13-Maruza.
Rоlikli vа tеkis turkichli kulаshоkli mехаnizmning minimаl
rаdiusini аniqlаsh vа prоfilini lоyihаlаsh.
Reja:
1. Sintezning asosiy vazifasi va uzatish burchagi haqida
tushuncha.
2. Dezaksial kulachokli mexanizmlarni uzatish burchagini
aniqlash.
3. Kulachokli mexanizmlarning yetaklovchi zvenosini xarakat
qonunini tanlash.
4. Grafik integrallash usuli.
Kulachokli mexanizmlarni sintez kilish kinematik analizni teskarisi
bo‘lib, bunda yetaklanuvchi zvenoning xarakat qonuni grafik yoki
analitik usulda berilgan bo‘lib, mexanizmning kerakli barcha razmerlari,
kulachokni profili topiladi.
Ayrim xollarda uzatish burchagining qiymati berilgan bo‘lib,
mexanizmni loyixalashda ishlatiladi.
Loyixalashni asosan ikki usuli bor. Dinamik va kinematik loyixalash.
Agar tolkatelni xarakat qonuni asosida loyixalanishi lozim bo‘lgan
kulachokning eng kichik radiusi, uzatish burchagi (g) xisobga olinib
topilsa va topilgan eng kichik radiusi asosida kulachok profilini shakli
tuzilsa, bu usul dinamik loyixalash deyiladi.
Kinematik loyixalashda yetaklanuvchi zvenoni xarakat qonuni va
profilining shakli topilishi lozim bo‘lgan kulachokning eng kichik
radiusi va tolkatelni maksimal ko‘tarilish oralig‘i berilgan bo‘ladi.
Kulachokli mexanizmlarni loyixalashda xarakatlantiruvchi kuchlardan
maksimal foydalanish xamda tolkatelga qo‘yilgan kuchlar ta’siridan uni
erkin xarakat qilishini ta’minlashga e’tibor beriladi. Uzatish burchagini
e’tiborga olgan xolda dinamik shartlari bajarilib loyixalangan kulachokli
mexanizmlarda aylanish jarayonida tolkatel o‘z yo‘naltiruvchisi
orasiga tiqilib kolish xollari bo‘lmaydi.
Quyida 13.1-rasmda kulachokli mexanizm va tezliklar plani
keltirilgan.
13.1-rasm
Tolkatelni kulachok profili bilan shu onda bog‘langan nuqtasining
absolyut va nisbiy tezliklari orasidagi o‘tkir burchak uzatish burchagi
deyiladi va g bilan belgilanadi. Tolkatelning absolyut tezligi yo‘nalishi
bilan unga qo‘yilgan kuch orasidagi o‘tkir burchak (a) bosim burchagi
deyiladi.
Xar doim a+g=90o bo‘ladi.
R-kuchni ikki o‘zaro perpendikulyar bo‘lgan tashkil etuvchi kuchlarga
ajratamiz.
Куйида 20.1-расмда кулачокли механизм ва тезликлар плани
келтирилган.
20.1-расм.
Kulachokli mexanizmlar yetaklanuvchi zvenosini xarakat qonunini
tanlash.
Kulachokli mexanizmlarning kulachogini loyixalash uchun
quyidagilarni tanlash kerak.
a) mexanizmning kinematik sxemasi.
b) yetaklanuvchi zvenoning xarakat qonuni.
v) mexanizmni ayrim razmerlari.
Mexanizmning kinematik sxemasi asosan konstruktiv muloxazalarga
asosan, ya’ni yetaklanuvchi zvenoni kerakli xarakat qonunini beradigan
konstruksiyasi tanlanadi.
Yetaklanuvchi zvenoni xarakat qonunini tanlash kulachokli
mexanizmlarni loyixalanishi asosiy etapiga kiradi. Kulachokli
mexanizmni loyixalashda shunday xarakat qonunini tanlash kerakki, u
texnologik prosesslarni talabiga javob beradigan bo‘lishi kerak.
Eng ko‘p tarkalgan tezlanish analogini o‘zgarish qonunlari quyidagilar:
Tekis tezlanuvchan, chiziqli o‘sib boruvchi, chiziqli kamayib boruvchi,
sinusoidal va kosinusoidal qonuniyatlardir.
Agarda bu qonunlar analitik usulda berilgan bo‘lsa, u xolda
boshlang‘ich va oxirgi shartlarni e’tiborga olgan xolda ikki marta
integrallab tezlik analogini va yetaklanuvchi zvenoni xarakat qonunini
olamiz. Agarda grafik usulda berilgan bo‘lsa grafik differensiallash
usuli bilan yechiladi.
20.3-расм.
Lekin kulachok profilini qurish uchun S(j) va y (j) ma’lum bo‘lishi kerak.
Shuning uchun bunday xollarda grafik integrallash usullaridan birini qo‘llash kerak
bo‘ladi. Uzoklashish fazasida yetaklanuvchi zvenoning tezlanish analoglari
quyidagi SII(j) va yII(j) ko‘rinishlaridagi egri chiziqlar bilan berilgan bo‘lsin.
(20.4-rasm,a)
jud -burchagini bir necha teng bo‘laklarga bo‘lamiz, xamda absissalar o‘qida
0,1,2,3...... belgilab olamiz. Ekvidistant ordinatalarini belgilab olamiz. Bu
ordinatalar uchastkalarni o‘rtalariga mos keladi. Bularni ordinata o‘qiga O1; O2;
O3;.... kesma shaklida ko‘chiramiz. So‘ngra 11; 21; 31;..... nuqtalarni absissalar
o‘qini chap tomonida tanlab olingan Q nuqta bilan O Q = K2 tutashtiramiz.
Natijada Q11, Q21, Q31,………… nurlarni xosil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |