№13 ma’NAVIY- ma’rifiy soat rejasi


- ILOVA AQLIY HUJUM SAVOLLARI



Download 88,5 Kb.
bet6/6
Sana31.12.2021
Hajmi88,5 Kb.
#273073
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 MUSTAQILLIK DARSI

2 - ILOVA

AQLIY HUJUM SAVOLLARI

  1. O’zbekiston taraqqiyotiga xavf solayotgan tahdidlarni aytib bering.

3 - ILOVA

2. Global geosiyosiy o'shgarishlar davrida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining o'zaro bog'liqligi. O'n to'qqizinchi asrga kelib ikki qo'shni mintaqa o'rtasida aloqalaming uzilib qolishi. Global geosiyosiy o'shgarishlar davrida Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasida o'zaro aloqlami kengaytirish. Markaziy va Janubiy Osiyoda savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va o'zaro sarmoyalarni ko'paytirish. Markaziy va Janubiy Osiyoda zamonaviy, samarador va xavfsiz transport-logistika infratuzilmasini yaratish. Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotlarida, hamlar ulaming o'zaro aloqalarida istiqbolli raqamli platformalami joriy etish. Markaziy va Janubiy Osiyoda hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda kuchlarni birlashtirish. Markaziy va Janubiy Osiyoda "Yashil" iqtisodiyotni rivojlantirishni rag'batlantirish va ekologiya masalalari alohida e'tibor berish. Markaziy va Janubiy Osiyoning salyohlik salohiyatini to'liq ishga solish. Mintaqada ilmiy va madaniy-gumanitar almashuvlarni kengaytirish. Markaziy va Janubiy Osiyoda ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida yuksak marralarga erishish. Mintaqalarning o'zaro bog'liqligi va taraqqiyoti sur'atini tizimli o'rganish va tahlil qilish. Globallashuv davrida bu ikki mintaqaning mustahkam hamkorligi dunyo iqtisodiyoti va siyosatiga ta'siri. Markaziy va Janubiy Osiyoda raqamli hamkorlikni kuchaltirish. Markaziy va Janubiy Osiyoda terrorizm, ekstremizm, transmilliy, jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurash. Markaziy va Janubiy Osiyoda "Yangi sharoitdagi turizm" konsepsiyasini joriy etish. Markaziy va Janubiy Osiyoda qo'shma tadqiqotlar va innovatsion ishlarni olib borish, ilmiy va o'quv stajirovkalarini, tajriba almashish dasturlarini rag'batlantirish.



3. Markaziy Osiyo mintaqasini yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirish. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarining mintaqada siyosiy muhitni shakllantirishdagi ahamiyati. Markaziy Osiyo mintaqasini barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirish. Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlik bo'yicha yangi modelining o'ziga xos jihatlari. Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikning yangi modelini shakllantirish. Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida mahsulot va xizmatlar hamda investitsiyalaming erkin harakati. Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida temir yo'l tarmog'ining qurilishi, mintaqaning tranzit salohiyatining oshishi, yuklaming tashish muddatlarini qisqartirish. Mintaqadagi mamlakatlarda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o'sib borishi, oziq-ovqat taqchilligining oldini olish. Mintaqada ta'lim va ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida qo'shma dasturlarni amalga oshirish. Mintaqadagi mamlakatlaming o'zaro bog'liqligi va taraqqiyoti takomillashtirish yo'nalishlari. 4. "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o'zaro bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiya xulosalari. O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan siyosatidagi o'zgarishlar. "Markaziy Osiyo uchun "yashil" kun tartibi mintaqaviy dasturini ishlab chiqishning zaruriyati. Mintaqa energetika va ozi,q ovqat xavfsizligini mustahkamlash. Davlatimiz rahbari tomonidan Markaziy Osiyo yoshlari forumini o'tkazishning taklif etilishi. "Bir sayohat - butun mintaqa" qo'shma dasturini amalga oshirish. Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida madaniy-ma'rifiy aloqalami kengaytirish.
Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatlarida Markaziy Osiyoni tashqi siyosatimizning ustuvor yoʻnalishi ekanligiga yana bir bor urgʻu berishlarining qoʻyidagi muhim jihatlarini alohida taʼkidlab oʻtish lozim.
Birinchidan, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining uzviy va chambarchas bogʻliq qismi hisoblanadi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan chegaradosh mintaqadagi yagona davlat, yaʼni mintaqadagi u yoki bu davlatdagi har qanday siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohadagi oʻzgarishlar bevosita Oʻzbekistonga taʼsir qiladi. Qolaversa, transport, iqtisodiyot, energetika va suv sohasidagi yirik loyihalarni amalga oshirish mintaqa davlatlarining hamkorlik darajasiga bogʻliq. Shu munosabat bilan Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi va gullab-yashnashi Oʻzbekiston Respublikasining bosh maqsadi hisoblanadi.
Ikkinchidan, barchamizga maʼlum Markaziy Osiyo geostrategik mintaqa hisoblanadi. Bunga bir tomondan mintaqaning qulay geografik hududda, yaʼni muhim mintaqaviy va xalqaro transport yoʻlaklari kesishmasida joylashganligi, boy tabiiy resurslarga ega ekanligi sabab boʻlsa, ikkinchi tomondan Markaziy Osiyoning xalqaro munosabatlar tizimida muhim oʻrin tutadigan Yaqin Sharq, MDH va Osiyo davlatlari bilan chegaradoshligidir. Boshqacha qilib aytganda, Markaziy Osiyo dunyoning yetakchi davlatlarning manfaatlari kesishgan hudud hisoblanadi.
Yuqoridagi omillar mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashga faqatgina oʻzaro tushunish va manfaatlarga asoslangan hamkorlik orqali erishish mumkinligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekistonning bugungi kundagi ochiqlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sherikchilik, oʻzaro ishonch va mavjud muammolarni oqilona murosa yoʻli bilan hal etish tamoyillariga asoslangan mutlaqo yangi mintaqaviy siyosati Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil rivojlanishni taʼminlashda, mintaqaning hamkorlik makoniga aylanishida muhim garov sifatida xizmat qilishidan dalolat beradi.
Uchinchidan, Parlamentga Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari bilan koʻp asrlik doʻstona munosabatlarni yana-da mustahkamlash masalasining koʻtarilganligi, Oʻzbekistonning mintaqaviy hamkorlikning barqaror rivojlanishiga qatʼiyligini va qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro manfaat va ishonchga asoslangan hamkorlikning uzoq muddatli xarakterga ega ekanligini yana bir karra isbotlaydi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev prezident sifatida saylanganlaridan keyin ilk bor Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish tashqi siyosatimizning ustuvor yoʻnalishi ekanligi toʻgʻrisida 2016-yil 14-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutqida aytgan edilar.
Oʻtgan davr mobaynida erishilgan yutuq va natijalarni tahlil qilsak, butun dunyoda koʻp tomonlama hamkorlik inqirozga uchragan va oʻzaro ishonch kamayib ketayotgan bir vaqtda Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi hamkorlikning yangi bosqichga chiqayotganligini koʻrishimiz mumkin.
Tarixan qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarda misli koʻrilmagan yutuqlarga erishildi. Eng asosiysi, avval mintaqaviy hamkorlikni rivojlanishida toʻsiq hisoblangan chegara va suv resurslaridan foydalanish boʻyicha muhim va oʻzaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Prezidentimizning tashabbuslari bilan hamkorlikning yangi mexanizmlari tashkil etildi. Bunga misol sifatida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvlarini, parlamentlararo guruhlar, chegaraoldi hududlar hamkorligi kengashi, vazirlik va idoralararo komissiyalar, investitsiya fondlarining tashkil etilganligini aytish mumkin.
Oʻzbekistonning yangi mintaqaviy siyosati natijasida Markaziy Osiyoda shakllangan siyosiy muhit bugun mintaqa davlatlarining ulkan iqtisodiy salohiyatini ochishga muhim hissa qoʻshmoqda. Yuqoridagi gaplarning tasdigʻi sifatida Markaziy Osiyo davlatlarida tashqi savdo aylanmasi va investitsiya hajmining, turistlar sonining oshganligi misolida koʻrishimiz mumkin.
Xususan, 2019-yil mintaqa davlatlarining tashqi savdo aylanmasi hajmi 2016-yilga nisbatan 56 foizga oshib 168,2 milliardni tashkil etdi. Mintaqa davlatlariga jalb qilingan investitsiyalar hajmi esa 2019-yil 2016-yilga nisbatan 40%ga oshib 37,6 milliardni tashkil etdi. Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyuruvchi turistlarning soni ham yildan yilga ortib bormoqda. Misol tariqasida mintaqa davlatlariga 2019-yil kelgan turistlar soni 2016-yilga nisbatan 93%ga oshib 18,4 million kishini tashkil qildi.
Mintaqaviy hamkorligining davlatlar xavfsizligi va barqarorligini taʼminlashda nechogʻlik muhim ahamiyat kasb etishini biz koronavirus pandemiyasi davrida koʻrishga muvaffaq boʻldik.
Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish