13 мавзу: Ички секреция безларининг тузилиши



Download 1,42 Mb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi1,42 Mb.
#236287
  1   2   3
Bog'liq
Ovqat hazim qilish tizimi fizyologiyasi va tizimi.


Ovqat hazim qilish tizimi fizyologiyasi va tizimi.
Ovqat hazm qilish sistemasi — odam va hayvonlar organizmida oziqmoddalarning qayta ishlanishi va hazm boʻlishini taʼminlaydigan organlar majmui. Koʻpchilik bir hujayralilar (mas, amyoba)da Ovqat hazm qilish sistemasi.q.s. funksiya-sini ovqat hazm qilish vakuollari bajaradi. Bundan tashqari, ayrim bir hujayralilar (mas, tufelka)da oziq kiradigan (ogʻiz, halqum) va oziq qoldiqlari chiqadigan maxsus teshikchalar ham boʻladi. Tuban koʻp hujayralilar (mas, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, ichaksiz turbellariyalar)da oziq maxsus hujayralar ichida hazm boʻladi. Umurtqasiz hayvonlar Ovqat hazm qilish sistemasi q.s. juda xilma-xil. Eng oddiy tuzilgan hayvonlar (boʻshliqichlilar, taroqlilar) Ovqat hazm qilish sistemasiq.s. ogʻiz teshigi bilan boshlanadigan va shu teshik bilan tamom boʻladigan gastral boʻshliqdan iborat. Koʻpchilik hayvonlar (nemertinalar, toʻgarak chuvalchanglar, mollyuskalar, halqali chuvalchanglar, boʻgʻimoyoqlilar)rz- Ovqat hazm qilish sistemasiq.s. oldingi, oʻrta va orqa boʻlimlardan tashkil topgan boʻlib, ogʻiz va anal. teshik or-qali tashqi muhit bilan bogʻlangan. Odam va umurtqali hayvonlar Ovqat hazm qilish sistemasiq.s.ning tuzilishi oziqlanish xususiyati va sharoitiga bogʻliq. Ovqat hazm qilish sistemasiq.s. nayining ol-dingi qismi ixtisoslashib, ogʻiz boʻshligʻi, halqum va qiziloʻngacht hosil qiladi. Ogʻiz boʻshligʻida jagʻlar, tishlar, shilimshiq va soʻlak bezlari, til va boshqa joylashadi. Ovqat hazm qilish sistemasiq-S.ningoʻrta qis-mi hisobidan oshqozon, ingichka ichak, jigar, oshqozon osti bezi vujudga keladi. Ovqat hazm qilish nayining ke-yingi qismi yoʻgʻon ichak, toʻgʻri ichak va anal teshikdan iborat. Qiziloʻngach, oshqozon, ingichka ichak va yoʻgʻon ichak birgalikda ovqat hazm qilish nayini hosil qiladi; uning devori shilim-shiq, seroz va muskul qavatlaridan tashkil topgan. Evolyusiya jarayonida hayvonlar tanasining yiriklashuvi tufayli bilan ovqat hazm qilish nayi shilimshiq qavati yuzasi har xil yoʻl bilan (ichakning uzayib sirtmoq hrsil qilishi, burmalar p a ydo boʻlishi, shilimshiq qavat vorsinkalarining rivojlanishi, epiteliyning ichak devoriga yoki ichak boʻshligʻiga botib kirishi or-qali) kengayib borgan. Ana shu tariqa juda koʻp sonli mayda (ichak devori) yoki yirik (jigar, oshqozon osti) bezlar hosil boʻlgan. Ovqat hazm qilish nayi shilimshiq qavati ostida himoya funk-siyasini bajaradigan limfoid folli-kulalar joylashgan. Ovqat hazm qilish sistemasiq.s. qon va limfa tomirlari bilan taʼminlangan. Ovqat hazm qilish sistemasiq.yening funksional faoliyati murakkab neyro-gumoral va gormonal mexanizmlar orqali boshqariladi. Bu jarayonda Ovqat hazm qilish sistemasiq.s.ning oʻz gormonlari asosiy ahamiyatga ega Odam hayot faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o‘sib, rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida mexanik maydalanadi, kimyoviy parchalanadi, so’riladi.

Odamning hazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo‘lib, devori uch qavatdan: ichki shilliq, o‘rta-muskul, tashqi-seroz qavatlaridan tuzilgan. Ovqat hazm qilish kanaliga: og‘iz bo‘shlig‘i va undagi organlar xalqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichaklar, yirik bezlardan jigar, me’da osti bezi kiradi.

Ovqatning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo‘ladi.

Og‘iz bo‘shlig‘i daxlizi va xaqiqiy og‘iz bo‘shlig‘idan tashkil topgan bo‘lib, bu erda ovqat tishlar yordamida mexanik maydalanadi, so‘lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so‘lak yordamida qisman kimyoviy parchalanadi.

Og’iz bo’shlig’i bezlariga (glandulae oris) naychalari og’iz bo’shlig’iga ochiladigan katta va kichik so’lak bezlari kiradi. Kichik so’lak bezlari og’iz bo’shlig’i shilliq pardasida yoki shilliq osti asosida joylashib kattaligi 1-5 mm bo’ladi. Joylashgan joyiga qarab lab bezlari (glandulae labiales), lunj bezlari (glandulae buccales), tanglay bezlari (glandulae palatinae) va til bezlari (glandulae linguales) tafovut qilinadi.

Ishlab chiqargan suyuqligi tarkibiga qarab so’lak bezlari seroz, shilliq va aralash bezlarga bo’linadi. Seroz bezlar (til bezlari) oqsilga boy suyuqlik, shilliq bezlari (tanglay bezlati) shilliq, aralash bezlar (lab, lunj bezlati) aralash suyuqlik ishlab chiqaradi.

So’lak bezlari birlamchi og’iz bo’shlig’ini qoplagan ektoderma epiteliyidan rivojlanadi. Og’iz bo’shlig’i yon devori epiteliyi o’sib mayda lunj so’lak bezlarini, yuqori devori epiteliyi tanglay, lab sohasi epiteliyi esa lab bezlarini hosil qiladi.

K atta so’lak bezlariga quloq oldi, jag’ osti va til osti so’lak bezlari kirib, ular og’iz bo’shlig’idan tashqarida joylashsada, naylari og’iz bo’shlig’iga oc hiladi.

Quloq oldi bezi (glandula parotoidea) seroz suyuqlik ishlab chiqaruvchi bez bo’lib, og’irligi 20-30 g. U eng katta so’lak bezi bo’lib, noto’g’ri shaklga ega. Quloq oldi bezi quloq suprasini oldida va pastida, pastki jag’ suyagi shoxining tashqi yuzasida joylashib, qisman chaynov mushagini yopib turadi. Uni tashqi tomondan fastsiya va teri qoplagan. Yuqorida bez yonoq ravog’igacha borsa, pastda pastki jag’ burchagigacha tushadi1.

Ona qornida bolaning 5 oyligidan boshlab sut tishlarining hujayralari vujudga kela boshlaydi. Bolaning 6-8 oyligidan boshlab, sut tishlari chiqa boshlaydi. Avval 6 oylikdan kesuvchi so‘ng sut tishlari, kichik oziq tishlar chiqadi. Sut tishlari 20 ta bo‘ladi: 2ta kesuvchi, 1ta qoziq, 2 ta kichik oziq tishlari. Sut tishlari 6-7 yoshdan boshlab doimiy tishlar bilan o‘rin almashinadi. Bolaning 7 yoshida birinchi katta ozik tishi, 8 yoshida 1nchi kesuvchi tishi, 9 yoshida 2 chi kesuvchi, 10 yoshda 1 chi kichik oziq tishi, 13-16 yoshida katta og‘iz tishi, 11-15 yoshida 2 chi oziq tishlar; 18-20 yoshida 3 nchi oziq tishlar chiqadi. Bolalarning sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinish davrida tishlarni parvarish qilishni o‘rgatish lozim. Uxlashdan avval tishlarni chutka va poroshok bilan tozalash, ovqatlangandan so‘ng og‘izni iliq sovuq suv bilan chayqash zarur. Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilishi, tishi bilan qattiq narsalarni maydalashi mumkin emas.

Oshqozon ovqat hazm qilish kanalining kengaygan qismi hisoblanib, katta odamlarda noksimon shaklida bo‘ladi. Oshqozonning kirish va chiqish qismlari, tubi, katta, kichik aylanalari ajratiladi, oshqozonning kirish va chiqish qismlari muskullardan tuzilgan bo‘lib, sfinter deb yuritiladi. Oshqozon ham boshqa hazm kanallari singari shillik, muskul, seroz qavatlaridan tuzilgan bo‘ladi. Oshqozon shillik qavatining ostida 14 mln. oshqozon bezlari joylashgan bo‘ladi. Oshqozon muskullari qisqargan vaqtda ovqat aralashadi. Oshqozonning xajmi katta odamlarda o‘rta hisobda 2,5-3 dmetadi. Ularda bir sutkada 1,5-2 dm3 oshqozon shirasi ishlab chiqariladi. Oshqozon shirasining 99% suv, 0,3-0,4% organik modda va tuzlardan iborat. Oshqozon shirasi kislotik xususiyatga ega bo‘lib, tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota saqlanadi. RN-2,5 teng. Oshqozon bezlarida shilliq modda ham ishlab chiqariladi. Bu modda shilliq qavatni turli kimyoviy, mexanik ta’sirlardan saqlaydi.

Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning xajmi ham o‘zgarib boradi. Yangi tug‘ilganlarda – 30-45sm2 bulsa, 10-12 yoshda 1500sm3 bo‘ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning shakli ham o‘zgarib boradi. 2 yoshgacha oshqozon nok shaklida bo‘lsa, 7 yoshda retorta kolba shaklida bo‘ladi.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish