13-ma’ruza. Lazer diodlari, ularning xarakteristika va parametrlari


Tashqi rezonatorli lazer diodlari



Download 0,56 Mb.
bet6/7
Sana01.12.2022
Hajmi0,56 Mb.
#876676
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-ma’ruza.

Tashqi rezonatorli lazer diodlari


Tashqi rezonatorli lazer diodlarida ularning bir yoki ikkala ko‘ndalang yon tomoni aks ettirishni kamaytiruvchi, maxsus qatlam bilan qoplanadi va mos ravishda yarim o‘tkazgichli aktiv sohaning atrofida bitta yoki ikkita ko‘zgu qo‘yiladi. 3.23-rasmda bitta tashqi rezonatorli lazer diodining tuzilishi ko‘rsatilgan.

3.23–rasm. Bitta tashqi rezonatorli lazer diodi.


Aks etishni kamaytiruvchi qoplama aks etish koeffitsientini taxminan to‘rt tartibga kamaytiradi, aktiv qatlamning boshqa ko‘ndalang yoni esa 30% gacha yorug‘lik oqimini aks ettiradi. Aks ettiruvchi difraksiya panjarasi ko‘zgu va difraksiya panjarasidan tarkib topadi.
Ko‘zgu difraksiya panjarasi vazifasini to‘ldiradi. Ko‘zgu va aktiv soha o‘rtasida teskari aloqani yaxshilash uchun linza o‘rnatiladi.
Aks ettiruvchi difraksiya panjarasigacha bo‘lgan masofani oshirib yoki kamaytirib, shuningdek panjarani burish hisobiga panjara qadamini o‘zgartirish orqali nurlanish to‘lqin uzunligini bir tekisda o‘zgartirish mumkin. Shu sababdan bunday lazerlar sozlanuvchan lazerlar deyiladi. Bu turdagi lazer diodlari yordamida to‘lqin uzunligini 30 nm oraliqgacha o‘zgartirish mumkin. Tashqi rezonatorli lazer diodlari spektr bo‘yicha zichlashtirish apparaturalarini va tolali optik aloqa uchun mo‘ljallangan o‘lchov qurilmalarini yaratishda juda kerakli hisoblanadi.


Tolali optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladigan yorug‘lik manbalarining qiyosiy tafsivi


Yuqoridagi bayon etilganlardan ma’lum bo‘ldiki, yorug‘lik manbalari tolali optik uzatish tizimlarining muhim va ajiralmas funksional qurilmasi bo‘lgan uzatuvchi optoelektron modulning asosiy elementi vazifasini o‘taydilar. Ular yordamida analog yoki raqamli ko‘rinishdagi elektr signallari yorug‘lik signallariga o‘zgartirilib, ularni optik tolaga uzatiladi.
Tolali optik uzatish tizimlarida qo‘llaniladigan yorug‘lik manbalari 3.1-bandda ta’riflangan talablarga javob berishlari zarur.
Tolali optik uzatish tizimlarida yorug‘lik manbalarining bu talablarga javob beradigan ikki turidan – yorug‘lik diodlari va lazer diodlaridan foydalaniladi.
Ushbu yoruglik manbalari man etilgan energetik satihlarning kengligi bilan farq qiluvchi turli xil yarim o‘tkazgichlardan tayyorlanadilar va shu sababdan turli to‘lqin uzunligidagi nurlanish tarqatadilar.
Tolali optik uzatish tizimlarida qo‘llaniladigan yorug‘lik manbalari o‘zlarining tuzilish xususiyatlari, ish mexanizmlariga ko‘ra ikki guruhga – p-n o‘tishli yarim o‘tkazgichli tuzilmalarda noasosiy zaryad tashuvchilarning injeksiyasi chog‘ida sodir bo‘ladigan spontan nurlanishdan foydalanishga asoslangan yorug‘lik diodlari va shunday tuzilmalarda energetik sathlarning teskari egallangan sharoitida sodir bo‘ladigan majburiy nurlanishlardan foydalanishga asoslangan lazer diodlariga ajiraladilar.
Shu sababdan, ulardan birinchi xili - yorug‘lik diodlari nomonoxromatik (turli xil to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan, turli fazali) nurlanish manbai, ikkinchi xili esa, monoxromatik va kogerent (bir xil to‘lqin uzunlikli, bir xil fazali, bir xil tarqalish yo‘nalishiga ega bo‘lgan) nurlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Yorug‘lik manbalarining xar ikkala xili ham bir qator bir xil nomli xarakteristikalar va parametrlar bilan tavsiflanadilar: volt-amper xarakteristikasi, vatt-amper xarakteristikasi, spektral xarakteristika, yo‘nalganlik diagrammasi, nurlanish quvatining odatiy va eng katta qiymatlari, nurlanish to‘lqin uzunligi diapazoni, nurlanish quvvatining eng katta qiymatiga mos kelgan to‘lqin uzunligi, uzilish va ulanish vaqtlari, ishchi toki va kuchlanishlarining qiymatlari, iste’mol quvvati, xizmat muddati shular jumlasidandir. Biroq bu xarakteristikalar o‘z ko‘rinishlari bilan, parametrlar esa, o‘z qiymatlari bilan muhim tarzda farq qiladilar.
Chunonchi, yorug‘lik diodlari va lazer diodlarini elektr zanjir elementi sifatida tavsiflovchi volt-amper xarakteristikalari bir xil (eksponensial) ko‘rinishga ega bo‘lsa-da ishchi kuchlanish va toklarning qiymatlari turli xil oraliqda yotadilar. Yorug‘lik diodlari uchun bu qiymatlar mos ravishda 1-2 V, 50-100 mA oralig‘ida, lazer diodlari uchun 2÷5 V va bir necha o‘ndan bir necha yuz mA gacha oraliqda yotadi.
Yorug‘lik diodining volt-amper xarakteristikasi tok kuchining bir necha o‘n mA o‘zgarishlari oralig‘ida to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishga, lazer diodining volt-amper xarakteristikasi esa, tok kuchining nisbatan katta qiymatlari oralig‘ida (bir necha o‘ndan-bir necha yuz mA gacha oraliqda) nochiziqli ko‘rinishga va bo‘sag‘a xususiyatiga ega.
Yorug‘lik diodlari va lazer diodlarining spektral xarakteris-tikalari cho‘qqi xususiyatli umumiy ko‘rinishga ega bo‘lsalarda, ularning spektral kengligi keskin farq qiladi. Chunonchi, yorug‘lik diodlari uchun bu kenglik 30÷60 nm ni tashkil etsa, lazer diodlarida u 0.1÷0.4 nm (bir modali lazerlar uchun) gacha oraliqda yotadi. Aynan shu xususiyatlariga ko‘ra yorug‘lik diodidan kelayotgan signallar optik tolada ko‘proq, lazer diodlaridan kelayotgan yorug‘lik signallari esa kamroq dispersiyaga uchraydilar. Shu sababdan yorug‘lik diodlaridan qisqa uzunlikli optik uzatish liniyalarida (15 km gacha), lazer diodlaridan esa katta uzunlikli uzatish liniyalarida foydalaniladi.
Yorug‘lik manbalari nurlanish quvvatining fazoviy taqsimotini tafsivlovchi yo‘nalganlik diagrammasi bilan ham farq qiladi. Yorug‘lik diodlari uchun bu taqsimot bir necha o‘n va xatto yuzdan ortiq teles (fazoviy) burchagi ostida yuz bersa, lazer diodlari uchun gradusning bo‘laklarini tashkil etadi.
Yorug‘lik diodlari va lazer diodlarining tezkorligi p-n o‘tish orqali injeksiyalanayotgan zaryad tashuvchilarning baza sohasida to‘planish va ekstraksiyalanayotgan zaryad tashuvchilarning so‘rilish vaqtlari bilan yoki p-n o‘tish sig‘imining zaryadlanish va razryadlanish vaqtlari bilan aniqlanadi. Yorug‘lik diodida bu vaqt 10-7–10-8 s ni, qalinligi juda kichik bo‘lgan (~20 mkm) tor energetik sohali yarim o‘tkazgichlardan tayyorlangan ikki yoqlama tuzilishli lazer diodlarida esa, 10-9–10-10 s ni tashkil etadi. Shu sababdan yorug‘lik diodlaridan nisbatan kichik tezlikli (Mbit/s li), lazer diodlaridan esa, katta tezlikli (Gbit/s li) tolali optik uzatish tizimlarida foydalaniladi.
Xizmat muddati yorug‘lik manbalarining muhim ekspluatatsion parametrlaridan biri hisoblanadi. Yorug‘lik manbalarining degradatsiyasi ularning asta sekin va katastrofik eskirishiga olib keladi. Bu hol yorug‘lik diodlari xizmat muddatini 106–107 soat oraliq, superlyuminessent diodlar uchun 104–106 oraliq bilan, lazer diodlarining xizmat muddatini uzog‘i bilan 105 soat bilan cheklaydi.
Quyidagi jadvalda tolali optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladigan yorug‘lik manbalari – yorug‘lik diodlari va lazer diodlarining qiyosiy tafsivi keltirilgan.
3.5-jadval
Yarim o‘tkazgichli yorug‘lik manbalarining texnik parametrlari

Parametr

Yorug‘lik diodlari

Lazer diodlari

Yon sirti bo‘yicha nurlanadigan yorug‘lik diodi

Superlyuminessent diodlar

Iste’mol quvvati, mVt

75…750

75…750

150…600

Bo‘sag‘a damlash toki, mA

-

-

50…250

Ishchi toki, mA

50…300

50…300

100…300

Uzluksiz rejimdagi chiqish nurlanish quvvati, mVt

1…10

1…10

1…50

Ko‘p modali yorug‘lik uzatgichga kiritiladigan quvvat, mVt

0.05…0.5

0.1…1

0.5…15

Nurlanish spektrining kengligi, nm

30…50

3…5

0.1…0.4

Nurlanishning markaziy to‘lqin uzunligi, mkm

0.8

0.9

0.01…0.3

Markaziy to‘lqin uzunligining harorat bo‘yicha nobarqarorligi, nm/K

0.3

0.3

0.01…0.3

-3dB sathi bo‘yicha modulyatsiya chastotalari oralig‘ining kengligi, MGs

100

200

500…5000

Vatt-amper xarakteritsikasining nochiziqligi, %

0.3…3

10

0.3…30

Xizmat muddati, s

104…107

104…106

103...105

Murakkablik darajasi

Past-o‘rtacha

O‘rta

Yuqori

Tannarxi

Past-o‘rtacha

O‘rta

O‘rtacha-yuqori


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish