Gazning sarfi soat, kun va yil davomida o‘zgarib turadi. Magistral gaz
kamaygan vaqtda ortiqcha gazni biror joyda saqlab, iste’mol ko‘paygan vaqtda
yig‘ilgan gazni gaz quvuridan kelayotgan gazga qo‘shib, iste’molchilarning
maksimal ehtiyojini qoplashga yuboriladi. Gaz ishlatish notekisliklari soatlik,
sutkalik va mavsumiy bo‘ladi. Sut-kalik notekislikda kechasi sarf kamayadi,
kunduzi oshadi. Buni qoplash uchun magistral gaz quvurlarining shaharga yaqin
joydagi geometrik hajmidan foydalaniladi, ya’ni kechasi shaharda sarf
kamayganda ma-gistral quvurdan kelayotgan gaz unda yig‘ilib, quvurdagi bosim
oshib boradi, ya’ni gaz yig‘iladi. Kunduzi esa sarf oshganda, yig‘ilgan gaz
iste’molchilarga berilib, magistral gaz quvurlaridagi ortiqcha bosim pasayadi.
Mavsumiy notekislikni qoplash uchun esa yer osti gaz omborlaridan
foydalaniladi. Gaz omborlari sifatida yirik shaharlar yaqinidagi gaz-neft konlaridan
foydalanish mumkin. Agarda bunday eski konlar bo‘lmasa, geologik qidiruv ishlari
bilan shahar yaqinidan g‘ovak, suvli yer osti strukturalari aniqlanib, ular yer osti
gaz ombori (podzemnoye xranilishe gaza PXG) sifatida ishlatilishi mumkin. Bunda
g‘ovak qatlamlari-ning tepa qismi mustahkam, zich qatlamdan iborat bo‘lishi
kerak. Bu omborlarga yoz paytida ortiqcha gaz qamalib, kuz va qish paytida gaz
iste’moli oshganda, yig‘ilgan gaz magistral gaz quvuridan kelayotgan gaz bilan
birga iste’molchilarga beriladi. Bundan tashqari, o‘tgan asrning elliginchi-
oltmishinchi yillarida gaz saqlash uchun gazgolder stansiyalari qurilgan. Ularda 0,8
– 1,1 MPa bosimga mo‘ljallangan silindirsimon yoki sharsimon po‘lat
sisternalardan foydalanilgan. Gaz-golder stansiyalari ham faqat sutkalik va soatlik
notekislikni qoplashga ishlatilgan. Hozirgi paytda bunday stansiyalar ishlatilmaydi,
chunki ular xavfli, ko‘p metall sarflanadi. Hozirgi davrda yirik shaharlar oldida,
asosan, yer osti gaz omborlari qurilgan.
Yer osti gaz omborlari nisbatan xavfsiz va ko‘p miqdorda gaz saq-lashga
xizmat qiladi. Ularni qurish va jihozlash uchun ko‘p mablag‘ sarf qilinadi. Yer osti
gaz ombori qurish uchun yer osti strukturasining g‘ovakligi 15 % dan kam
bo‘lmasligi kerak hamda g‘ovak qatlam ustidagi zich qatlamning qalinligi 15 m
dan kam bo‘lmasligi lozim.
Gaz iste’moli mavsumiy notekisligini qoplash uchun gazda mav-sumiy
ishlaydigan sanoat korxonalari va issiqlik elektr stansiyalaridan foydalaniladi.
Bunday korxonalar yoz faslida gazda ishlaydi, lekin isitish davri boshlanishi bilan
rezerv yoqilg‘i (ko‘mir yoki mazut) yoqishga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: