13- mavzu Biznes rejaning ishlab chiqarish rejasi


Atrof muxitni himoya qilish tizimi



Download 60,4 Kb.
bet10/11
Sana09.06.2022
Hajmi60,4 Kb.
#647083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
БР мавзу-13

Atrof muxitni himoya qilish tizimi. Biznes-rejada atmosfera, suv resurslari kabilarga ta‘sirni baholash keltiriladi. Chiqindilarni qayta ishlash, yo‘q qilish bo‘yicha tadbirlar xarajatlari ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqarish dasturi bozorni o‘rganish, korxona quvvatlarini baholash va sotuv hajmini bashorat qilishdan so‘ng ishlab chiqiladi. Gap shundaki, loyihalarning aksari qismi uchun korxona ish boshlagan dastlabki yildayoq muvaffaqiyatga erishishi real vazifa emas. Ishlab chiqarish faoliyati boshlangan zahoti belgilangan quvvat bilan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga bo‘lgan engil va oziq-ovqat sanoati uchun ham birinchi yilda ishlab chiqarish hajmi korxona quvvatlari yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgandan kamroq miqdorda rejalashtiriladi. Biroq bu doimiy qoidaga aylanib qolmasligi kerak.
Biznes-rejada har bir turdagi mahsulotning natural birliklaridagi ishlab chiqarish xajmi va uning oxirgi uch yildagi o‘zgarishlari to‘g‘risidagi hamda buvko‘rsatkichlarning kelgusi 3-5 yildagi qiymatlari keltiriladi. Ishlab chiqarish dasturining asosiy ko‘rsatkichlari yalpi mahsulot, tayyor (tovar) mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish (ishlov berish tugallanmagan mahsulot) hisoblanadi.
Har qaysi sharoitda ham firma mahsulotlarini bozorda harakatini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni qamrab olish va yoritish zarur. Bu san’at asari darajasida yuqori texnologiyaga ega bo‘lgan mahsulotlarni yaratishda xal qiluvchi ahamiyatga egadir. Yaratilayotgan yangiliklar bevosita mahsulotga yoki uni ishlab chiqish texnologiyasiga tegishli bo‘lishi mumkin.
Masalan, poligrafiya kompaniyasi o‘z mahsulotini ishlab chiqishda zamonaviy terish kompyuterlaridan foydalanishi natijasida mahsulotni sifatini yaxshilashga, unumdorlik darajasini oshirishga erishishi mumkin.
Chakana savdo yoki xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ham faoliyatlarini yaxshilashga, unumdorlik darajasini oshirishga erishish mumkin.
Masalan, supermarket iste’molchilar va bevosita o‘z xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan o‘g‘irliklar natijasida paydo bo‘ladigan tovar moddiy qiymatlar miqdorini kamayishini oldini olishga qaratilgan nazorat tizimini ishlab chiqishi va uni qo‘llashi mumkin.
Mahsulot yaratish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda quyidagilarga ahamiyat berish lozim.
1.Yangi taklif etilgan mahsulot konstruksiyasi va real(haqiqiy) mahsulot o‘rtasida katta farq bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitda rejada ana shu farqni bartaraf etish yo‘llarini aniq ko‘rsatish lozim. Chunki pul beruvchi kreditorlar faqat qog‘ozda foyda keltiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni moliyalashtirishni xoxlamaydilar.
2.Mahsulot yaratishga qaratilgan bo‘lim ilmiy asarga aylanib qolmasligi lozim. Tadbirkor o‘z faoliyatini faqat umumiy tarzda berishi, zarur bo‘lgan hollarda esa chuqurroq izohlangan texnik materiallar qo‘shimcha informatsiya sifatida berilishi kerak.
3.Ba’zi hollarda tadqiqotlar mazmunini yoritish o‘rniga, ularni amalga oshirgan mutaxassislar to‘g‘risida ma’lumot berilsa, foydaliroq bo‘ladi. CHunki ularning qobiliyatlari va erishgan yutuqlari retsenzentlar tomonidan yaxshiroq qabul qilinishi mumkin.
4.Mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘limida mahsulotlarniishlab chiqarish yo‘llari beriladi va baholanadi. Ishlab chiqarish faoliyatining asosiy tashkil etuvchilari bo‘lib, resurslar, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish xajmi hisoblanadi. Resurslar ishlab chiqarish binolari, jixozlari va xodimlar hisoblanib, ularning ishlab chiqarishdagi kelib chiqishi, belgilari, xususiyatlari va ahamiyati yoritiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish ob’ektlari, ularning kattaligi, joylashgan o‘rni, transportning etib borish imkoniyati, yuklash-tushirish ishlari uchun zaruriy maydonning mavjudligi, temir yo‘lga, aeroport, suv transportiga yaqinligi haqida ham ma’lumotlar beriladi.
Mexnat resurslarini malaka darajasi, ularga qo‘yiladigan umumiy va maxsus talablar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Mexnat resurslari haqidagi to‘liq ma’lumot talab etilmaydi. Ishlab chiqarish elementlari bilan tanishtirilgach, ishlab chiqarish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Bu o‘rinda ishlab chiqarish operatsiyalari ketma ketligi sxemasini berish hamda ishlab chiqarishni tashkil etish usullarini yoritish zarur. Bundan tashqari qaysi ishlar bevosita korxonada (firmada), qaysi ishlar kontrakt (shartnoma) asosida chetda ajarilishi ko‘zda tutilganligi ham aniq ko‘rsatiladi. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, ularning holati, unumdorligi, sifat nazoratini tashkil etish masalalari ham qisqacha yoritilishi lozim.
Investorlar, ayniqsa kreditorlar tadbirkordan kapitalga bo‘lgan extiyojni aniq belgilashni talab etadilar. Chunki moliyaviy resurslarning taqchilligi korxona uchun noqulaylik tug‘dirishi tabiiydir. SHu sababdan ishlab chiqarish rejasida ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan xom ashyo materiallarini va ularning qiymatini aniq belgilashlari zarur.
Ishlab chiqarish rejasini tuzishda mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishini ishlab chiqarish operatsiyalariga ta’sirini ham ko‘rib chiqish talab etiladi. SHuning uchun ishlab chiqarish rejasida ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan xom-ashyo materiallarini va ularning qiymatini aniq belgilash lozim.
3. Izlanuvchanlik va yangiliklarni joriy etish
Agar ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarni kelgusida yanada takomillashtirish zarur bo‘lsa, biznesni doimiy ravishda ilmiy izlanish va tajriba konstruktorlik ishlari bilan bog‘liq ravishda olib borilishi shartdir. SHu maqsadda asosiy e’tiborni izlanuvchanlik va yangiliklarni joriy etish bo‘limida quyidagi masalalarni yoritishga qaratmog‘imiz lozim:
-Joriy etish va ishlab chiqish jarayonining hozirgi holati;
-Ish hajmi, jarayonni yakunlash uchun zarur bo‘lgan xodim, moddiy texnika baza, harajat va moliyalashtirish manbalari va kutilayotgan muammolar;
-Kuzda tutilayotgan va o‘tkazilayotgan yangi ilmiy izlanishlar: vazifa, mablag‘, ehtiyoj, harajat va moliyalashtirish manbalari va undan kutilayotgan yutuqlar.
Mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishdagi ilmiy izlanish va tajriba konstruktorlik ishlari ahamiyatini aniq ko‘rsata bilish zarur. YAngi turdagi mahsulot yoki yangi texnologiya jarayonlari yaratilishini, mavjud mahsulotlarni modernizatsiya va modifikatsiya qilishni alohida ajratib ko‘rsatish lozim.

Download 60,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish