Zamonaviy yondashuvlar. Partisipativlik uslubini qo`llay oladigan rahbar shaxsi haqida gapirsak, u avvalambor, o`ziga ishongan inson, yoshi katta, ma’lumot darajasi ham yuqori, xodimidagi tashabbus va intilishni qadrlaydi, undan ijodiy yondoshuv va qadriyatlarga sodiklikni kutadi.
Xodimga tegashli bo`lgan xarakter xislatlari ko`p jihatdan bu uslubni qo`llash doirasini kengaytirishi mumkin. Bu toifa xodimlarga quyidagi xislatlar tegishlidir: yuksak bilim va malakaga ega bo`lish, mustaqil fikrlashga intilish, ijodiy salohiyatga egalik, ishga katta qiziqishning mavjudligi hamda istiqboldagi maqsadga yo`nalganlik, jamoada teng munosabatlarga intilish. Bunday xodim uchun uning tashkilot hayotiga qo`shayotgan ulushini baholash mezoni - hamkasabalari fikridir.
Bunday xodim odatda tashkilotda yuqori mavqega ega. Partisipativlik uslubini qo`llash imkoniyatining uchinchi manbai - guruh oldida turgan vazifadir. Bu vazifa quyidagi tavsiflarga ega bo`lganda ushbu uslub orqali maqsadga erishish mumkin:
a) masala yechimlari ko`pligi, agar uni har xil yo`llar bilan hal etish imkoni bo`lsa;
b) nazariy taxlil talab etuvchi va yuksak maxorat orqali hal etiluvchi;
v) uni bajarish uchun o`rta me’yordagi ichki zo`riqish talab etilsa.
Lekin partisipativ uslubni qo`llashga ba’zi bir omillar to`siqlik qiladi.
Xususan:
a) rahbar o`z vakolatlarini xodimlar bilan bo`lishishni istamaganda;
b) xodim kasbiy mahoratining pastligi, o`z kuchiga ishonmasligi, biron ishni mustaqil bajarishdan cho`chishi;
v) tashkilotda ma’lumot almashuvi yomonligi natijasida zarur qaror ishlab chiqish imkoniyatining yo`qligi;
g) ijtimoiy rag`batlantyrish sustligi natijasida hamkorlik munosabatlari shakllanmaganligi;
d) vazifani bajarish uchun sarflanadigan vaqtning kamligi;
e) vazifaning hal etilishi avtoritar uslubni talab etadigan alohida vaziyatlarda.
Maqbul uslubni izlab. Umuman olganda, boshqaruv uslublari mavzusi doimo rahbar va xodim, rahbar va jamoa munosabatlarining tarkibiy qismi sifatida tushunilishi lozim. SHuning uchun ham rahbarning xodimlar bilan umumiy maqsad sari borishida nafaqat rahbar tanlaydigan uslub, balki xodimlarning xulq-atvori ham yetakchi rol o`ynaydi.
Bu degan so`z - rahbar biron uslubga moyilligani bildirib, uni qo`llashi boshqaruvga bir tomonlama qarashdir. Vaholanki, rahbar jamoa holati va vaziyatdan kelib chiqqan holda u yoki bu uslubga murojaat etadi.
Uslub umumiy maqsad yo`lida borayotgan rahbar va xodim munosabatlarining o`zaro muvofiqlashuvi jarayonidir.
2. “Tizim maqsadi nima va unga erishish uchun nima qilish kerak?” degan savolga javob izlanadi.
Agar tizim ichkaridan o‘rganilsa, tizimning tuzilmasi, tarkibiy qismlari va ular orasidagi o‘zaro aloqalar ko‘rib chiqiladi, ya’ni bu – tuzilmaviy yondashuvni qo‘llash jarayonidir. Funksiyalardan holi tuzilma yo‘q bo‘lganligi kabi, tuzilmadan holi funksiyalar ham bo‘lmaydi, ya’ni ikkalasi bir-biri bilan doimo uzviy bog‘liq bo‘ladi va ularni ajratib bo‘lmaydi. Tuzilmaviy yondashuv tizimning qanday tuzilganligi, qanday qismlardan tarkib topganligi va ular qanday bog‘liqligini o‘rganishda qo‘llaniladi. Tuzilmaviy yondashuv ikkita bosqichdan iborat bo‘ladi: boshida tizimning barcha muhim qismlari aniqlanadi va ular elementlar sifatida namoyon qilinadi; keyin tizimning tuzilmasi aniqlanadi. Qisqacha qilib aytganda “Tizim - bu nima va qanday tuzilgan?” degan savolga javob izlanadi.
Tashqi muhitdagi o‘zgarishlar yangi muammolar va maqsadlarga olib keladi, bu esa o‘z navbatida tizim funksiyalarining va buning oqibatida uning tuzilmasining ham o‘zgarishiga olib keladi. Shu bilan birga, agar tuzilmaning salohiyati yuqori, ammo qo‘yilgan maqsadlar bunga mos bo‘lmasa, maqsadlar va funksiyalar mos ravishda to‘g‘rilanadi. Ma’lumki, tuzilmaviy va funksional yondashuvlar tizimning dekompozitsiyasini amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |