13-mavzu: estetika fani va uning vazifalari



Download 304,5 Kb.
bet8/33
Sana16.12.2022
Hajmi304,5 Kb.
#889134
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
Эстетика

Nafosatli obyekt nima? Aslini olganda, nafosatli bo'lmagan narsalarning o'zi yo'q. Muayyan shart-sharoitda har qanday narsa, voqyea–xodisa nafosatli tabiatga ega bo'lib, nafosatli munosabat va nafosatli baho obyektiga aylanib qolishi mumkin. Lekin ular ma'lum talabalarga javob berishlari kerak: birinchidan, aniq his-tuyg'u, sezgi–idrok qobiliyati va imkoniyatiga ega bo'lishi; ikkinchidan, u yoki bu voqyea–xodisa insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishib, ijtimoiy ahamiyat kasb etishi kerak. Shundagina muayyan voqyea–hodisa nafosatli munosabat obyektiga aylanadi, ya'ni u o'z qadrini topadi. U yoki bu voqyea-hodisa odamlarga xizmat qilib, muayyan ijtimoiy burchni ado etish tushunchasini topish qadriyat atamasi bilan izohlaymiz. Baholash esa voqyea-xodisalarning qadrini yoki ijtimoiy ahamiyatini anglashning maxsus shaklidir. Insonning voqyelikka nafosatli munosabati aslida voqyealikka baho berishning alohida turi, voqyea-xodisalarni nafosatli qadrlash usulidir.
Borliqdagi voqyea–hodisalarning birligi va xilma-hilligi, muvofiqligi, hamoxangligi kabi tub xossalari nafosatli obyekt asosidir. Voqyea-hodisalar, narsalar faqat insoniy manfaatlar doiraiga kirib olgandan keyingina o'zining nafosatli ahamiyatiga ega bo'ladi.
Nafosatli obyektning zarur tomoni, nafosatli munosabat subyektidir. Nafosatli subyekt–o'z tarkibida jamiyatning zarur bo'laklarini biriktirgan, turli sohalarda moddiy-ma'naviy faol ish olib boradigan ijtimoiy guruhlar hamda ayrim shaxslardan iboratjuda murakkab ijtimoiy hosiladir.
Nafosatli munosabat–subyekt bilan obyekt o'rtasidagi o'ziga xos aloqalar turli bilan tavsiflanadi. Go'zallikni idrok etish jarayonida sodir bo'ladigan o'zaro harakatlar nafosatli munosabat zaminidir. Ruh shunoslik ko'rsatib berganiga ko'ra, estetik idrok etishining xususiyati idrok etilayotgan narsalarning shakli bilan izohlanadi. Nafosatli munosabatning natijasi nafosatli baholash mohiyati, narsa-buyumlar ifodalanadi. Masalan, kursi yoki xontaxtani nafosatli baholash – uning shakli bo'lgan material, uni qayta ishlash, taraf va qismlari mutanosibligini uning amaliy o'rni, ya'ni nimaga mo'ljallanganligiga qiyos qilishdir. Ovqatga nafosatli uning shakl va mazmuni mutanosibligida o'z ifodasini topadi. Yoki insonga nafosatli munosabatda bo'lish ham inson shaxsi ma'gnaviy mazmunining inson xatti-harakatlari va xulq-atvori shakliga mutanosiblikda ifodalanadi.
Nafosatli munosabatda his-hayajonlar maxsus o'rin egalaydi. His-hayajon estetik munosabatning barcha pog'onalarida amal qilib, lazzatlanish, hayajon holati bilan yakunlanadi. Nafosatli lazzat murakkab ruhiy holat bo'lib, o'zida butun bir hayajonlar turkumini, faraz qilishni, xilma-xil taassurot va tasavurlarni birlashtiradi. Nafosatli munosabat hayajonlar bilan birga o'z ichiga aqliy jihatlarni ham qamrab oladi. Bunda nafaqat nafosatli munosabat obyekti, balki nafosatli tuyg'ular va kechinmalar ham tahlil va fikr – mulohaza mavzuiga aylanadi.

Download 304,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish