13-ma’ruza. O’zbekiston va jahon hamjamiyati Reja


O’zbekiston va Xitoyning savdo–iqtisodiy hamkorligi



Download 85,18 Kb.
bet6/17
Sana18.01.2022
Hajmi85,18 Kb.
#390775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5188700078482657965

O’zbekiston va Xitoyning savdo–iqtisodiy hamkorligi.

O’zbekiston va Xitoy savdo-iqtisodiy aloqalarining rivojlanish bosqichlari tahlillariga ko’ra, biz ikki mamlakat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojini 3 ta muhim bosqichga bo’lib olishni lozim topdik:

1-bosqich 1992-1996 yillar;

2-bosqich 1997-2005 yillar;

3-bosqich esa 2006- yildan keyingi davrni o’z ichiga oladi.

Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aylanmasi 1993 yilda 71,9 million AQSh dollarini tashkil etgan. O’zbekistondan Xitoyga umumiy qiymati 36,6 mln. AQSh dollari bo’lgan mahsulotlar eksport qilingan bo’lsa, Xitoydan O’zbekistonga import 35,3 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. O’zaro savdo aylanmasidagi musbat saldo 1,3 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan. 1994 yilda ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aylanmasi, deyarli ikki baravarga oshgan va 165 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Jumladan, eksport 76,9 mln. AQSh dollarini, import esa 88,1 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. O’zaro savdo aylanmasida 11,2 mln. AQSh dollari miqdorida manfiy saldo qayd etilgan. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aloqalari keyingi yillarda ham rivojlanib bordi va 1995 – 1996 yillarda o’zaro savdo aylanmasi 218,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

O’zbekistonning 1995-yildagi eksport hajmi 3 719.9 mln. AQSh $ ni tashkil etgan bo’lsa, undagi Xitoy ulushi bor – yo’g’i 1,0 % dan iborat bo’lgan. Ammo yildan – yilga bu ko’rsatkich o’sib borgan. 1996-yilga kelib ikki davlat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2.8 martaga o’sdi. Lekin 1998, 1999, 2000-yillarda bu ko’rsatkich yana pasayib 1,0, 0,5, 0,7% ni tashkil etgan. 2000-yilda O’zbekistonning eksport hajmi 3264.7 mln. AQSh $ ni tashkil etgan. 2004-yilga kelib, O’zbekistonning tashqi savdosidagi Xitoyning ulushi 2.1 %ga ko’tarildi. Eksportning 26.2 % (974.4 mln. AQSh $) Osiyo qit’asiga to’g’ri kelgan bo’lsa, shundan 0.7 % i Xitoyga to’g’ri kelgan. Bu juda ham past ko’rsatkichdir. Solishtirish maqsadida, O’zbekistonning Gollandiya bilan tashqi savdosini ko’rib chiqadigan bo’lsaq 1995-yilda O’zbekiston Gollandiyaga 156,8 mln. AQSh $ miqdorida mahsulot eksport qilgan. Uning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 4.2 % ni tashkil etgan. 2000-yilga kelib bu ko’rsatkich 2.6 %ga pasaygan.

2006 yilda O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2005-yilga nisbatan, - 43.8 % ga o’sib deyarli 698 mln. AQSh $ ni tashkil etgan. Bu davrga kelib O’zbekiston tashqi savdo aylanmasida Xitoyning ulushi deyarli 6.5 %ga o’sgan. 2008 yil yakunlariga ko’ra, ikki mamlakat o’rtasidagi tovar aylanmasi 1,3 mlrd. AQSh dollariga yetdi (2007 yilga nisbatan 43 % ortdi), shu jumladan, eksport 257,4 mln. AQSh dollarini, import 1.040 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.

O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasida iqtisodiy sohada eng ko’p qulaylik yaratish tartibi amal qilmoqda. O’zaro tovar ayirboshlash xajmi 2012 yilda 3,4 milliard AQSh dollariga yetdi. 2013 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko’ra, mazkur ko’rsatkich 2,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o’tgan yilning shu davridagiga nisbatan 59 % ko’pdir. O’zbekistonda (2013 yilda) Xitoy sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 455 qo’shma korxona faoliyat yuritdi. Ularning 70 tasi 100% Xitoy sarmoyasi asosida tashkil etilgan. Yurtimizda Xitoyning 71 kompaniyasi vakolatxonasi ishlab turibdi. Tashkil qilingan qo’shma korxonalarning asosiy ulushi Farg’ona vodiysiga, jumladan, Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlariga to’g’ri keladi.






Download 85,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish