish darajalari xar xil bulgan, Islomda VII asrning 2-yarmidayok eng avval xorijiylar yunalishi
shakllangan; undan sung islom ikki yirik okim - sunniylik va shialikka ajralgan; musulmonlar orasidagi
ixtiloflar diniy taxlimot masalalarida bunday ajralishga sabab bulgan; shu bilan birga islom shakllanganda
urush - janjallar uzluksiz sodir bulib turgan; bular shu dinning birligi, yaxlitligiga putr yetkazib, uning
bulinishlariga sabab bulgan.
Sunniylik islomda sobit kadam, izchil, barkaror xisoblangan okimdir. Musulmonlarning 92,5
foizi shu okim tarafdoridir. Sunna arab tilida odat, anxana, amaliy xarakat degan suzdan olingan. Sunna
deb Muxammad (SAV) xadislari tuplamini aytadilar. Sunnat esa farzdan farkli xolda bajarilishi ixtiyoriy
bulgan dastur, amal, kursatmadir.
Sunniylar Sunnani Kurxondan keyingi asosiy mukaddas manba, xadislar tuplami deb xisoblashadi.
Kurxon, xadislar xaqida esa bundan keyingi leksiyada fikr yuritamiz.
Shialik gurux, partiya, tarafdor degan maxnoli arabcha " Shia" degan suzdan olingan. U VII asrning
2-yarmida maxsus siyosiy gurux siffatida yuzaga kelgan; u xalifa Ali tarafdorlarini uz doirasiga olgan;
u goyat kup sektalarga bulinib ketgan; bular orasida ismoiliylar eng yirigi bulib, xozir taxminan 35 mln.ga
yakin axzoga ega; ularga ogaxonlar deb atalgan diniy arablar yetakchilik kiladi. Bu sekta xaqida
kuyirokda batafsil tuxtalamiz.
Shialar Sunnani tan olmaydilar, ularning «Axborotlar»- xabarlar nomli uz mukaddas yozuvi bor:
ular musulmonlarning tanxo xokimi Xazrat Alidir. Xukmronlik kilishga fakat uning avlodlari xaklidirlar
deb daxvo kilganlar. Shialar extikodida ular uchun eng asosiy masala «goyib bulgan», «yashiringan» 12
imomga siginish bilan boglik goyadir. Unga kura 9- asr oxirida yashiringan imomi Maxdiy bu dunyoga
bir kun kaytib kelib, tenglik, obodlik, adolat, farovonlik, tinchlik, baxt-saodat urnatishiga ishonishdir.
Shialar shaxidlarga xususan Xusayn ruxiga siginadilar. Bunday siginish «shaxsey- vaxsey» degan
mashaqqatli, murakkab odatda ifodalanadi; mutaassib shialar ashuro- motam kunlarida uzlarini ayovsiz
qiynoqqa soladilar. Xusayn ruxiga nolalar qiladilar, motam tutadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: