18-MAVZU. TEMIR YO’L TRANSPORTINING SANOAT KORXONALARI FAOLIYATINI BOSHQARISH
18.1. “O’ztemiryo’lmashta’mir” UK faoliyatini boshqarish
“O’ztemiryo’lmashta’mir” unitar korxonasi “O’TY” AJning tarkibiga kirib asosiy faoliyati lokomotivlar kapital ta’miri va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish.
Zavod 1900 yildan Toshkent bosh temir yo’l ustaxonasi bazasida yaratilgan va O’rta Osiyot temir yo’llari boshqarmasiga rasmiy ravishda topshirilgan.
1958 yildan zavodning tubdan qayta qurilishi boshlangan. Uch yil davomida zavod jamoasi 146 dona stanokli, energetik va ko’tarish-transport jixozlarini ta’mirlashni o’zlashtirishgan va ta’mirlagan. Zavodda konstruktorlik bo’limi tashkil qilingan va lokomotivlar ta’miri bo’yicha zaruriy xujjatlarni ishlab chiqish bilan shug’ullangan.
1959 yilda birinchi marta TE3 seriyadagi magistral teplovozi ta’mirlangan
1965 yilda mamlakatda birinchi marta Chexoslavakiyaning ChME-2 seriyali teplovozini ta’mirlash ishlari o’zlashtirildi.
Etmishinchi yillarda zavod 2TE10L seriyadagi katta magistral teplovozlarni ta’mirlashni amalga oshira boshladi
Saksoninchi yillarda zavod faoliyatiga yirik kapital qo’yilmalar qo’yildi va zavod rekonstrukstiya qilingunicha yiliga 300 ta sekstiya teplovoz ta’mirlangan bo’lsa, rekonstrukstyaidan keyin ularning soni 400 ta ga etdi
To’qsoninchi yillarda o’tkazilgan rekonstrukstiya ishlaridan so’ng zavod to’liq mustaxkamlandi. Yangi istiqbolli texnlogiyalar joriy qilingandan so’ng zararga ishlayotgan korxona rentabelli korxonaga aylandi.
1993 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga qo’ra Toshkent teplovoz ta’mirlash korxonasi, Andijon va Paxtaobod mexanika zavodlari qayta tashkil etilib “O’ztemiryo’lmashta’mir” ishlab chiqarish korxonasiga aylantirildi va “O’zbekiston temir yo’llari” davlat akstionerlik jamiyati tarkibiga kiritildi
O’zining ixtisoslashuviga ko’ra zavod O’rta Osiyoda yagona hisoblanadi.
Hozirgi kunda zavodning tarkibida “Toshkent quyuv mexanika” zavodi sho’’ba korxonasi ham mavjud. Zavodning asosiy vazifalari quyidagilar
Uzbekiston Respublikasi temir yul transporti va Markaziy Osiyo temir yo’li tarkibiga kiruvchi boshqa davlatlar temir yo’l transportlari ehtiyojlarini o’z vaqtida va to’liq qondirish, xarakatdagi tarkiblar va boshqa temir yo’l texnikasini kapital va joriy ta’mirlash, qurish, modernizastiyalash ularni ehtiyot qismlari va agregatlar bilan ta’minlash;
Kompaniya rejasiga ta’sir ko’rsatmay, boshqa temir yo’llarning ta’miri va qurilishi, modernizastiyalash, extiyot kismlar bilan ta’minlash bo’yicha buyurtmalarini bajarish;
Mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot, ish, xizmat tannarxini kamaytirish asosida xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish;
Ijtimoiy soha va ishlab chikarish moddiy-texnika bazasini kompleks va rejali rivojlantirish;
Korxonani texnik qayta jixozlash, modernizastiyalash va rekonstrukstiya masalalarini xal qilish;
-Mahsulot, ish, xizmat tannarxini kamaytirish, ishlab chiqarish rentabelligini ta’minlash, asosiy fondlardan samarali va oqilona foydalanish;
Atrof-muxitni ifloslanish va zaharli ta’sirlardan muxofaza qilish;
Texnik vositalar, inshootlar va binolarning buzilmasligini ta’minlash:
Ishlab chikarish soxasida:
Teplovozlar, vagonlar, elektrovozlar va boshka temir yul texnikasini ta’mirlash, modernizastiyalash va xizmat muddatini uzaytirish;
Temir yul vagonlarini kurish;
Xaratakatdagi temir yo’l tarkiblarini kapital va joriy ta’mirlanishini amalga oshirish uchun zaxira kismlarini ishlab chikarish, xarakatdagi tarkiblarni modernizastiyalash, temir yo’llarni ta’mirlash;
- ko’tarish texnikalari va nostandart uskunalarni tayyorlash;
Zavodning ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish va tashkil kilish;
qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
yuk ko’taruvchi kranlarni, kurilmalarni va kran osti yo’larini ta’mirlash, qurish va sozlash;
Yuk kutaruvchi kurilmalarni va uning kismlarini tayyorlash va sinovdan utkazish;
Bino va inshoatlarni to’lik ta’mirlash;
Arxitektura-shaxarsozlik xujjatlarini ishlab chikish va tayyorlash;
Bino va inshoatlarni to’liq va joriy ta’mirlash buyicha loyixa-smeta xujjatlarini ishlab chikish;
Mavjud ishlab chikarish ob’ektlarini kengaytirish, rekonstrukstiya qilish va texnik jixatdan kayta jixozlash;
Xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish va axoliga pullik xizmat ko’rsatish;
Mexnat unumdorligini va ishlab chiqarish rentabelligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni o’tkazish;
Tashqi iqtisodiy faoliyat, chet el firmalari va chet ellarda turli faoliyat yo’nalishlari bo’yicha qo’shma korxonalar tuzish;
-Aralash va akstiyadorlik jamiyatlarida, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko’ra tovar almashish va barter almashuvlarida katnashish;
ishlab chikarishga ixtirolar kashfiyotlarni tatbik etilishini ta’minlash;
Tijorat sirini tashkil etuvchi maxfiy xizmat ma’lumotlarini oshkor qilmaslik bo’yicha zarur choralarni o’z vaktida o’tkazish, maxfiylik tartibini ta’minlash;
Mehnatni muxofaza qilish va qulay ish sharoitini O’zbekiston Respublikasi Mexnat Kodeksi, amaldagi qonunlarga va boshka normativ-xuquqiy aktlarga asosan tashkil kilish;
Temir yo’l xarakatdagi tarkibi va vagonlar, shuningdek ehtiyot qismlarni ta’minlash va qurishda, yuklarni, bagajlarni va passajirlarni tashishda texnika havfsizligi ta’minlash.
Ilmiy-texnika tarakkiyoti soxasida:
Yangi ilg’or texnologiyalarni joriy etish, korxonalarni texnik jixatdan qayta qurollantirish zamirida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, modernizastiyalash, korxonani rekonstrukstiya qilish va kengaytirishni amalga oshirish;
qo’yilgan maksad sari yo’naltirilgan ilmiy-texnik dasturlar majmuasini ishlab chiqish:
Korxona tarkibiga kiruvchi sho’’ba korxonalar uchun yangi texnikaning buyurtmachisi vazifasini bajarish;
korxona shu’ba korxonalarini majmuaviy ravishda rivojlantirishning yangi sxemalarini, ishlab chikarishni ixtisoslashtirish va kooperastiyalash loyihalarini ishlab chikish;
Iktisodiyot soxasida:
Korxonaga qarashli shuo’ba korxonalarni boshqarishning iktisodiy usullarini takomillashtirish;
Iktisodiy va ijtimoiy taraqqiyot dasturlarining uzok muddatli va istiqbolli reja va dasturlarini ishlab chikish;
korxona faoliyat doirasini kengaytirish, tashki iktisodiy alokalarni keng rivojlantirish;
ixtisoslashtirilgan ishlab chikarish asosida kooperastiyalashgan xolda mahsulot etkazib berishni takomillashtirish va shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash;
Materiallar, yoqilg’i, elektr energiyasi va boshqa material resurslardan tejamli foydalanish choralarini amalga oshirish;
Atrof-muxitni muxofaza etish;
Zavodning asosiy faoliyati quyidagi ishlab chiqarish stexlarida amalga oshiriladi:
1. Teplovoz yig’uvchi stex
2. Elektormashina stexi
3. Elektroapparat stexi
4. Dizel stexi
5. Komplektlovchi-ta’mirlovchi stex
6. Vagon g’ildirak stexi
7. Elektovoz yig’ish stexi
8. G’ildirak stexi
9. Mexanika stexi
10. Temir-presslash stexi
11. Cho’yan quyish stexi
12. Po’lat quyish stexi
13. ChPU stanoklari uchatkasi
“O’ztemiryo’lmashta’mir” UKning boshqaruv tuzilmasi asosan quyidagi yo’nalishlardan iborat bo’lib, har bir boshqaruv personali ma’lum ishlab chiqarish faoliyati uchun javob beradi
-rasm. Zavodning boshqaruv tarkibi
Do'stlaringiz bilan baham: |